Uchinchi kitob


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Federiko Mayorni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida



Download 57,25 Mb.
bet97/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Federiko Mayorni O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
UNESKO bilan 0‘zbekiston o‘rtasida madaniy hamkorlikni mustahkamlash sohasidagi g‘oyat katta xizmatlari, Markaziy Osiyo xalqlarining nihoyatda boy ma’naviy merosini tiklash va ommalash- tirishga, «Ipak yo‘li - muloqot yo‘li» xalqaro dasturini amalga oshi­rishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Birlashgan Millatlar Tashkilo- tining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti Bosh direktori, taniqli olim va jamoat arbobi Federiko Mayor «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
0‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti I. KARIMOV
1996-yil 10-aprel
Amir Temur shaxsiyatining bugungi kundagi mazmuni va be­qiyos mohiyati shundaki, Sohibqiron siymosi bir tomondan bu­gungi avlodda o‘z o‘tmishi bilan faxrlanish, ma’naviy ildizlarini topib olish, erkinlik qadriyatini tushunishga va kelajakka ishonch bilan qarashga da’vat etsa, ikkinchi tomondan, dunyoning qaysi burchagida bo‘lmasin ozodlik, yuksak madaniyat va taraqqiyotning qadriga yetuvchilaming o‘zaro yaqinlashuviga xizmat qiladi.
1996-yil dekabrda Prezident I. Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida Farmon qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tillarda chop etildi. 0‘sha davr tarixiy ma­daniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi.
Muqaddas qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta’mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar muzeyi qurildi. 1996-yilning 22-24-aprel kunlari YuNESKO doirasida Parijda o‘tkazilgan xalqaro tadbirlar ja­hon madaniy hayotida muhim va yorqin voqea sifatida baholandi. Turkiya, Eron va Qirg‘izistonda Konrad Adenauer va Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Bu­lar mohiyat e’tibori bilan bevosita 0‘zbekiston davlati va xalqining milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ichki va tashqi siyosatining yaxlit mazmunini belgilaydi.
0‘zligini to‘la-to‘kis namoyon qilib, umumjahon taraqqiyotiga butun borlig‘i va imkoniyatlari bilan qo‘shilish uchun millat eng awalo ozod bo‘lmog‘i darkor. Chunki, erkinlik millat nimalarga qo- dirligini ko‘rsatuvchi qudratli omildir. Sohibqiron Amir Temur davri biz uchun xuddi ana shu jihatdan ham xarakterli. Shuning uchun ham biz Amir Temur siymosiga murojaat qilamiz, uning tarixi va merosini har tomonlama o‘rganamiz.
Temuriylar, ayniqsa, Amir Temur davri haqida gap ketganda fa­qat ana shu uyg‘onish davri yutuqlari haqida gapirish kamlik qiladi. Zotan, ungacha bo‘lgan ming yilliklardagi tarixiy-madaniy ravnaq ayni ana shu taraqqiyotga zamin yaratgan. Yurtimizga Amir Temur bosh bo‘lgan yillarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda qo‘lga kiritgan yutuqlar bo‘m-bo‘sh, huvillagan joy da yuzaga kelmagan. Balki shu makonda qadimdan rivoj lanib, shakllanib kelgan tarixiy- madaniy an’analar asosida qaror topgan. Yanada aniqroq aytsak, Amir Temur o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixiy ravnaqi- da tasodifly shaxs, umuman Temuriylar davridagi yuksalish esa shunchaki bexosdan yuz berib kelgan hodisa emas! U bir necha ming yillik tarixiy tajriba, buyuk an’ana, tom ma’noda shakl­langan madaniy-ma’naviy jarayon mahsulidir.
Chingiziylar hukmronlik qilgan yillari ko‘plab nodir hunar, san’at va iste’dod egalari jon saqlash niyatida chekka mamlakatlarga qochib ketdilar. Iqtisod izdan chiqqan, savdo susaygan, boshqaruv tizimi yo‘q hisobida edi. Xullas, Amir Temur oldida bir yarim asrlik mustamlakachilikdan so‘ng ko‘p asrlik milliy davlatchilik va milliy madaniyatni qaytadan tiklash kabi og‘ir vazifa turardi.
Amir Temur siyosatshunoslik va davlatchilik falsafasi tarixida yangi dunyoqarashga asos soldi, uni amalda tatbiq etdi. U ilgarigi davrlardan farqli holda jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ulaming hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari o‘ziga xos qonun bilan kafolatlab qo‘yildi.
Sohibqironning ulkan xizmatlaridan yana biri uning davlat bosh- qaruvini tashkil qilishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, somoniylar davri- dan boshlaboq o‘zbek davlatchiligida hokimiyatning ikkiga - dar- goh timsolidagi qonun chiqaruvchi hamda devonlar - vazirliklar timsolidagi ijroiya tizimlariga bo‘linishi yaqqol ko‘zga tashlana boshlagan. 0‘z davri uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etgan bu holat keyingi asrlarda ham, to Chingizxon bosqiniga qadar da- vom etgan. Chingiziylar hukmronligi yillarida esa bu an’ana yo‘qqa chiqarildi. Amir Temur ana shu tizimni qaytadan tiklashga muvaffaq bo‘lgan va uni boyitgan buyuk islohotchidir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hokimiyat bo‘linishiga asos­langan mazkur tizimni joriy etishda Sohibqiron ko‘r-ko‘rona emas, balki o‘zi yashab turgan voqelikni nazarda tutgan holda ish yuritdi.
Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni bel- gilagan edi. Bugungi tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga to‘g‘ri keladigan ushbu siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan eng asosiy masala­lami hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy soha namoyandalari ishtirok etganlar.
Davlatni mustahkamlash, jamiyatni rivojlantirish borasida ijroi­ya tizim - vazirliklaming о‘mi muhim bo‘lgan. Amir Temur davrida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy munosabatlami to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib, ulardan jamiyat manfaati yo‘lida foydalanish uchun qat’iy intizomga asoslangan, talabchan ijroiya mexanizmi zarur edi. Sohibqiron ana shunday tizimni yarata oldi.
Amir Temur saltanatining ijroiya tizimidagi sakkiz vazirlik va yana bir necha muassasalar moliya, soliqlar, daromad va xarajat- lar, mulkchilik, yetishtiriladigan hosil, chorva, yaylovlar ahvoli, obodonchilik, xabar va pochta, harbiy va adliya sohalarini bosh- qargan. Masalan, harbiy ishlar vazirligi harbiylarga maosh berish, ularga tegishli mulklami boshqarish, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy mashqlami uyushtirish va tashkil etish kabi vazifalar bilan bir qator­da iste’foga chiqqan, urushlarda yarador bo‘lib, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga nafaqa belgilash kabi yumushlami ham bajargan.
Huquqiy demokratik davlat qurayotgan bir paytimizda Sohib- qironning sud va qonunchilikka munosabati ham alohida o‘mak vazifasini o‘taydi. Bundan olti asr burun Movarounnahrda sud ti­zimida o‘ziga xos tartib va qoidalar mavjud edi. Chunonchi, fuqa­rolik ishlari bilan ijroiya tizimida faoliyat ko‘rsatgan adliya vazir­ligi shug‘ullangan bo‘lsa, jamiyat hayotidagi ma’naviy, tarbiyaviy ahamiyatga doir muammolar bilan islom qozisi, harbiylar orasidagi huquqiy masalalar bilan esa askar qozisi, ya’ni bugungi til bilan ayt­ganda harbiy tribunal shug‘ullangan.
Amir Temur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat bo‘linishi haqida fikr yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr muta- fakkiri Monteskening hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov idoralariga bo‘linishi haqidagi ta’limotiga mos kelishini ta’kidlaydilar.
«Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim». Sohibqironning birgina ana shu so‘zi uning butun saltanatining ezgulik va yuksak ma’naviyatga asoslangan g‘oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi. Uning islom diniga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini belgilaydigan ulkan hodisadir.
Dunyo me’morchilik san’atining gultoji bo‘lgan osori atiqa- lar - Go‘ri Amir, Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad Yassaviy maq- baralari Oq saroy va Shohi Zinda majmualari kabi ko‘plab ziyorat- gohlar hamda Amir Temuming shariat va tariqat peshvolariga nis­batan izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug‘vorligini va daholik qudratini ko‘rsatadi.
Sohibqiron «Har yerda va har vaqt islom dinini quwatladim» - deydi. Ma’lumki, shu davrda yassaviya, naqshbandiya, kubraviya kabi so‘fiylik tariqatlari paydo bo;ldi va rivojlandi. U hukmronlik qilgan yillarda islom dini axloqiy kategoriyalari yanada yuqori dara- jagako‘tarildi.
Sohibqironning betakror harbiy iste’dodi va qobiliyati zabar- dast harbiy islohotchi hamda atoqli sarkarda sifatida yaqqol ko‘zga tashlandi. U eng qudratli va intizomli armiyani barpo etishga, har- biy qismlarini yurish va jang vaqtida oqilona boshqarishga, paydo bo‘lgan har qanday g‘ov va to‘siqlami tadbirkorlik bilan yengishga, qo‘shindagi jangovar ruh. Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini doimo yuksaltirib borishga muvaffaq bo‘lgan.
Sohibqiron qo‘shinining tuzilishi va tizimi ba’zi bir muhim ji- hatlari bilan boshqa davlatlar qurolli kuchlaridan farq qilar edi. Jum­ladan, armiyaning zarbdor qismlarini tashkil etuvchi otliq askarlar bilan bir qatorda qal’a va qo‘rg‘onlami egallashda qo‘l keladigan piyoda askarlar ham yetarli darajada edi.
Harbiy sohada sharq va g‘arb davlatlarida yuz berayotgan o‘zgarishlardan yaxshi xabardor bo‘lgan Sohibqiron o‘z armiyasida to‘p ishlatishni joriy etdi va Sharqda artilleriyaning tarkib topishiga hamda rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
Sohibqironning harbiy ta’limoti, sarkardalik mahorati, jahon harbiy san’atidagi novatorligi bugungi kun uchun ham o‘z ahamiya- tini yo‘qotmagan.
Amir Temur yubileyi bizning hozirgi dunyo ijtimoiy-siyosiy ja- rayonlari urush va tinchlik muammolariga, inson hayotining daxl- sizligiga yana ham jiddiyroq mas’uliyat bilan qarashimizni taqozo etmoqda.
Amir Temur shaxsiyati jahon davlatchiligi an’analarini yanada boyitish, bu boradagi sharq tajribalaridan unumli foydalangan holda yosh mustaqil davlatimiz tizimini tobora takomillashtirish sabog‘ini bermoqda. Zotan, biz huquqiy demokratik adolatli davlat va inson­parvar fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidan bormoqdamiz. Demak, ulug‘ bobokalonimizning davlatchilik borasidagi sabog‘i - adolat va haqiqat tantanasiga, yuksak ma’naviyat ravnaqiga erishish hamda ma’naviy barkamol jamiyat bunyod etish tamoyillari biz uchun ibrat va namunadir. Ayni paytda u barpo etgan siyosiy tizim, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, milliy xavfsizlik borasidagi strategik qa- rashlar ham ulkan maktab vazifasini o‘taydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz 1999-yil 5-noyabrda Xorazmda Jaloliddin Manguber- di tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida sohibqironning milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan о‘mi haqida to‘xtalib shunday degan edilar: «Oradan bir asr o‘tib, sohib­qiron Amir Temur Jaloliddin Manguberdi boshlagan ozodlik kura- shini yangi sharoit va ulkan miqyoslarda davom ettirdi. Ona yurti- mizni bosqinchilardan xalos qilib, markazlashgan qudratli davlat barpo etdi» («Fidokor» gazetasi, 1999-yil 9-noyabr).
Amir Temuming san’at va madaniyatga homiyligi, mamlakat obodonchiligi uchun g‘amxo‘rligi, insonni tabiatning gultoji sifatida

e’zozlashga intilish singari xususiyatlari bugun ham katta qiymatga ega.
Hurfikrlik, fuqarolar ongi va tafakkurida bunyodkorlik, ijodkor- lik, istiqbol uchun kurashish tuyg‘usini shakllantirish insonparvar jamiyatning oliy fazilatidir. Bu borada ham Sohibqironning sa’yi harakatlari va tadbirlari biz uchun o'makdir.
Bugun 0‘zbekiston o‘z kelajagini aniq va ravshan ko‘rib turibdi.
Chunki, azaldan ozod bo‘lgan, ozodlik va hurriyat gashtini sur- gan, jahon taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatib kelgan buyuk xalqning irodasi ham, daholik qudrati ham, yaratuvchilik va bunyodkorlik kuchi ham buyuk bo‘ladi. Sohibqiron sabog‘i bizni ana shu haqiqatni chuqur idrok etishga o‘rgatadi. Prezident Islom Karimov sohibqiron yubileyi munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro ilmiy anjumanda bu xususda shunday degan edi: «Bizning tariximizda Amir Temurday ulug‘ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pand-u o‘gitlari bugungi hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan inuam- molarni yechishda bizga qo‘i kelayotgan ekan, bizning bu me­rosni o‘rganmasdan, ta’riflamasdan, targ‘ibot qiimasdan haqqi- miz yo‘q.
Shuning uchun ham mana shu minbardan turib, butun O‘zbekiston xaiqiga, qolaversa, butun jahon ahliga qarata «Amir Temur bizning faxrimiz, iftixorimiz, g‘ururimiz!», - deb aytsam, o‘ylaymanki, xato qilmagan bo‘laman».
(Karimov I. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. Т., 1997, «0‘zbekiston», 5-jild, 191-bet.)
Shuni alohida ta’kidlash joizki, boy merosimiz milliy musta­qillik tufayli umumbashariyat merosiga aylanmoqda. Bu merosga qiziqib qaragan har bir olim-u fozil qayerda ishlamasin, ichki bir ishtiyoq va kasb taqozosi bilan shu sohadagi yuzlab, minglab ham- kasblari bilan o‘zaro yaqinlashib boraveradi. Demak, o‘zbek tarixi, xususan, Amir Temur siymosi umuminsoniy qadriyatlarga xizmat qiladi. Bundan davlatlar va xalqlar o‘rtasida hamkorlik yanada mus- tahkamlanib boraveradi. Shu ma’noda Sohibqiron yubileyining juda katta siyosiy, tarixiy va ma’naviy ahamiyati bor.
Amir Temur tavalludining 660 yilligi jahonning 50 dan ortiq davlatlarida nishonlangani, ulug‘ bobokalonimiz merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjumanda 30 ga yaqin mamlakat olimlari ishtirok etgani buni yana bir bor tasdiqlaydi.PARIJ. 1996-yil 21-24-apre!
Amir Temur hazratlari 660 yillik to‘yining 1996-yil 21-24-aprel kunlari Fransiya poytaxti jahon madaniyati sarvari bo‘lgan Parij shahrida UNESKO tashabbusi va rahbarligida nishonlanishi, unda 0‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning ishtirok etishi va katta nutq so‘zlashi ulkan voqeaga aylandi.
Darhaqiqat, buyuk Sohibqiron tavalludining insoniyat ma’naviy qudrati va tafakkurining mo‘jizasi bo‘lgan Parij da, xalqaro ma­daniyat va ma’rifat muassasasi UNESKO boshchiligida nishonla­nishi bundan atigi besh yilgina burun mustaqillikka erishgan yosh 0‘zbekiston tarixida muhim voqea bo‘ldi.
0‘zbekiston rahbariyati, xususan, Prezident Islom Karimov va UNESKO Bosh direktori F.Mayor janoblarining sa’y-harakatlari tu­fayli amalga oshirilgan bu tadbirlar mamlakatimizni Amir Temur siymosida, u homiylik qilgan madaniy, ma’naviy meros orqali yana bir karra dunyoga tanitdi.
UNESKO qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuida xalqaro konferensiya va ko‘rgazma uyushtirildi. 0‘zbek san’at ustalari Parijdagi «Odson» teatri va UNESKO qarorgohida katta konsert dasturlarini namoyish etishdi. Parij va UNESKO doirasida butun dunyo uni beqiyos zavq-u shavq, olqishlar bilan kutib oldi.
UNESKOning o‘sha paytdagi bosh direktori F.Mayor mazkur tashkilot Kengashining 149-sessiyasida 0‘zbekiston Prezidentiga so‘z bera turib, o‘zbek xalqi, uning ko‘p ming yillik madaniyatini astoydil yaxshi ko‘rib qolganini, shunday mashaqqatli o‘tish davrida mamla­katni boshqarayotgan inson irodasiga qoyil qolmay iloj i yo ‘ qligini alo­hida ta’kidlagan edi. Buni uning I. Karimov nomlariga yuborgan tabrik xatidan ham bilsa bo‘ladi. Jumladan unda shunday deyiladi:
Mavzuga doir material
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylariga!
...Samarqand, Buxoro va Xivaga qilgan safarim havotimdagi hayajonli damlarim bo‘ldi. U yerlar ertaklardagi kabi afsonaviy va tarixiy joylardir.
Men ipak yo‘li shu joylardan o‘tib, madaniyatlar va dinlar- ning bir-biriga kirib kelishiga va Sharq bilan G‘arbning muloqotiga ko‘maklashganini tasawur etishga harakat qildim. Men borgan joy- lar insoniyat taqdirlari chorrahalari o‘tgan buyuk shaharlar edi.
Hozir biz, tarix bilan hisoblashgan holda, ipak yo‘li tinch­lik va muloqot yo‘li sifatida xizmat qilishini davom ettirishga ko‘maklashmog‘imiz lozim.
Men Markaziy Osiyo tadqiqotlari Xalqaro institutini ochish sha- rafiga muyassar bo‘ldim. Bu institut ushbu orzu-umidlami amalga oshirishda UNESKO tomonidan berilgan yordamning chinakam na- munasidir.
Sizning UNESKOning barcha vakolatlari doirasidagi faoliyati bilan chuqur qiziqishingizdan mamnun bo‘lganimni aytishimga ham ijozat bergaysiz.
0‘zbekiston hukumati bilan UNESKO o‘rtasida bahamjihat harakatlari to‘g‘risidagi memorandumning imzolanishi yutuqlari- mizni mustahkamladi va hamkorligimiz sohalarini kengaytirdi.
Siz bilan biz har tomonlama muhokama qilgan ko‘pgina masa­lalar yuzasidan hoziming o‘zidayoq tegishli qarorlar qabul qilindi va kotibiyat bundan buyongi hamkorligimiz masalalari yuzasidan Siz­ning doimiy vakolatxonangiz bilan mustahkam aloqa qilib turadi.
Taklifingiz va mamlakatingizga tashrifim davomida menga ko‘rsatgan olijanob mehmondo‘stligingiz uchun Sizga va Siz orqali butun 0‘zbekiston Respublikasi xalqiga yana bir bor minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.
Pirovardida, UNESKOning qarorgohiga tashrif buyurish haqi­dagi taklifimni yana bir bor takrorlamoqchiman. YuNESKOning 50 yilligini bayram qilish davrida Sizni taklif etish bizga alohida sharaf va mamnuniyat baxsh etadi.
Men Sizga tashrifni 1996-yil aprel oyining oxirlarida yoki may oyining boshlarida, UNESKO Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasi ishlab turgan paytda amalga oshirishni taklif qilgan bo‘lardim. Shu munosabat bilan Sizning, ehtimolki, Ijroiya Kengash huzurida so‘zga chiqishingiz hamda shu davrda o‘tkazish rejalashtirilayotgan temuriylar davri haqidagi 0‘zbekiston ko‘rgazmasini ochishingiz biz uchun sharafli ish bo‘lur edi.
Ijroiya Kengashining bahorgi sessiyasini o‘tkazishning tasdiq- langan muddatlarini mening kotibiyatim UNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyangizga qo‘shimcha ravishda ma’lum qiladi.
Janobi oliylari, Sizga zo‘r ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Sizni tezroq ko‘rish umidi bilan
Federiko Mayor,
UNESKO Bosh direktori.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish