Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet91/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Demak, о ‘zbek xalqi bugun о ‘z Prezidenti I. Karimov siymosi- da jahonga dono siyosatdonlar yetkazib beruvchi, xalqlar ozodligi uchun tolmas kurashuvchi yurtboshi tarbiyalab yetkazuvchi, aql- zakovat egasi, ayni chog ‘da bag ‘ri keng, mehmondo ‘st, mehnatkash xalq sifatida tanilmoqda. Bunday xalqni о 'z istiqlol va taraqqiyot yo ‘lidan qaytarib bo ‘Imaydi.
Mustaqillik yillarida kishilaming 0‘zbekiston istiqloli va istiq- boli haqida qayg‘urishi, o‘z xalqining, o‘z vatanining qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish zarurligini tobora chuqurroq anglashi kuchayayotganligi ham ana shundandir. Oddiy saylovchi qariyaning «mustaqilligimizga ko‘z tegmasin» deganida ham, yoshlaming «biz seni hech kimga bermaymiz, 0‘zbekiston» degan fikr bildirayotga- nida ham, xalqning o‘z Prezidentiga yuksak ishonch bildirib, uning oqilona siyosatini qo‘llab-quwatlayotganida ham mana shunday katta ma’no bor. Bu masalaga urg‘u berilayotganining boisi shun- daki, davlatimizning mustaqillik siyosati, xalqimizning ongli tarz- da 0‘zbekiston istiqloliga sodiq ekanliklari 1996-yil mart oylarida Rossiya ijtimoiy-siyosiy hayotida yuz bergan voqealarga munosa- batlarida yana bir bor jiddiy sinovdan o‘tdi. Hatto, turli mintaqalar- da sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi integratsiya jarayoni- ga turlicha qarashlar mavjud bo‘lgan o‘sha kunlarda ham xalqning o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qaytmasligini qat’iy ko‘rsatdi. Jumladan, Oliy Majlisning 1996-yil 26-aprelda bo‘lib o‘tgan V sessiyasi butun xalq nomidan «0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj­lisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qarg‘i Kengesi, 0‘zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari kengashlari butun xalqning xohish- irodasini ifodalab shuni ma’lum qildilarki, 0‘zbekiston o‘zi tanlab olgan mustaqil demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati­ni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishga, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishga qaratilgan yo‘ldan hech qachon qayt- maydi va o‘z mamlakatining gullab-yashnashini, uning barcha fu- qarolarini munosib turmush kechirishini ta’minlaydi», deb qat’iy uqtirdi.

Milliy istiqlol g‘oyasini o‘rganish, uni keng targ‘ib etish konsep- siyasi «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomi bilan yaratildi. Bu konsepsiyaning bosh muallifi I.A. Karimov mam­lakat fuqarolarini milliy taraqqiyotga da’vat etuvchi, yoshlar - yangi avlod qalbida mustaqil Vatan hissini uyg‘otuvchi qudratli g‘oya sifa­tida namoyon bo‘lishi tizimini vujudga keltirdi.Yuqoridagilar, shubhasiz mustaqillik g‘oyalariga sodiqlik, ozod, erkin yashashga intilish o‘zbek xalqiga xos azaliy tuyg‘u ekanligi­ni, ayni chog‘da bunday g‘oyaga xalq har qanday sharoitda - ichki va tashqi kuchlar tazyiqiga qaramasdan sodiqliklarini yana bir bor namoyon qildi. Demak, istiqlol tafakkuri, mustaqillik g‘oyasi bilan qurollangan bunday xalqni o‘zi tanlagan mustaqillik yo‘lidan qayta- rib bo‘lmaydi.
Davlatimiz rahbari 2007-yil 30-avgustda Prezident devonidagi qo‘shma majlisda «0‘zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» mavzuida ma’ruza qilar ekan, shunday degan edi: «Biz bu­gun yurtimizda yangi hayot barpo etar ekanmiz, bir masalaga alo­hida e’tibor berishimiz lozim. Ya’ni, kommunistik mafkura va ax- loq normalaridan voz kechilganidan so‘ng jamiyatda paydo bo‘lgan mafkuraviy bo‘shliqdan foydalanib, chetdan biz uchun mutlaqo yot bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy tubanlik illatlarini o‘z ichiga olgan «ommaviy madaniyat» yopirilib kirib kelishi mumkinligi barchamiz- ga ayon bo‘lishi kerak.
Bunday uzoqni ko‘zlaydigan, aniq maqsadlarga ega bo‘lgan turli xuruj va g‘arazli intilishlar, xorijiy markazlar tomonidan katta kuch va mablag1 sarflanayotgan harakatlar va bu kabi xavf-xatarlar bizga qanday zararli oqibatlar olib kelishidan ogoh bo‘lishimiz darkor.
Bunday balo-qazolarga qarshi kurashda, farzandlarimizning ma’naviy dunyosini himoya qilishda nimalarga tayanishimiz zarur? Awalo to‘g‘ri tarbiya, sog‘lom turmush g‘oyasi, faqatgina qattiq iroda va iymon-e’tiqod hisobidan bunga erishishimiz mumkin.
Aynan ana shunday o‘z kuchiga va irodasiga ishongan, keng fikrlaydigan bilimli va madaniyatli yoshlarimiz har qanday buzg‘unchi oqimlarga berilmasdan, hayotda o‘z yo‘lini topib olishi muqarrar».
Shu nuqtayi nazardan mamlakatimizni mustaqillik yillari davo­mida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan natijalar- ni sarhisob qilinar ekan bu davrda milliy davlatchilikni shakllanti­rish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda ham siyosiy, ham ijtimoiy-iqtisodiy zamin yaratadi, deb aytish mumkin.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma’muriy- buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakl- lantirishning huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qo­nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, iq­tisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o‘tkazish jarayoni amalga oshirildi.





Eng muhimi, aholining ong-u tafakkurida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ulaming uzoq yillar mobaynida kommunistik mafku- ra va sovet mafkurasi tamoyillari asosida shakllantirilgan fikrlash tarzi va dunyoqarashi, bir so‘z bilan aytganda, odamlaming o‘zi o'zgardi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o‘z kelajagini jamiyatda demok­ratik qadriyatlami mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kela­jagini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog‘liq holda ko‘radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq­tisodiy, ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlami ortga qaytarib bo‘lmasligi, islohotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o‘rin tutgan ush­bu davrda tom ma’noda tub o‘zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro munosabatlaming teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja- miyatida o'zining munosib va mustahkam o‘miga ega bo‘lgan - 0‘zbekiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh etish va modemizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti- mizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.


Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish