Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet48/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

T. Qilichev,
Olimlar nomidan:
SamDU professori, filologiya fanlari doktori
S. Mirzayev,
Faxriylar nomidan:
Sotsialistik Mehnat Qahramoni, urush va mehnat faxriysi
I. Zokirov.
«Xalq so ‘zi>> 1991-yil 19-noyabr. (Xatlar qisqartirilgan holda berilmoqda.)

  • * *

Xalqning qahr-g‘azabiga, jiddiy noroziligiga uchragan mu­xolif kuchlar o‘z niyatlariga yeta olmadilar. Endi ular hokimiyat uchun kurashning boshqa usullaridan foydalanishga, qaytadan kuch to‘plab, o‘z tarafdorlarini yangi kuchlar hisobiga kengaytirishga harakat qila boshladilar. Lekin bunga erisha olmadilar. Chunki, bu vaqtga kelib xalqimiz, faollar, deputatlar kimning kimligini yaxshi anglagan, 0‘zbekiston rahbariyati, uning Prezidentiga ishonch kuchaya borgan davr edi.
Sessiya minbarlarida o‘zlarini oriyatli va mag‘rur qilib ko‘rsatgan, «tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra tik turib o‘lmoqni» afzal ko‘rgan «arbob» ko‘p o‘tmay pana-panalarda ish olib borib, orqa- vorotdan esa tosh ota boshladi. Hatto, bir muddat Moskvadan pa- noh topgan bir guruh «sobiq»lar pinjiga kirib, ular bilan birlashib, o‘z yurtiga - 0‘zbekistonga qarshi, aniqrog‘i uning hukumati, rah- bariyati nomiga ig‘vogarona uydirmalar to‘qib yurdilar. Bu borada Moskvaning 0‘zbekistonga «xayrixoh» bo‘lgan ayrim gazetalari sa- hifalaridan zo‘r berib foydalandilar.
Jahonning mashhur siyosatdonlari, jamoat va davlat arbob- lari o‘tish davrida hokimiyat jilovining bir kishi qo‘lida qat- tiq turishini ma’qul ko‘radilar. Chunki bunday sharoitda ozgina bo‘shashuvchanlik, hokimiyatning turli tomonidan turli kishilar o‘z yo‘nalishiga tortishi jamiyatda parokandalikning paydo bo‘lishiga olib keladi. Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni bir me’yorda saqlab turish uchun yagona qo‘l hamma vaqt zarur ekanligini hayot ko‘rsatmoqda.
Prezident Islom Karimov mamlakat jar yoqasiga borib qol­gan bir paytda xuddi ana shu qattiqqo‘lligi, o‘z fikriga qat’iyligi va pozitsiyasini qo‘ldan bermaslik fazilati bilan har tomonlama barqarorlikni saqlay oldi. Buni jahon matbuoti o‘z vaqtida yuk­sak baholadi. Jumladan «Vek» gazetasining 1995-yil 21-27-iyul sonida shunday deyiladi: «SSSR parchalanib ketganidan so‘ng eng dahshatli voqea O‘zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin, bunday bo‘lmadi. Karimov birorta ham xatoga yo‘i qo‘ymadi.
Karimovning mitinglarni taqiqlab qo‘yishi qirg‘izlar, to- jiklar bilan o‘zaro munosabatlardagi murakkab vazifalarni ha! etish kabi juda to‘g‘ri ish edi. Uning kolxoz va sovxozlar rah- barlarini saylash emas, balki tayinlash to‘g‘risidagi taklifi ham o‘rinli edi. Agar shunday qilinmaganida oxir-oqibat qanday bo‘lishini bilish qiyin edi. Karimov musulmon mamlakatiari bi­lan munosabatlarni ham zargarlarga xos noziklik bilan yo‘!ga qo‘ydi... Bularning hammasi Islom Karimovning ulug‘ligini bel- gilaydigan sifatlardir».
Mustaqillik osonlik bilan qo‘lga kiritilmadi. Kurashlar va izti- roblar turmushimizdagi qator qiyinchiliklar va muammolar bilan bir- ga qorishib ketdi. Ichki va tashqi g‘animlar bilan olishib, mustaqillik himoya qilindi. 0‘tgan davr xalqimizni ko‘p narsaga o‘rgatdi. Endi u o‘z istiqboliga va istiqloliga qat’iy ishondi.
Mustaqillikning o‘tgan davri xalqimizni ko‘p narsalarga o‘rgatdi. Butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangi tajri- balar dunyoga keldi. Bu tajribalar «0‘zbek modeli» sifatida jahon demokratik jarayonlarini boyitmoqda.
0‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 23-fevralida bo‘lib o‘tgan birinchi chaqiriq birinchi sessiyasida Prezident Islom Karimov mamlakatda demokratik jarayonlami chuqurlashtirish, inson huquqlarini kafolatlash, eng insonparvar, adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish xususida gapirar ekan «0‘zbekiston XXI asr ostonasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraq­qiyot kafolatlari» dasturini ishlab chiqish zamriyati haqida alohida to‘xtalgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay ana shu keng tarmoqli dastur Prezidentning o‘z tashabbusi bilan yaratildi. «0‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqi­yot kafolatlari» deb nomlangan yirik ilmiy, nazariy, tahliliy asar 0‘zbekiston davlat siyosatining bosh dasturi sifatida dunyoga keldi.
Muallif demokratik jarayonlami chuqurlashtirish, fuqarolik ja­miyati asoslarini shakllantirish xususida gapirar ekan, dunyo muam- molarini, dunyo tajribalarini, insoniyat taraqqiyoti davrida to‘plangan ijobiy xulosalami chuqur o‘rganadi va unga o‘ziga xos baho beradi. Jumladan, u bugun jahon siyosatida har qanday zo‘ravonlik va kuch ishlatishdan, har qanday qurol-yaroq va tazyiqlardan ustun keladigan tafakkur dunyoga kelayotganini, endi yoqavayronlik, portlatish va qirg‘inbarot keltirishlar ibtidoiy hodisa ekanligini, «zo‘r bo‘lsang o‘zingni aqling bilan ko‘rsat» qabilida ish ko‘rsatish vaqti kelganli- gini boshqalardan ko‘ra tezroq angladi, boshqalardan ko‘ra chuqur- roq tushundi. Endi borgan sari ochiqlik, yuzma-yuz turib fikrlashish, muammolami muzokaralar yo‘li bilan hal etish va ana shu ayovsiz muzokaralar paytida sog‘lom aql-idrok tantanasiga erishish zarurli- gini ko‘rsatib bermoqda.
Prezident Islom Karimov mazkur kitobda mustamlakachilik va irqiy kamsitishlaming yo‘q qilinganligini, sotsializm va kommu- nistik mafkuraning zo‘ravonlik da’volari barbod etilganligi, jahon xaritasida yangi mustaqil davlatlaming paydo bo‘lganligi, mintaqa- lararo munosabatlarda muvozanatning o‘zgarib ketganligi, aniqroq qilib aytganda, jahon taraqqiyotida Osiyo qit’asi mamlakatlari roli- ning oshib borayotganligi XXI asr ijtimoiy-siyosiy jarayonlarining o‘zgarib borishiga sabab bo‘lishini chuqur tahlil etadi.
Muallif nazarida demokratik taraqqiyotning turli qadriyatlari, ta­moyillari va me’yorlari takomillashib, bir-birini boyitib ommabop tus olmoqda. Endi ana shu qadriyatlar yer yuzining turli mamlakat- larida turli xalqlar va millatlaming yagona, umuminsoniy, umum- bashariy qadriyatlariga aylanmoqda. Zotan, inson yer yuzining qaysi burchagida yashamasin, u eng awalo insonligini tushunmog‘i lozim, inson kabi yashashga haqli. 0‘zbekiston siyosati nazarida jahon ta- raqqiyoti va demokratiya jarayonlari ana shunga asoslanmog‘i lo­zim.
Kitobda demokratik jarayonlami chuqurlashtirish, fuqarolik ja- miyatini shakllantirish borasida fikr yuritilar ekan, quyidagilar mu­him omil sifatida ko‘rsatib beriladi:

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish