Uchinchi kitob


yilda mamlakatimiz miqyosida fermer xo ‘jaliklari soni 126 mingta, ular tasarrufidagi yer maydoni 3 mln 800 ming gektardan iborat



Download 57,25 Mb.
bet88/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

yilda mamlakatimiz miqyosida fermer xo ‘jaliklari soni 126 mingta, ular tasarrufidagi yer maydoni 3 mln 800 ming gektardan iborat. О ‘rtacha olganda har bir fermer xo ‘jaligiga о ‘rtacha 30 gektar yer to ‘g ‘ri kelmoqda. Ayni paytda qishloq xo ‘jaligi sohasiga 1 mln. dan ortiq odam ishga jalb qilingan.

Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar yaratish, ulami iqlim va tuproq unumdorligiga mos ravishda joylashtirish, ilg‘or texnologiyalami joriy etish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlami kredit resurslari, yangi texnikalar, mineral o‘g‘it va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik usullami qo‘llash kabi ishlami to‘g‘ri tashkil etilganligi va o‘z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo‘ldi.
Shular qatorida paxta hosilini qayta ishlash, zamonaviy texno- logiyalardan foydalanish, eksport talablariga javob beradigan shart- lami qo‘yish, shu tariqa dehqonlarimizning daromadini ko‘paytirish asosiy mezonga aylangani tufayli dunyoda o‘zbek paxtasiga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda.
Mamlakatimizda paxtachilik sohasini rivojlantirish strategiyasi- ga muvofiq keyingi yillarda ikki yuzga yaqin to‘qimachilik korxona- si zamonaviy asosda modemizatsiya qilindi va yangidan barpo etil­di. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida yurtimizda yetishtirilayotgan paxta hosilining 27 foizi hozirgi paytda 0‘zbekiston korxonalarida qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida chiqarilayotgan bo‘Isa, yaqin kelajakda bu raqamni 55 foizga yetkazish maqsadida yengil sanoat tarmog‘ida aniq dastur bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, iqtisodiyotimizning baquwat bo‘lib borayotga- ni qishloq ahlining turmush farovonligini yuksaltirish, barcha vilo­yatlar, tuman va qishloqlarimizda yangi-yangi korxonalar, ko‘rkam uy-joylar, ravon yo‘llar, yuzlab maktab, litsey va kollejlar, zamona­viy tibbiyot muassasalari barpo etilishi peshona teri bilan qilgan ana shunday mashaqqatli mehnatning mevasi va amaliy namoyonidir.
Buni uzoqqa bormasdan, hozirgi kunda aholini ichimlik suvi bi­lan ta’minlash darajasi 84 foizga, tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi esa 81,5 foizga yetgani, faqatgina joriy yilning to‘qqiz oyi mobay­nida respublikamiz bo‘yicha 1350 tadan ortiq umumta’lim maktabi butunlay yangicha qiyofa kasb etgani, jumladan 65 ta yangi maktab bunyod etilgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Hech shubhasiz, ishlab chiqarish tarmoqlari iqtisodiyotimizning hal qiluvchi sohasi bo‘lmish qishloq xo‘jaligida ish unumi va sa- marasini oshirish asosida birinchi navbatda qishloq hayotini yangi bosqichga ko‘tarish, shu zaminda yashayotgan odamlaming og‘irini yengil qilish vazifalari bundan buyon ham davlatimiz, hukumatimiz- ning doimiy e’tibor markazida bo‘lmoqda.

Qdamlarda mulkka bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, dehqonla- rimizda yerga egalik hissini shakllantirishga qaratilgan iqtisodiy islo­hotlaming izchil amalga oshirilishi natijasida qishloq xo‘jaligi soha- sida chuqur o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Qishloq mehnatkashlarining dunyoqarashi o‘zgarmoqda, ularda tashabbuskorlik, tadbirkorlik, yer hamda suv resurslariga mas’uliyat va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish kabi fazilatlar yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.Fermer xo‘jaliklarining soni (birlik)

2000-y 2003-y 2004-y 2005-y 2006-y



Hech shubhasiz, bugungi kunda qishloq xo‘jaligi samarador- iigini tubdan oshirish, so‘nggi yillarda paxtachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilikda mo‘l hosil yetishtirish, ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishida chuqur o‘ylangan va izchillik bilan amal­ga oshirilayotgan islohotlar asosiy omil bo‘layotganini barchamiz yaxshi anglaymiz.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etish joizki, fermer xo‘jaliklari amalda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning asosiy shakliga, uni barqaror rivojlantirishni ta’minlashda yetakchi harakatlantiruvchi kuchga aylandi.
Hozirgi paytda respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda salkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda.
Agar 2000-yilda yetishtirilgan paxta hosilining 21 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2006-yilda bu ko‘rsatkich

  1. foizdan oshib ketdi, boshoqli don ekinlar yetishtirish bo‘yicha esa

  1. yilda 15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2006-yil 75 foizdan iborat bo‘ldi.

Birgina 2006-yilning o‘zida 666 ta shirkat xo‘jaligini qayta tash­kil etish hisobidan 74 mingta fermer xo‘jaligi tuzildi, ulaming yar- midan ko‘pi meva-sabzavotchilikka ixtisoslashganini ta’kidlash lo­zim.
Qishloq joylarda bozor iqtisodiyoti tamoyillariga asoslangan mehnat kooperatsiyasining yangi shakllari, yangicha xo‘jalik muno- sabatlari tizimi qaror topmoqda.
Jumladan, fermer xo‘jaliklari tomonidan meva-sabzavot mah­sulotlari va uzum yetishtirishga hamda ulami qayta ishlashga ixti- soslashgan qariyb 200 ta agrofirma tashkil etildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, transport xizmati, mahsulotlami qadoqlash, joylash va eksport qilish hamda shu kabi boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha ishlab chiqarish va bozor infra- tuzilmasi shakllanmoqda.

  1. yilga kelib fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jalik mahsulot­lari ishlab chiqarishni tashkil etishning eng samarali shakli ekanini hayotning o‘zi tasdiqlab bermoqda. Yurtimizda fermer xo‘jaliklarini moddiy-texnik ta’minlash va moliyalash bo‘yicha bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘la javob beradigan ishonchli tizim va mexanizmlar shakllantirildi va muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Har yili fer­mer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash uchun katta miqdorda moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008-yilning o‘zida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga - 800 milliard so‘m, g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag1 avans tariqasi- da berildi. 2009-yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha maxsus tashkil etilgan Fond hisobidan ushbu maqsad­lar uchun o‘tgan yili 43 milliard so‘mdan ziyod mablag1 ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirish rej alashtirilmoqda.

Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ana shunday e’tibor va amaliy yordam tufayli 2008-yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdagi ulushi 99,1 foizni, g‘alla tayyorlashda esa 79,2 foizni tashkil qildi.Yettinchi bob

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish