Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet111/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Beshinchidan, viloyatlardagi universitetlar vositasida dunyo- ning eng ilg‘or, mashhur o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilish im- koniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘z navbatida dunyo tajribasini ha­yotga tezroq olib kirish, fan va texnikani yangi o‘zanga burish, shu asosda mamlakat taraqqiyotini jadallashtirish imkonini berdi.
Mamlakat shaharlarida oliy universal ta’limni joriy etishda ri­vojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. Jumladan, Ame­rika Qo‘shma Shtatlarining Kembrij shahridagi Garvard, Stenford, Priston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, Lion, Dijon, Grenobl shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari bu mamiakatlaming poytaxtlarida emas, turli viloyatlarida joylash­gan bo‘lishiga qaramasdan, o‘zining yuksak malakali kadrlar tayyor­lash va ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan.
Germaniyada esa, oliy universitet ta’limining o‘ziga xos tajriba­si bor.
Bu o‘lkadagi eng qadimiy universitet Xaydelberg shahrida 1386-yili tashkil etilgan. XV asrga kelib, mamlakatda universitetlar beqiyos darajada rivojlandi. 0‘sha paytda tashkil etilgan oliy ta’lim maskanlari Leypsig, Rostok, Grayfsvald, Frayburg, Tyubingen va boshqa shaharlarda hozirgacha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ularda o‘qish-o‘qitish ishlari ilmiy tadqiqot bilan chambarchas bog‘langan holda olib boriladi. Mamlakat taraqqiyotining katta-katta muammolari ana shu dargohlarda o‘z ilmiy yechimini topadi.
Nemislar ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, kam mehnat sarf qilib, ko‘p va sifatli mahsulot ishlab chiqarish uchun bor imko- niyatlarini ishga soladilar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, sanoatni oliy malakali mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida Germaniyaning turli zaminlarida texnika universitetlarini yanada ko‘paytirish dasturi ishlab chiqilgan. Shu boisdan mamlakat taraqqi- yoti tobora tezlashmoqda.
Xalqi ma’rifatli, jahon ilm-fani va madaniyatidan xabardor mamlakatning ravnaqiga ravnaq qo‘shilaveradi. Shu bois keyingi yillarda 0‘zbekiston rahbariyati joylarda ilm-fanni, birinchi galda, universal oliy ta’limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlami ko‘ra boshladi. Bu maqsadlarga katta miqdorda mablag‘ ajratildi. Xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy ta’lim sohasida hamkor­lik tobora chuqurlashib bordi. Shubhasiz, bu tadbirlar mazkur tizim- da keskin burilish yasash, kelajakda mamlakatni yuksak malakali bilimdon mutaxassislar bilan ta’minlash imkonini berdi.
Albatta, birgina oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari sonini oshi­rish, ularda yangi mutaxassisliklar ochish bilan malakali mutaxassis­lar tayyorlab bo‘lmaydi. Buning uchun oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga talabalar qabuli yangi tartibini joriy qilish talab qilinadi. Shu maqsadda jahonning ilg‘or universitetlari tajribalarini qo‘llashga kirishildi. Masalan, keyingi yillarda AQSH, Turkiya, Hindiston, 01- moniya va boshqa mamlakatlardagi oliy bilimgohlar ishi o‘rganildi. Natijada oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilishning butunlay yangi tizimi vujudga keldi. Shu maqsadda respublikada davlat ko­missiyasi tuzilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda test sinovi o‘tkazishga qaror qilindi.
Bundan tashqari ikki pog‘onali o‘qish tizimiga o‘tilgani ham oliy ta’limni hozirgi zamon sharoitida yanada takomillashtirishga qaratilgan tadbirdir. Masalan, bakalavrlik darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik darajasini olish uchun 6 yil o‘qish talab qilinadi.
0‘zbekiston sharoitida shunday yangi tizim uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Nizom va Dasturlar ishlab chiqish uchun

  1. yilda 4-ta komissiya tuzildi.

Shu bilan bir qatorda, keyingi yillarda jumhuriyat oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning yangi usullarini qo‘llashda ma’lum tajribalar to‘plandi. Masalan, Toshkent aloqa va elektronika institutida 3 se- mestrlik o‘qitish shakli joriy etildi. Har bir semestr 2-3 imtihon va 3—4 sinov bilan yakunlanadi. 0‘quv jarayoniga shu vaqtgacha amal- da bo‘lmagan o‘qitish va nazorat usullari model va bilimni reyting bo‘yicha baholash tartibi tatbiq qilindi. Tajriba shuni ko‘rsatdiki, u bir necha afzalliklarga ega. Xususan, dars soatlari qiyinchilik- larsiz semestrga bo‘linadi, o‘qituvchilar uslubiy, ilmiy ishlar bi-Ian shug‘ullanish, malaka oshirish uchun qo‘shimcha vaqtga ega bo‘ladilar, talabalar uchun esa bir yilda uch marotaba ta’tilga chi- qishlariga imkon yaratildi. Bu tajriba tufayli institut bir muncha mu- vaffaqiyatlarga erishdi. Xususan, boshlang‘ich kurslar talabalarining oliy ta’lim shart-sharoitlariga ko‘nikishlari yaxshilandi. 0‘zlashtirish ham oson, ham sifat jihatidan o‘sdi.
0‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng yoshlarga hozirgi zamon eng ilg‘or bilimlarini berish, ulami davr talabiga mos muta- xassis qilib tarbiyalashda izchil ishlar olib borila boshlandi. Mus­taqillik yillarida iqtidorli talabalami xorijda o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Respublikaning xalqaro aloqalari kengayishi natijasida o‘quvchilarga hukumatlararo bitimlar bo‘yicha xorijiy mamlakatlar- ning nufiizli oliy o‘quv yurtlarida bilim olish imkoniyati yaratildi.
Har yili respublikada umumiy ta’lim maktablarining test si- novlaridan o‘tgan 50 dan ziyod o‘quvchisi AKSYLS yo‘li bilan AQSHga o‘qishga yuboriladigan bo‘ldi.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalaming xorij­da o‘tadigan stajirovkalariga va qo‘shma korxonalar, firmalar, au- ditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o‘tishlariga katta ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 nafar talaba xorijiy mamlakat o‘quv yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar bo‘yicha o‘qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha xorijiy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqda.
Mustaqillik yillarida bozor iqtisodiyotiga o‘tish mulkchilikning xususiy shakllari ishlab chiqarishini kengaytirish sharoitida o‘rta hunar ta’limini yanada takomillashtirishni ham talab qila boshladi. Bu muammo, ayniqsa, qishloq joylarida muhim ahamiyat kasb et- moqda. Qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, qishloq yoshlarini faol tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish uchun 1995-yildan boshlab qishloq yerlarida joylashgan hunar- texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyatini tub­dan qayta isloh qilish amalga oshirildi.
Har bir viloyat va tumanlarda tadbirkorlik o‘quv yurtlari, kasb lit- seylari, biznes maktablar kichik va o‘rta biznes, fermerlik xo‘jaliklari, aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari uchun kollejlar ochildi.
Shu kunlarda 160 ta ana shunday hunar litseylari biznes- maktablari va 41 ta kollej faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 112,3 ming yigit-qiz o‘qimoqda. Umuman mamlakatda xalq xo‘jaligi talablari uchun 466 hunar-texnika bilim yurti kadr tayyorlab bera boshladi.
Yana shuni aytish lozimki istiqlol yillarida 0‘zbekistonda umu­miy o‘rta ta’lim sifatini oshirishga ham katta e’tibor berildi.Umumiy ta’lim uzluksiz davlat ta’limi tizimida asosiy bo‘g‘in bo‘lib, ta’lim oluvchilaming ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta’limi, boshlang‘ich kasb-kor ko‘nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egal- lashlarini, shuningdek, o‘z ijodiy qobiliyatlari va ma’naviy fazilatla- rini rivojlantirishlarini ta’minlaydi.
Umumiy ta’lim «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunning 9-bandiga muvofiq uch bosqichdan iborat:

  • boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);

  • tayanch ta’lim (V-IX sinflar);

  • o‘rta ta’lim (X-XI-XII sinflar).

Ta’lim haqidagi davlat siyosatining asosiy mohiyati tayanch ta’limining (to‘qqiz yillik) majburiyligidir.
Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgust kuni bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Unga binoan ta’limning yangi tizimi joriy etildi. Jumladan, uning 10-moddasiga muvofiq 0‘zbekiston Respublikasida ta’lim quyidagi turlarda amalga oshi­riladi:

  • maktabgacha ta’lim;

  • umumiy o‘rta ta’lim;

  • o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

  • oliy ta’lim;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim;

  • kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash;

  • maktabdan tashqari ta’lim.

Shuningdek, mazkur qonunning 12-moddasida umumiy o‘rta ta’limning quyidagi bosqichlari ko‘rsatilgan:

  • boshlang‘ich ta’lim (I-IV sinflar);

  • umumiy o‘rta ta’lim (I-IX sinflar).

Xuddi shu sessiyada Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ham qa­bul qilindi.

  1. yil 1-yanvariga respublikada umumiy ta’lim maktablari- ning soni 8963 taga yetdi.

Yangi o‘quv dasturlari va darsliklarini ishlab chiqish ta’lim si­fatini oshirishda yagona mezon bo‘ldi. Mamlakatda prinsip jihat­dan yangi o‘rta o‘quv yurtlari - gimnaziyalar, ya’ni, ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktablar tarmog‘i tez rivojlandi. Masalan, 1991-yildagi
799 maktab o‘miga 1995-yilda ayrim fanlar chuqur o‘rgani- ladigan maktablar soni 3120 taga yetdi. 0‘quvchilaming soni 1995- yilning oxiriga kelib 205,7 ming kishiga ko‘paydi. Ta’lim muassasa- larining o‘quv rejalari, ta’lim shakllari va usullarini ishlab chiqishda erkinlikka ega bo‘lganliklari prinsip jihatdan yangilikdir.
0‘quvchilar bilimini sinashda an’anaviy usullar bilan birga test sinovlaridan o‘tkazish tizimi kengroq qo‘llana boshlandi.
Mintaqaviy va Respublika miqyosida maktab olimpiadalari muntazam o‘tkazilmoqda.
«Oliy o‘quv yurtlari hududida tashkil etilgan kollejlaming yangi tizimi qisqa muddatlarda yuqori malakali o‘rta bo‘g‘in mutaxassisla- rini ayni vaqtda shu yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun abituriyentlar tayyorlash imkonini bera boshladi.
Maktabgacha tarbiya 0‘zbekiston xalq ta’limi tizimida birinchi bosqichdir.
Bu bosqichda xilma-xil toifadagi, turlicha muassasalami ko‘rish mumkin. Ya’ni bolalar yaslilari, bolalar bog‘chalari, yasli bog‘chalar, sog‘lomlashtirish bog‘chalari, aqliy, jismoniy jihatdan nogiron bola­lar bog‘chalari, xonadon bog‘chalari, mavsumiy bog‘chalar va hoka- zolar shu tizimga kiradi.
0‘zbekiston Respublikasida hozir 9467 maktabgacha tarbiya va ta’lim muassasalari mavjud bo‘lib, 1,3 million kichkintoylami o‘z bag‘riga olgan. Ulaming tarbiyasi bilan 100 mingdan ortiqroq peda- gog xodimlar shug‘ullanmoqdalar.
Keyingi yillarda maktabgacha tarbiya, o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’limning ishlab chiqilgan konsepsiyalari asosida ta’limning barcha darajalari uchun o‘quv dasturlarining eskilari qayta ко‘rib chiqilib, yangilari ishlab chiqilmoqda.
«Uzluksiz ta’lim tizimini darsliklar va o‘quv adabiyotlari bi­lan ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida» (05.01.98-y.), «Uz­luksiz ta’lim tizimi uchun davlat standartlarini ishlab chiqarish va joriy etish to‘g‘risida» (05.01.98-y.), «Akademik litseylar va kasb- hunar kollejlarini tashkil etish va ulaming faoliyatini boshqarish to‘g‘risida» (24.02.98-y.), «Umumta’lim maktablari uchun darsliklar va o‘quv adabiyotlarini nashr qilish tizimini takomillashtirish loyi- hasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (04.05.98-y.), «0‘zbekiston respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» (13.05.98-y.), «0‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasining Bojxona kolleji- ni tashkil etish to‘g‘risida» (13.07.98-y.), «0‘zbekiston Respubli­kasi Soliq qo‘mitasining Soliq kollejini tashkil etish to‘g‘risida» (14.07.99-y.), «1999-2005-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish hamda mab- lag1 bilan ta’minlash dasturi to‘g‘risida» (23.09.98-y.), «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida» (16.08.99-y.) kabi respublikada ta’lim, ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan Vazirlar Mahkamasi­ning qarorlari qabul qilindi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan hozirgi sharoitda ta’lim jara- yonining turli bosqichlariga mansub bilim maskanlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish dolzarb vazifalardan biridir.
Mamlakat hukumatining qarori bilan umumta’lim maktablarini

  1. 2009-yillar mobaynida qayta ta’mirlash, zamonaviy o‘quv qu- rollari va fan laboratoriya bilan ta’minlash ishlari qizg‘in bormoqda.

1998-1999-o‘quv yilidan esa kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar shaklidagi xalq ta’limi tizimi yangi yo‘nalishga asos solindi. Bu 1997-yil avgust oyida mamlakat Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi» hayotga tatbiq eti- layotganidan dalolat beradi.
Birgina 2006-yilning o‘zida 8 ming o‘quvchi o‘miga ega bo‘lgan 6 ta akademik litsey, 70 ming o‘rinli 124 ta kasb-hunar kolleji qurilib, foydalanishga topshirildi. 8,7 milliard so‘miik va 15 million AQSH dollari miqdorida o‘quv-laboratoriya jihozlari xarid qilindi.
Shuningdek, 2006-yili 61 ta yangi maktab qurildi. 385 ta maktab kapital ta’mir qilinib, 530 tasi joriy ta’mir etildi.
Aytish mumkinki, dunyo davlatlari orasida 0‘zbekiston xalq ta’limiga budjet hisobidan mablag‘ ajratishda birinchi o‘riiida turadi. Buni 2007-yil 26-fevralda e’lon qilingan 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexa- nizmini takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni ham tasdiqlaydi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq prinsipial yangi
tipdagi o‘rta hunar o‘quv muassasalari tarmog‘i shakllandi. Zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 533 ta kasb-hunar kolleji va 54 ta akademik litsey barpo etildi. Kollejlar va litseylami qurish hamda jihozlash bo‘yicha mamlakatimiz industri- yasi yaratildi.
Yangi ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi.
Bugungi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlod- ga uzluksiz ta’lim berish va uni tarbiyalash jarayonini yaxlit qam- rab oladigan yagona ta’lim majmui hisoblanadi. Bunda ta’lim ti- zimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘rin va mas’uliyatga egadir. Dastumi to‘liq amalga oshirish, qo‘yilgan vazifalarga erishish ana shu bo‘g‘inlaming holati va rivojlanish darajasiga, ulaming o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir.
Shu bilan birga, tahlillar shuni ko‘rsatadiki, butun tizimning eng muhim boshlang‘ich bosqichi bo‘lgan maktab ta’limining ort- da qolayotgani yaxlit uzluksiz ta’lim zanjirida eng zaif bo‘lib qol- moqda. Buning asosiy sababi maktablar moddiy bazasining zaifligi bo‘lib, ulaming 40 foizga yaqini tipovoy bo‘lmagan moslashtiril- gan binolarda joylashgan, jami 9727 ta maktabdan 684 tasi avariya holatidadir. Ko‘pgina maktablar markazlashtirilgan isitish sistema- siga ega emas, ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan. 0‘quvchilaming 28 foizdan ko‘prog‘i ikki-uch smenada o‘qitiladi. Maktablaming o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanish da­rajasi 29 foizni, zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishi esa 15 foizga yaqinni tashkil qiladi. Maktablaming faqat yarmigi- na sport zallariga ega, ulaming sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlanishi esa 23 foizdan oshmaydi. Ayniqsa, qishloq joylardagi maktablaming moddiy bazasi qoniqarsiz ahvolda.
0‘qituvchilar, eng awalo boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirish borasida tarkib topgan tizim maktab ta’limida hamon zaif bo‘g‘in bo‘lib qolmoqda, bunda pedagoglar iste’dodi, kasb mahorati ulaming mehnatiga haq to‘lash chog‘ida hali ham belgilovchi mezonga aylanmayapti.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini muvaffaqiyatli amalga oshi- rishning muhim sharti sifatida maktab ta’limining orqada qolishiga barham berish hamda maktablaming moddiy-texnika bazasini mus­tahkamlash va uzluksiz ta’limning yagona tizimini shakllantirish bilan bog‘liq mavjud jiddiy muammolami bartaraf etish maqsadi­da 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 19-fevraldagi F-1910-sonli Farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiya va ishchi guruhlar tomonidan respublika mintaqalaridagi barcha umumiy ta’lim maktablari to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ulaming moddiy-texnika ba­zasining hozirgi holati tanqidiy va batafsil o‘rganib chiqildi.
Shuningdek, farmonda «2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi»ni amalga oshirish mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilishning hozirgi bosqichidagi eng muhim vazifa, deb hisoblandi va maktab ta’lim tizimini tubdan yaxshilashni; eng yuqori zamonaviy talablarga mos keladigan o‘quv- moddiy bazasi va ta’lim standartlari shakllantirilishini; yashash joyidan qat’i nazar, qishloq va shahar maktablarining moddiy ba­zasi hamda ta’minlanish darajasidagi tafovutlami bosqichma- bosqich bartaraf etish asosida bolalaming ta’lim olishi uchun teng
shart-sharoitlar yaratilishini; o‘qituvchilar mehnati har tomonlama rag‘batlantirilishini ko‘zda tutuvchi Davlat umummilliy dasturining asosiy tamoyillari va maqsadli vazifalari ma’qullandi.
Shu bilan birga maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umum­milliy dasturini amalga oshirishning quyidagi asosiy yo'nalishlari belgilandi.

  • kapital rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlashning, avariya holatidagi binolami buzib tashlashning manzillari aniq ko‘rsatilgan dasturlarini va maktab binolarining namunaviy loyiha- larini ishlab chiqqan holda umumiy ta’lim maktablarining moddiy- texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;

  • maktablami zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash;

  • ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan o‘quv standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirish;

  • umumiy ta’lim maktablari, birinchi navbatda qishloq joylar- dagi maktablami malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, ular tarkibi sifatini oshirish, o‘qituvchilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, o‘qituvchilar mehnatini rag‘batlantirishni kuchaytirish;

  • umumiy ta’lim maktablarida sportni rivojlantirish va ulaming sport bazasini mustahkamlash.





Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish