Uchinchi kitob


Oliy Majlisning shu yo‘nalishda faol ish olib borishi talab etilmoqda»



Download 57,25 Mb.
bet53/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Oliy Majlisning shu yo‘nalishda faol ish olib borishi talab etilmoqda», - deb ko‘rsatdi.

  1. yil oktabr oyida «Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to‘g‘risida» qabul qilingan Farmon ana shu yo‘lda qo'yilgan yana bir muhim qadamdir. Ush­bu Farmon inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirchan vositasini barpo etishga, respublika fuqarolarida huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Huquqiy madaniyatning yuqori darajada boiishi esa huquqiy demokratik davlatning noyob xususiyatidir.

Inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respublikasi Milliy Mar- kazining maqsadi va vazifalari ushbu farmonda aniq belgilangan. Jumladan,

  • milliy harakat rejasini, shuningdek, Konstitutsiya, Qonunlar va inson huquqlari sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari qoidalarini amalga oshirish strategiyasini ishlab chiqish;

  • inson huquqlari sohasida 0‘zbekiston Respublikasining xalq­aro va milliy tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish ana shun­day vazifalaming muhimidir.

0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 13- noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra Milliy markaz tahliliy, tavsiyalar beruvchi, muassasalararo muvofiqlashtiruvchi davlat organi bo‘lib, inson huquqlari sohasidagi halqaro huquqning umum e’tirof etilgan tamoyillari va me’yorlari, 0‘zbekiston Res­publikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Prezident farmonlari qoida- lariga amal qilinishi yuzasidan davlat siyosatini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga Markaz o‘quv-ma’rifiy va targ‘ibot, tahliliy, fuqa­rolar murojaatlarini ko‘rib chiqish yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib bormoqda.

Masalan, o‘quv-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha 1997-1998-yillar mobaynida 20 dan ortiq risola nashr etildi. Ommaviy axborot vosi- talarida maqolalar chop etildi. Televideniyeda ko‘rsatuvlar tayyor- landi. Inson huquqlarini himoyalashning turli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro va milliy miqyosda o‘quv dasturlari, seminarlar, anjuman-lar, ma’ruza kurslari va o‘quv safarlari tashkillashtiriladi. Konrad Adenauer jamg‘armasi va BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkor- likda huquqni muhofaza etish idoralari xodimlari uchun Andijon, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Namangan shaharla- rida ixtisoslashgan o‘quv seminarian o‘tkazildi.
Tahliliy yo‘nalish bo‘yicha milliy markaz Oliy Majlis mu- hokamasiga qo‘yib kelinayotgan inson huquqlari himoyasi- ga aloqador barcha qonun hujjatlarining muhokamasida faol qat- nashmoqda, mazkur qonun loyihalarining ochiq muhokamasini tashkillashtirmoqda. Jumladan, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili (ombudsman) to‘g‘risidagi», «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi», «Jumalistning kasbiy faoliyatiga doir fao­liyatini himoya qilish to‘g‘risida», «Axborot olish erkinligi kafolat­lari to‘g‘risida», «Ta’lim to‘g‘risida» va boshqa bir qator qonunlami muhokama qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Bun­dan tashqari Milliy markaz Oliy Majlis muhokamasiga kiritilayotgan turli qonunlar bo‘yicha, 0‘zbekiston Respublikasi qo‘shilishi lozim bo‘lgan xalqaro shartnomalar bo‘yicha muntazam o‘zining xulosala- rini berib bormoqda.
Fuqarolarni qabul qilish masalasida ham izchil ish olib bormoq­da. Shu bilan birga, inson huquqlari bo‘yicha 0‘zbekiston Respubli­kasi Milliy Markazining tashkil topishi 0‘zbekistonda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishining yana bir bor yorqin dalilidir. Bular- ning barchasi masalaning oliy davlat ahamiyatiga ega ekanligini, mazkur sohaga shaxsan Prezidentning o‘zi e’tibor bilan qarayotga- nini ko‘rsatadi. Inson huquqlarini himoya qilish hali tajribamizda bo‘lmagan hodisa, biz uchun bu yangilik sifatida endigina turmush tarzimizga kirib kelayotgani tufayli unga davlatning o‘zi tashabbus- kor va rahnamo bo‘layotir. Bu mamlakatimizda g‘oyat insonparvar siyosat mavjudligining natijasidir. Bu esa, 0‘zbekistonda insonning tabiat gultoji, olam sarvari sifatida e’zozlanadigan jamiyat shaklla- nayotganidan dalolatdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan chora- tadbirlar orasida 1997-yil aprelda «Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respubli­kasi qonunining qabul qilinishi alohida ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazkur institut sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mamlakatlaming ko‘pchiligida, xususan, Markaziy Osiyo davlatlarida inson huquqlarini himoya qilishning bunday dunyoviy shakli mavjud emas. Mazkur sohada 0‘zbekiston o‘z «ittifoqdosh»laridan ancha ilgarilab ketdi, desak xato bo‘lmaydi. Ushbu qonunda shunday satrlar bor: «Oliy Majlisning inson huquq­lari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlari- ni davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi».
Ayni chog‘da istiqlolga erishilgandan so‘ng mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga qaratilgan qator amaliy tad- birlar ham o‘tkazildi. Jumladan, 1996-yil may oyida «Fuqarolami huquqiy himoya qilish va aholining huquqiy madaniyatini yuksalti- rish» mavzusiga bag‘ishlangan respublika huquqshunoslari konfe- rensiyasi bo‘ldi. Unda qator dolzarb masalalar muhokama qilindi, tajribalar umumlashtirildi, 1996-1997-yillarga mo‘ljallangan Dastur va tadbirlar rejasi, 1997-yil avgustida esa «Jamiyatda huquqiy mada- niyatni yuksaltirish milliy Dasturi» qabul qilindi.
Mamlakat Oliy Majlisining VI sessiyasida Qonunlaming amalga oshirilishi yuzasidan aniq tadbirlar qoniqarli darajada belgilanma- ganligi ta’kidlab o‘tildi.

  1. yil sentabr oyida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili inson huquqlari masalalariga doir qonun harakatlariga rioya etilishini hamda ulaming xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq tarz- da takomillashtirilishini ta’minlash maqsadida birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi.

Shuningdek, shu yili sentabr oyida Toshkentda Yevropada Xavf- sizlik va Hamkorlik Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha milliy muassasalar kengash seminari ham o‘z e’tiborini inson huquqlari- ga qaratdi. Seminar-Kengash qatnashchilariga Prezident I. Karimov Murojaat etib shunday dedi: «Biz amalga oshirayotgan ishlarning eng muhim yo‘nalishlaridan biri - davlat tomonidan ham, ij­timoiy tuzilmalar faoliyatini jadallashtirish bilan ham inson erki va huquqlarini muhofaza etishning ishchan tartibini barpo etishdir. Inson huquqlariga rioya etishning monitoringini va bu jarayon ustidan nazorat o‘rnatishni ta’minlaydigan milliy mu- assasalarni mustahkamlash huquqni himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar bilan aloqani kengaytirish muhim vazifalardan sa- naladi».
Bugungi kunda yer yuzining turli mintaqalarida inson huquq­lari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini yara- tish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar, demokratiya va inson huquqlari sohasidagi huquqiy normalarga rioya etish, parlamentlar- ning bu ishni nazorat qilishdagi alohida о‘mi, bu borada hukumat

bilan bahamjihat olib borilayotgan ishlar 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Konrad Adenauer nomli xalqaro fond va BMTning 0‘zbekistondagi rivojlanish Dasturi vakilligi bilan birgalikda 1996- yil 15-noyabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Konferensiyani 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisi E. Xalilov kirish so‘zi bilan ochdi. Konferensiyada inson huquqlari muammosiga mintaqaviy yondashish va bu ishda parlamentning roli, inson huquqlari, demokratiya va shaxsni himoya etishning tarixiy- siyosiy jihatlari xususida fikrlashib olindi.
Jahon davlatchiligi nazariyasi va amaliyotining dalolat berishi- cha, ombudsman to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi jamiyatda demokratiya yuksak darajada rivojlanganligining, davlat bilan fu- qarolaming o‘zaro munosabatlari inson huquqlari va erkinliklari us­tuvor ekanligining ko‘rsatkichidir. Mamlakatimiz mustaqillikning tarixan qisqa davri ichida demokratiya va huquqiy rivojlanishning ana shunday jahon tan olgan yuksak darajasiga chiqa oldi. Bunga shubha yo‘q. Chunki, qator xalqaro tashkilotlar, dunyoning ko‘zga ko‘ringan yirik siyosat va davlat arboblari 0‘zbekistondagi mavjud demokratik jarayonlami, inson huquqlarini himoya qilishning xalq­aro tamoyillarga va me’yorlarga mos usuli shakllanayotganini yuqo­ri baholamoqdalar hamda qo‘llab-quwatlamoqdalar.
Oliy Majlisning «Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonuni Oliy Majlis VI sessiyasida o‘rtaga qo‘yilgan vazifalar va istiqbol rejalarining amalga oshayotganidan, sog‘lom ma’naviy-huquqiy muhit barqarorlashayotganidan dalolat beradi. Mazkur qonun umumxalq muhokamasiga qo‘yilib, keng jamoatchi- lik fikr-mulohazalari o‘rganildi.
Qonun loyihasi xorijiy davlatlaming 0‘zbekistondagi vako- latxonalari, elchixonalari, nufuzli xalqaro tashkilotlar, hukumatga va davlatga qarashli bo‘lmagan organlar hamda jamg‘armalaming e’tiborini tortdi. Ularda katta qiziqish uyg‘otdi.
Qonun loyihasining muhokamasida mamlakat fuqarolari, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar, shuningdek, chet ellik hamkorlarimiz ham faol ishtirok etishdi. Ular kiritgan takliflar va bildirgan mulo- hazalar mazkur hujjatni maromiga yetkazishda, uning mazmunan boyib, mohiyatan chuqurlashishida katta yordam berdi. Loyihani mamlakatimiz va jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichi re- alliklariga muvofiqlashtirish, millatimizning tarixiy an’analari, tur­mush tarzi, aqidalari va aql-zakovatini ifodalagan umumxalq tomo­nidan e’tirof etilgan normalar bilan to‘ldirish imkonini berdi.
www.ziyouz.dom kutubxonasi
Qonun loyihasining umumxalq muhokamasi chog‘ida Oliy Maj­lis va ishchi guruh nomiga 200 ga yaqin mulohaza va taklif tushdi. Bu taklif va mulohazalaming barchasi puxta o‘rganildi, muhokama etildi. Ular loyihaning yangi tahriri uchun asos bo‘ldi.
Demokratik islohotlami chuqurlashtirish bo‘yicha mamlakat ko­missiyasi yig‘ilishida inson huquqlari bilan bog‘liq ishlar, to‘plangan tajribalar va mavjud muammolar ahvoli o‘rganib chiqildi va demok­ratik jarayonlami takomillashtirish vazifalari to‘g‘risida atroflicha fikr almashildi.
Qonun loyihasi bo‘yicha davlat organlarining rahbarlari va mu- taxassislar, sudyalar, yurist olimlar, jamoat birlashmalarining vakil­lari ishtirokida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda hali biz- ning tajribamizda boimagan, endigina hayotimizga kirib kelayotgan ombudsman masalalari nazariy fikrlar va jahon amaliyoti hisobga olingan holda keng muhokama etildi. Bir qancha chet davlatlaming elchilari va diplomatiya xodimlari, xalqaro tashkilotlaming, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti, Amerika huquqshunoslar uyushmasi ekspert- lari ishtirokida qonun loyihasi har tomonlama chuqur ко‘rib chiqildi. Shuningdek, mazkur hujjat Oliy Majlis qo‘mitalarining, siyosiy par­tiyalar fraksiyalarining majlislarida ham batafsil muhokama etildi. Natijada 20 moddadan iborat yangi tahrirdagi qonun loyihasi tayyor- landi.
Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti bo‘lib, u ijtimoiy man- faatlaming muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi. Qonun om­budsman institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining uyg‘unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoidalari - qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, insonpar- varlik, har bir kishi uchun ochiqlik ekanligini tasdiqlaydi.
Jamiyat taraqqiyotida eng muhim huquqiy vosita bo‘lgan om­budsman institutining ahamiyati bugun tobora oshmoqda va u kun- dalik turmush tarzimizga chuqurroq kirib bormoqda.
Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ко‘rib chi­qishda, zarur axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan hamkorlik qilmoqda.
0‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha vakil instituti amal qi- lishining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, faqatgina bizning mam­lakatda Vakil fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qi­lish bo‘yicha komissiya faoliyatini tashkil etadi va unga boshchilik qiladi. Vakilning lavozim vakolatlarini yanada kuchaytirish maqsa- dida uning faoliyatini budjet hisobidan pul bilan ta’minlashni, ma- lakali mutaxassislardan iborat Kotibiyat tashkil etilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Qonun qabul qilingunga qadar ham Inson huquqlari bo‘yicha vakil mamlakat Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko‘rsatar edi. Jum­ladan, birgina 1996-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil hamda fu­qarolaming konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari 700 dan ortiq murojaatni ko‘rib chiqdi.
Shikoyatlaming eng ko‘pi fuqarolar sud hukmlaridan, shu jum­ladan, mulkiy masalalar, xususan uy-joy masalalari bo‘yicha chi- qarilgan qarorlardan norozi ekanliklarini bildirganlar. Ular huquq- tartibotni muhofaza qilish organlari xodimlarining qo‘polligini bayon etishadi. 46 nafar arizachi asossiz ravishda ushlanganlik va ayb qo‘yilganlik xususida shikoyat bergan. Murojaatlarda keltirilgan ayrim dalillar prokuratura organlari tomonidan tekshirish vaqtida o‘z tasdig‘ini topdi, ular yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha murojaatlar ham anchagina. Ular mansabdor shaxslaming g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan shi­koyat qilishadi. 38 kishi ishdan noto‘g‘ri bo‘shatilganligi yoki ishga tiklash asossiz rad etilganligi xususida yozib, dalillami tekshirish il- timosi bilan murojaat qilingan. Ana shunday arizalaming 16 tasidagi dalillar o‘z tasdig‘ini topgan va zarur choralar ko‘rilgan.
Fuqarolami shikoyat yozishga majbur etgan sabablardan biri turli bo‘g‘inlarda huquqiy nigilizm va insonga loqayd munosabatda bo‘lish hanuz barham topmaganligi, ko‘p hollarda u yoki bu qiyin- chiliklar emas, balki idoraviy, hududiy organlaming, ijtimoiy insti- tutlaming mavjud vaziyatni puxta o‘rganishni, arizachiga ahvolni batafsil tushuntirish va boshiga kulfat tushgan kishiga ozgina bo‘lsa- da, yordam berishni istamasliklari sabab bo‘lmoqda.
Ayrim sudlarda fuqarolar ishlarini bir tomonlama, yuzaki, ayb- lov tomonga qaratib ко‘rib chiqish faktlariga hanuz barham berilma- gan. Tergovni qo‘pollik bilan, shaxsning huquqlari, sha’ni va qadr- qimmatini kamsitadigan usullarda olib borish hollari mavjud. Ayrim mansabdor shaxslar «Fuqarolaming murojaatlari to‘g‘risida»gi Qo­nunga, Mehnat kodeksi va boshqa hujjatlarga amal qilmayaptilar.
0‘zbekiston Respublikasi qatnashayotgan xalqaro shartnomalar va bitimlar ijro etilishi ustidan nazorat qilish ham Inson huquqlari bo‘yicha vakil faoliyatining muhim yo‘nalishidir.
Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro Pakt ham­da qiynoqlarga solishga, muomalada bo‘lish va jazolashning bosh­qa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni tahqirlovchi turla- riga qarshi Konvensiya qanday bajarilayotganligi Inson huquqlari bo‘yicha vakilning o‘tgan davrdagi faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Ushbu hujjatlarda bayon etilgan normalar sud islohoti va huquqni tatbiq etish amaliyotini, xususan qamoqqa olish yoki nazorat ostida saqlash oqibatida ozodlikdan mahrum etish vaqtida sudning rolini oshirishni talab etadi. Vakil «Fuqarolarning huquqlari va erkinlik- larini buzuvchi xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga muroja­at qilish to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosidagi sustkashlik mavjudligini ko‘rsatadi.
«Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq va 1996-yilgi ish tajribasiga asosla- nib, 0‘zbekiston Ombudsmani o‘z faoliyati uchun keyingi yillarda quyidagi ustuvor yo‘nalishlami belgilab oldi:

  • 0‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari masalalariga doir qonun hujjatlariga (shu jumladan xalqaro konvensiyalarga) ri- oya etilishida nazoratni ta’minlash va ulami takomillashtirishga ko‘maklashish;

  • shikoyatlar ko‘rib chiqilishining aniq mexanizmini yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralami ko‘rish;

  • Ombudsmanning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va omma- viy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;

  • fuqarolarning turli toifalari o‘rtasidagi axborot-ma’rifat faoli­yatini amalga oshirish;

  • Ombudsmanning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.

Aholining nozik qatlamlari bo‘lmish bolalar, xotin-qizlar, qari- yalar, nogironlar va boshqalaming huquq hamda erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash va ulami himoya qilishga alohida e’tibor qara- tilganini ta’kidlash lozim.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil to‘g‘risidagi Qonunning

  1. moddasiga muvofiq, Vakilning qonun hujjatlarini takomillashtiri- lishiga ko‘maklashishi qonun loyihalari o‘rganilishi jarayonida ular­ning inson huquqlari sohasidagi xalqaro mezonlarga qay darajada muvofiq ekanligini ko‘rib chiqish orqali amalga oshirilmoqda.

Birgina 1997-yilda Vakil tomonidan Insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyaning, Oliy Majlis qo‘mitalarining a’zolari, Amaldagi qonun hujjatlari monito­ringi instituti, huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotla­ri, inson huquqlari bo‘yicha boshqa milliy tuzilmalar vakillari bilan birgalikda «Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida», «Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlari va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida»gi qonunlarga, Toshkent viloyatida «Bola - huquqlari to‘g‘risida»gi konvensiyaga, Sirdaryo viloyatida esa «Xotin-qizlami kamsitishning barcha shakllariga bar­ham berish to‘g‘risida»gi konvensiyaga, Toshkent shahri va Tosh­kent viloyatida «Mehnat kodeksi»ga qay darajada rioya etilayot- ganligi to‘g‘risida tekshirish o‘tkazildi, mutasaddi tashkilotlar bilan ko‘rib chiqildi, aniqlangan muammolami bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili BMTning Inson huquqlari bo‘yicha markazi, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tash- kilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Natijada, chet el delegatsi- yalari bilan 24 uchrashuv o‘tkazildi.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo'yicha komissiyasining Jenevada bo‘lib o‘tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi va so‘zga chiqdi. Chet ellarga xizmat safari da- vomida Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMT seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining mintaqa- viy uchrashuvida so‘zga chiqdi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlaming bir qator kengashlari hamda seminarian ishida qatnashdi.
Shunday qilib, mustaqil О ‘zbekistonda inson huquqi va erkinlikla­rini ta’minlash uchun keng imkoniyat yaratildi. Bu О‘zbekistonda qu- rilajak adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyatining muhim omilidir.
2006-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakili 0‘zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qo‘mitalari, 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi taqdim etgan bir qator qonun lo- yihalarining inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish maq­sadida huquqiy ekspertizadan o‘tkazdi. Chunonchi, Ombudsman instituti «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, 0‘zbekiston Respublikasining Soliq ko- deksiga hamda 0‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «0‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «0‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiri­tish to‘g‘risida»gi qonun loyihalariga va boshqa qonun loyihalariga oid o‘z takliflarini taqdim etdi.
2006-yilda Ombudsman institutiga 7655 ta, shu jumladan mar­kaziy idoraga 4753 ta, mintaqaviy vakillarga 1377 ta, takroran 878 ta murojaat tushdi, ishonch telefoni orqali 647 ta murojaat bo'yicha yuridik maslahat va tushuntirishlar berildi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil nomiga fuqarolaming huquqlari, erkinliklari va qonuniy man- faatlari buzilayotganligi haqida kelgan murojaatlardan 1434 tasi na- zoratga olindi. Hisobot davrida 351 ta murojaat ijobiy hal qilindi, qolganlari ko‘rib chiqilmoqda. 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj- lisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga pochta orqali 3444 ta, qabul vaqtida 1309 ta murojaat tushdi. Murojaat qilganlaming 2439 nafarini xotin-qizlar, 1858 nafarini erkaklar tashkil etdi, shuningdek, 456 ta jamoaviy shikoyat tushdi.
Ombudsman tomonidan shaxsan 14 ta qabul o'tkazilib, ularda 118 nafar fuqaro qabul qilindi, 72 ta murojaat nazoratga olindi, 46 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi. Vakil tomonidan mamlakat mintaqalariga, shu jumladan Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasiga borib, fuqarolar qa- buli ham o‘tkazildi. Xotin-qizlaming mehnat huquqlarini ta’minlash monitoringini o‘tkazish jarayonida Ombudsman Andijon, Naman­gan va Farg‘ona viloyatlaridagi to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlaydigan xotin-qizlar bilan uchrashdi. Joylarga borilgan vaqtda mahalliy hokimiyat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishida inson huquqlarini ta’minlash, mintaqaviy vakillar faoliyati sa- maradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi. Viloyatlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuvlar hamda suhbatlar tashkil etildi, penitensiar muassasalar monitoringi o‘tkazildi.
Hisobot davrida inson huquqlari bo‘yicha vakil tomonidan 17 ta xulosa tayyorlanib, shulaming 10 tasi 0‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga, 4 tasi 0‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, 1 tasi Samarqand viloyat prokuraturasiga va Samarqand viloyat hokim- ligiga, 1 tasi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudiga va 1 tasi Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.
Parlament Ombudsmani nomiga mamlakatning barcha minta- qalaridan fuqarolaming turli masalalar va muammolar bayon etilgan murojaatlari keldi. Fuqarolaming eng ko‘p murojaatlari Toshkent shahridan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand va Toshkent vilo- yatlaridan yo‘llangan.
Fuqarolaming murojaatlarida ko‘proq ijtimoiy-iqtisodiy huquq- lami ta’minlash - 1563 ta (33 foiz), yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga, insoniy muomalaga va qadr-qimmatni hurmat- lash huquqiga rioya etish - 1104 ta (23 foiz), sudda ishni adolat bilan ko‘rish huquqiga - 1009 ta (21 foiz) rioya etish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili turli davlat organlari, ijtimoiy tuzilmalar, chet ellik sheriklar bilan faol hamkorlik qilib, ularga 3634 ta murojaatni, shu jumladan hal qilish uchun nazoratga olingan murojaatlami yo‘lladi.
Mamlakatimiz fuqarolari tomonidan yo‘llangan shikoyatlardan tashqari chet davlatlardan ham 45 ta murojaat tushdi.
Hisobot davrida takroriy murojaatlar soni oldingi yildagiga qa­raganda kamaydi (2005-yilda - 1004, 2006-yilda - 878). Bu hoi Om- budsmanga yuborilgan shikoyatlami hal qilish natijadorligi birmun- cha oshganligidan dalolat beradi. Ombudsman bu shikoyatlami davlat hokimiyati organlari, sud va huquqni muhofaza qilish tuzilmalari bilan hamkorlikda o‘rganib bordi. Amalga oshirilayotgan ma’muriy islohot- lar jarayonida mansabdor shaxslaming Ombudsman murojaatlarini ko‘rib chiqish borasidagi mas’uliyati oshdi, ular ariza beruvchilar to­monidan ko‘tarilayotgan muammolami ancha e’tibor bilan va tezkor ravishda hal etib, fuqarolarning shikoyatlarini ко‘rib chiqish natijalari haqida Vakilni o‘z vaqtida xabardor qila boshladilar.
Biroq, ayrim mansabdor shaxslaming Ombudsman murojaatiga javob berish muddatlarini buzishi, murojaatlami hal qilish uchun quyi pog‘onalarga yuborib, so‘ngra ulaming ijrosini nazorat qil- masligi yoki masalaning mohiyatiga daxldor bo‘lmagan axborotni jo‘natishi, ba’zan esa arizachining dalillarini tekshirmasdan, ras- miyatchilik yuzasidan yoki nomigagina javob berishi kabi holatlar ham mavjud. 2006-yilda Ombudsmanning 120 ta murojaati bo‘yicha javoblar o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan 35 ta so‘rov, shu jumladan Ta’lim vazirligiga 2 ta, Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligiga 2 ta, hokimliklarga 22 ta, sud organ- lariga 26 ta, prokuratura organlariga 53 ta fuqarolar shikoyatlari yuzasidan so‘rov yuborildi. Ushbu hoi «0‘zbekiston Respublika­si Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi 0‘zbekiston Respublikasi qonunining 22-moddasi to‘liq ishlamayotganligidan dalolat beradi. Bu esa o‘z navbatida mil­liy qonun hujjatlarini mazkur qonunga muvofiqlashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Ombudsman haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslami ma’muriy javobgarlikka tortish mumkinligi o‘z manfaatlarini himoyalashning hamma huquqiy mexanizmlaridan foydalangandan keyin Inson huquqlari bo‘yicha vakilga murojaat qilayotgan arizachilarga tezkorlik bilan javob berish va ulaming mu- ammolarini hal qilish imkonini beradi.
2006-yilda 0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga tushgan murojaatlami sinchiklab tahlil qilish inson huquqlari va erkinliklari buzilishiga olib keluvchi sa- bablarga barham berish yuzasidan ehtiyot choralarini ko‘rish bora- sidagi ishlar quyidagi hollarda samarali bo‘lishini ko‘rsatmoqda:

  • parlament nazoratining barcha shakllarini, shu jumladan in­son huquqlari to ‘g ‘risidagi xalqaro normalarni milliy qonun hujjat- lariga singdirish mexanizmini huquqiy jihatdan tartibga solish so- hasida, davlat apparati mansabdor shaxslarining huquqni qo Hash, shu jumladan sud ishlarini yuritish faoliyatida parlament nazorati­ning kuchaytirilishi; .

  • fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari, shu jum­ladan sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar faoliyati usti- dan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashishi huquqiy jihatdan уetarli darajada ta’minlanmaganligiga barham berilishi;


  • Download 57,25 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish