Uchinchi kitob


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida



Download 57,25 Mb.
bet101/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining FARMONI Shahrisabz shahrini «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
Shahrisabz shahri ahlining Temuriylar davri ulkan madaniy va ma’naviy merosini, noyob tarixiy yodgorliklarini asrab-avaylash, yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari qilib tar- biyalash va ulami ozod mamlakatimiz buyuk istiqbolini yaratishga qodir kishilar qilib voyaga yetkazish ishiga qo‘shgan alohida xiz- matlami e’tiborga olib hamda sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Shahrisabz shahri «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent shahri,
1996-yil 28-avgust.
Vatanimiz madhiyasining tantanavor ohanglari ostida Islom Ka­rimov ramziy lentani qirqib, Sohibqiron haykalini ochdi. Prezident haykal poyiga gulchambar qo‘ydi. Maydonda yig‘ilgan jamoat oldida Shahrisabz shahri bayrog‘iga «Amir Temur» ordenini qadab qo‘ydi va katta nutq so‘zladi. «Ulug‘ zotlarning tarix osmoniga yuksala- digan manzillari bo‘ladi. Butun Sharq olamida «ilmu adab qub- basi» deya e’tirof etilgan Shahrisabz hazrati Amir Temur uchun ana shunday parvoz nuqtasidir. Biz Sohibqiron bobomizning qutlug‘ to‘yini o‘tkazayotgan shu kunlarda eng awalo bu zoti sharifni dunyoga keltirgan va voyaga yetkazgan el dahosiga va tabarruk zaminga ta’zim qilamiz», - deb ta’kidladi u. Bu so‘zlar xalqimizning ezgu tuyg‘ularini o‘zida mujassam etadi.
1996-yilning 18-oktabri. Muborak juma kuni. Bu kun mustaqil- ligimiz tarixiga alohida sana bo‘lib qo'shiladi. Chunki, xuddi shu mo‘tabar kunda bobokalonimizning shon-shavkati, tarixiy adolat bu­tun mamlakatimiz - mustaqil 0‘zbekiston davlatida qayta tiklandi. Amir Temuming qadr-u qimmati xalqaro miqyosda joyiga qo‘yildi. Xalqimiz boy o‘tmishi, jahonni lol qoldirgan tarixi, beqiyos mada­niyati, ulug‘ ajdodlari merosini yana bir bor jahonga namoyon qildi. Bu buyuk kelajak sari sobitlik bilan borayotgan xalqning ma’naviy hayotida unutilmas ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Olti yillik muddat - tarix uchun bir lahza, bamisoli bepoyon osmon kengliklarida chaqnagan chaqin kabidir. Biroq, istiqlolning murakkab, dolg‘alarga to‘la, ziddiyatli bir paytida xalqimiz boy ma’naviyatini, mislsiz iqtidorini, beqiyos irodasini yaqqol namoyon qildi. Ayni ana shu muddatda mamlakatimizda amalga oshirilgan ishlar salmog‘i va ko‘lami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng keladi.
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mamlakatda tinchlik va oso- yishtalikni ta’minlash, iqtisodiy barqarorlikka erishish, sobiq ittifoq bir-biriga ulab tashlagan moddiy zanjirlar uzilgach, ulaming о‘mini qoplaydigan yangi imkoniyatlami izlab topish lozim edi.
Mustaqillik davri tom ma’noda hazrati Temuming qayta tug‘ilish davri bo‘ldi. U bobokalonimiz vasiyatlarining ro‘yobga chiqayotgani bilan alohida qimmatlidir. Amir Temurga munosabat, uning tarixiy xizmatini munosib baholash va izzatini o‘miga qo‘yishda shaxsan Prezident I. Karimovning o‘zi tashabbuskor bo‘ldi. Barcha tadbirlar- ning borishini kuzatib madad berib turdi. Sohibqiron kunlarini dun­yoviy voqeaga aylantirishga butun imkoniyatini ishga soldi. Endi haqli savol tug‘iladi: Xo‘sh, Amir Temur Islom Karimovga nima uchun kerak? Buni Prezident quyidagicha izohlaydi:Birinchidan, Amir Temur qadriyati mustamlakachilik yillarida ong-u shuurimizdan o‘chirib tashlangan milliy tuyg‘ularimizni qayta tiklash, millatni millat, davlatni davlat qilish kerak. Endi tafakkur va tushunchalarimizdagi parokandalikkka barham berib, milliy za- min va milliy rah haqqi-hurmati uchun birlashishimiz kerak. Uning: «Bizkim mulki Turon, Amiri Turkistonmiz. Bizkim millatlaming eng qadimi va eng ulug‘i - turkning bosh bo‘g‘inimiz», degan gap- lari qadimiy xalqimizning milliy tuyg‘usini, buyuk va jahonshumul an’analarga voris ekanligini chuqur anglashga xizmat qiladi.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish