Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet98/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

«Xalq so ‘zi». 1995-yil 3-noyabr.
(Maktub qisqartirib berilmoqda).
Bosh direktor janoblari shunday ulug‘ madaniyat va So‘g‘d, Xo- razm, Baqtriya, Parfiya, Kushon kabi, qolaversa, Amir Temur bar- po etgan buyuk davlatchilikning haqiqiy vorislarigina bunday og‘ir sinovlarga chidashi mumkinligini nazarda tutgan edi. Bu bilan u Prezident orqali butun o‘zbek xalqining qudratiga, yaratuvchilik qo- biliyatiga baho bergan edi.
Madaniyat hamisha milliy o‘zlikni anglashgagina xizmat qil- maydi. Uning faoliyat maydoni keng va rang-barangdir. Bir xalq ha­misha ikkinchi bir xalqni o‘sha madaniyat orqali taniydi, tushunadi. Shu ma’noda mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalar ravnaqi iqti­sodiy birligiga, o‘zaro hamkorligiga, taraqqiyotning yangidan yangi imkoniyatlarining ochilishiga muhim poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Garchi xalqlar o‘rtasidagi totuvlikni ta’minlashda, muro- saga erishishda o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblashsa-da, bu borada madaniyatning roli ham undan kam emas. Zotan, ma’naviyat, madaniyat yuksak qadriyat, yengil- mas kuch, beqiyos qudratdir.
UNESKO amalga oshirayotgan «Ipak yo‘li - muloqot yo‘li» nomli xalqaro dastur ham aslida ana shu ezgu maqsadlarga xiz­mat qiladi. Shuning uchun ham 0‘zbekiston Prezidenti UNESKO Kengashi 149-sessiyasining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida 0‘zbekiston bu dastumi to‘la qo‘llab-quwatlashini ma’lum qilgan edi. Barcha xalqlar madaniyati, o‘tmishi, o‘ziga xos yashash tarzini birday ardoqlab kelayotgan mazkur tashkilot faoliyatiga yuqori baho berdi. Bugungi taraqqiyot sur’ati ko‘p jihatdan xilma-xil madani­yatlar va aql-zakovat integratsiyasiga bevosita bog‘liq ekanini qayd etdi. Bu 0‘zbekistonning jahon taraqqiyotiga o‘ziga xos munosaba- tini, chuqur ma’naviy qadriyatini ko‘rsatadi.
0‘z faoliyatida nafaqat fikrlar, qolaversa, madaniyatlar xilma- xilligi tamoyiliga tayanadigan UNESKO bu ishni amalga oshirish- da dunyo xalqlarining boshini qovushtirishday mashaqqatli vazifani bajarmoqda. Shuning uchun ham «murosa» bu qarorgohda eng ko‘p tilga olinadigan so‘zlardan biri bo‘ldi.
«Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab yash- nashi» mavzuidagi ko‘rgazmaga qo‘yilgan eksponatlar Marka­ziy Osiyo xalqlari tarixiga tegishli bir necha ming yillik davmi o‘z ichiga qamrab oladi. Ko‘rgazmaga kelgan kishilar o‘zbek xalqi ijodi, madaniy va ma’naviy merosi, tasviriy san’ati namunalari bilan tani- shish imkoniga ega bo‘lishgan edi.
Temur o‘sha vaqtdayoq Yevropa va Osiyo davlatlarini yagona iqtisodiy makonga birlashtirishga harakat qilgani barchaga ma’lum. U barpo etgan buyuk saltanat o‘sha vaqtdagi integratsiya, Buyuk ipak yo‘li bo‘yida joylashgan madaniyatlar muloqoti ehtiyojidan ke­lib chiqqan edi.
Islom Karimov ko‘rgazmaning ochilishi marosimida so‘zlagan nutqida Yevropa va Osiyo davlatlari o‘rta asrlardayoq o‘zini yago­na jug‘rofiy-siyosiy makonga taalluqli ekanligini anglaganini Amir Temuming tarixiy xizmati sifatida baholaydi. «Ushbu madaniyat haftaligining ochilishi Amir Temuming o‘sha xizmatlariga dunyo xalqlari ehtiromi», deb bemalol aytish mumkin, deydi u.
Oradan olti asrdan ko‘p vaqt o‘tganiga qaramay, Amir Temur g‘oyalari hamon dolzarbligicha, hayotiyligicha qolmoqda. Qolaversa, bu g‘oyalar bugungi dunyo mamlakatlari yalpi integratsiyaga ehtiyoj sezayotgan bir paytda UNESKOning ham eng olijanob maqsadlari- dan biridir. Temur va temuriylar davrida gullab-yashnagan madani­yat, ma’rifat, qaror topgan ma’naviy qadriyatlar haligacha dunyoni bir butun holda tasawur etish, gumanizm va inson o‘rtasidagi teng­lik, birodarlikka xizmat qilib kelmoqda.
Bu ko‘rgazma ochilishiga dasturda belgilanmagan holda shaxsiy qiziqishi va o‘zbek madaniyatiga hurmat-ehtiromi tufayli Fransiya- ning o‘sha paytdagi Prezidenti Jak Shirakning rafiqasi bilan tashrif buyurishi ham muhim voqea bo‘lgan edi.
0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur marosimda O‘zbekiston va UNESKO o'rtasidagi aloqalami rivojlantirish, Mar­kaziy Osiyo xalqlari madaniyatini qayta tiklash va targ‘ib qilish- dagi buyuk xizmatlari uchun UNESKO bosh direktori F.Mayorga «Do‘stlik» ordenini topshirdi. Fransiyalik mashhur olim, Temur va te­muriylar hukmronligi yillari tarixining zukko bilimdoni, 0‘zbekiston va Fransiya madaniyatlarini o‘zaro yaqinlashtirish ishining jonkuyari L.Keren janoblari «Shuhrat» medali bilan mukofotlandi.
UNESKO bilan 0‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yanada ri­vojlantirish borasida o‘sha kuni yana bir muhim qadam qo‘yildi. 0‘sha kuni 0‘zbekiston hukumati va UNESKO o‘rtasida imzolan- gan bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammolari bilan cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengi- zi qurishi bilan bog‘liq muammolami hal etishning ilmiy yechimini topishni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko‘ra, ko‘p o‘tmay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, mazkur xalqaro tashkilotning 1997-yili Buxoro va Xiva shaharlari- ning 2500 yilligini nishonlash to‘g‘risida qabul qilgan qarori ham mintaqa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo‘ldi.0‘zbekiston Prezidentining Fransiya Prezidenti bilan Yelitsey saroyidagi dastlabki uchrashuvi rejada ko‘zda tutilganidan deyarli ikki barobar ko‘p davom etgani qalblar yaqinligini, tuyg‘ular mush- tarakligini ko‘rsatadi.
0‘zbek-Fransuz aloqalari uzoq tarixga ega. Fransiya Respubli­kasi Prezidenti 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan uchrashga- nida Amir Temuming 1402-yili Fransuz qiroli Shari VI ga yo‘llagan maktubini sovg‘a qilishida ham teran ramziy ma’no bor.
Sohibqiron o‘sha maktubida fransuz qirolini Turon zaminiga o‘z savdogarlarini yuborishga chorlagan, ulaming xavfsizligiga kafil bo‘lishini bayon qilgan bo‘lsa, 0‘zbekiston Prezidenti bugun Fran­suz ishbilarmonlarini o‘zaro foydali hamkorlikka da’vat etadi, ular­ning manfaatli ish birligi uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida hikoya qilishdan charchamaydi. Zero, 0‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorlik miqyosi nihoyatda keng.
0‘zbekistonning dunyo siyosatida ham, iqtisodiyotida ham yetakchi o‘rinlardan birini egallab turgan Fransiya Respublikasi bi­lan xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Yevropa tuzilmalari doirasida hamkorlikni kengaytirishi va chuqurlashtirishi alohida ahamiyatga ega.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish