Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet50/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Uchinchidan, muxolifat haqida. Muallif tasawurida muxo- lifatning mavjudligi demokratik jamiyat uchun zaruriy hodisa va normal holatdir. Biroq, bu shaxsiy manfaatlar zaminidan unib chiqqan, o‘z orzu-umidlariga erishish uchun intilgan yoki jami­yatning orzu qilingan amallaridan mahrum etilgan bir hovuch norozi shaxslaridan iborat bo‘lgan alamzadalar «armiya»si emas, aksincha, tashkiliy jihatdan rasmiylashgan, huquqiy maqomga ega bo‘lgan, Konstitutsiya va amaldagi qonunlarga bo‘ysunib yashash- ni turmush tarziga aylantirgan, o‘z xatti-harakati bilan davlat va jamiyatdagi barqarorlikka mas’ul bo‘lgan yuksak darajadagi siyo­siy madaniyat ko‘rigidir.
Haqiqiy muxolifat tom ma’noda davlat va jamiyat taraqqiyo- tiga yordam beradigan, hukumat faoliyatining takomillashishiga ко‘maklashadigan, konstruktiv, ilmiy va amaliy jihatdan asosli bo‘lgan, hayotiy jihatdan xalq tomonidan ma’qullangan xulosalar bilan yashaydi. Boshqacha bo'lishi mumkin emas.
To‘rtinchidan, jamoatchilik fikrining qay darajadaligini bilish, uni shakllantirish va takomillashtirish, jamiyat va shaxs, davlat va fuqaro o‘rtasidagi munosabatlami chuqurlashtirish katta ahamiyat­ga ega. Bunda ommaviy axborot vositalari rolini oshirish zarur. Ayniqsa, o‘tish davrida, tub islohotlar amalga oshirilayotgan bir paytda turli toifa, saviya va dunyoqarashga ega bo‘lgan xalq fikri- ni bir nuqtaga jamlash, uni asosiy yo‘nalishga burib turish islohot­lar taqdirini hal qiladigan eng muhim omillardan biridir. Shuning uchun ham matbuotga munosabat uning jamiyatda tutgan о‘mi va rolini aniqlash, «to‘rtinchi hokimiyat» darajasiga ko‘tarish zarar.
Eskicha fikr yuritish, eskicha tafakkur tarzi hammavaqt yangi- likning yo‘lini to‘sadi. Unga g‘ov bo‘ladi. Bu haqda gapirar ekan, Prezident Islom Karimov «Eski sarqitlardan judo bo‘lish, dun- yoqarashlar, psixologiyalar, turli da’volar o'rtasidagi ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin tinkani quritadigan kurashlar bilan birga bormoqda. Hayotning o‘zi ana shu dunyoqarashlar, psi­xologiyalar, da’volar orasidan ostishga majbur qilmoqda», - deydi.

  1. Darhaqiqat, bugun 0‘zbekiston ana shunday murakkab, ziddi- yatli kurashlari orqali yangi asrga qadam qo‘ymoqda. Bu kurashlar qanchalik qiyin bo‘lmasin, eskicha tafakkumi sindirish, yangilikni qabul qilish qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, ayni paytda u million- lab kishilami o‘ziga ergashtirib bormoqda. Kelajakka qat’iy ishonch bilan qaramoqda.§. Jamiyatni erkiniashtirishning yangi bosqichi

Mamlakatimizda tub islohotlami bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyillarining joriy etilishi awaliga ayrim muxoliflari- mizga unchalik ham xush kelmagan edi. Ular buni sustkashlikka, ma’muriy-buyruqbozlik tuzumining illatlariga, yangi hokimiyatning demokratik o‘zgarishga qodir emasligiga yo‘yishdi.
Aslini olganda, «Falaj qilib davolash» usuli, ya’ni jamiyatni ol­din butunlay chilparchin qilib, tekislab tashlab, so‘ng uning o‘miga yangisini qurish, islohotlami inqilobiy yo‘l bilan amalga oshirish fojialarga olib kelishini o‘ylamadi. Hissiyot aqldan ustun turishi ja­miyatni hammavaqt inqirozga olib kelishini, har qanday islohotlar esa asta-sekinlik bilan odamlar qalbi va ongi orqali amalga oshiril- gandagina yuksak madaniyat va ma’naviyat mazmunini kasb etishini tushunishmas edi.
Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, eng awalo iqtisodiy islohot­laming dastlabki samaralari ko‘zga tashlana boshlandi. Bu davlat mulkini xususiylashtirishdan tortib pul va bank-kredit tizimini bu­tunlay o‘zgartirish, xorijiy sarmoyalami jalb etish, ishlab chiqarishni tubdan o‘zgartirish, sanoatni yangi, ilg‘or, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlashgacha bo‘lgan va boshqa jihatlami qamrab olgan islo­hotlami o‘zida mujassam etadi. Ayni ana shu yangilanish jarayoni- da «o‘zbek modeli» vujudga keldi. Bu jahon davlatchiligida yangi yo‘nalish boshlanganidan, jahon tajribalarini yangi mazmun bilan boyitayotganidan dalolat berar edi.
0‘zbekistonning tub islohotlardagi o‘z taraqqiyot yo‘li faqat shuginami?
Ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida butunlay yangicha munosabatda bo‘lish, jamiyat taraqqiyotining aholi ma’naviy-ruhiy va siyosiy-madaniy qarashlaridan kelib chiqqan o‘ziga xos yonda- shish usuli shakllana boshlandi. Jumladan, demokratik jarayonlami chuqurlashtirishda ham.
Mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz huquqiy demokratik davlatni barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalasini dolzarb vazifa qilib o‘rtaga tashladi. Darhaqiqat, ayni ana shu tamo- yillar jahon davlatchiligi eng ilg‘or tajribalariga mos keladigan, uni dunyo tan oladigan, inson huquqlari har jihatdan kafolatlanadigan jamiyat sifatida barpo etish ko‘zda tutilgan edi.
Ayni ana shu paytlarda - 90-yillaming boshlarida mamlakat og‘ir ijtimoiy, iqtisodiy po‘rtanalar girdobiga tushgan, demokratiya «o‘yin»lari avj olgan, aholining ayrim guruhlarida ehtiroslar junbish- ga kelgan bir payt edi. Har qanday sharoitda ham oldin ana shu og‘ir vaziyatdan eson-omon chiqib olish, Prezident iborasi bilan aytganda «hech qanday larzalarsiz», qon to‘kmasdan, mamlakatda barqa- rorlikni saqlab turgan holda asta-sekinlik bilan hayotni izga solish tamoyili tanlab olindi. «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmas- lik» singari hayot sinovidan o‘tgan tajribalar yo‘lidan borildi. Ana shu birgina shioming o‘zi tub islohotlaming hamma sohalariga - huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jihatlariga tegishli edi. Ayni ana shu shioming o‘zida davlat siyosatining insonparvarlik mazmuni, har bir fuqaro, har bir tirik jon hayotining daxlsizligini ta’minlashga mas’ullik, butun mamlakat tinchligi va osoyishtaligini saqlashga javobgarlik hissi mujassam bo‘lgan edi.
Ana shunday bo‘hronlar girdobida qolgan 0‘zbekiston huku- mati mavjud ijtimoiy-siyosiy jarayonlaming borishi va uning oqi- batlarini har tomonlama o‘rganib bordi. Uni bartaraf etish cho- ralarini ko‘rdi. Bu haqda gapirar ekan, LA. Karimov «Dastlabki kezlarda O‘zbekistonni sustkashlik va konservatizmda ayb- lashardi. Ammo 0‘zbekiston bugungi kunga kelib, bozor o‘zgartishlarining teranligi, ijtimoiy yangilanishning sur’atlari va taraqqiyoti yuzasidan, sobiq sovet hududidagi aniq dasturga ega boMmay turib, asossiz va mulohazasiz islohotlar jarayonini tezlashtirishga uringan, besabrlik qilgan, soxta obro‘ga intilgan ko‘pgina respublikalardan oldinlab ketdi.
Ming afsuski, ana shu yuzaki urinishlarning hamma- si pirovard natijada islohotlaming o‘zini ma’lum darajada obro‘sizlantirdi. Ularga ortiqcha siyosiy tus berdi. Jamiyatda- gi ichki qarama-qarshilikni kuchaytirdi. Bu bor gap va undan hech qayoqqa qochib qutulib bo‘lmaydi», - deydi.
Oradan yillar o‘tdi. Toshqinlar tindi, suvlar tiniqlashdi, bulutlar tarqaldi. Haqiqiy hayot aniq-ravshan ko‘zga tashlandi: Siyosatning har qanday hissiyot va tuyg‘ulardan holi bo‘lgan, aql-idrokka tayan- gan shakl-u shamoyili namoyon bo‘ldi. Ana shuning o‘zi yangilikni evolutsion yo‘l bilan amalda joriy qilishning, qat’iy intizomga tayan- gan demokratiyaning ma’naviy qiyofasi edi.
0‘zbekiston yangilanishlaming ikkinchi davrini boshladi. Buni nimalarda ko‘rish mumkin?

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish