Uchinchi kitob


PREZIDENT I. KARIMOV NUTQLARI Ehtirom



Download 57,25 Mb.
bet114/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

PREZIDENT I. KARIMOV NUTQLARI Ehtirom
Aziz vatandoshlar!
Muhtaram mehmonlar!
Bugun biz o‘zbek xalqi hayotida unutilmas tarixiy bir voqeaning guvohi va ishtirokchisi bo‘lib turibmiz.
Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda buyuk bir davlatga asos solgan, olamni tebratgan, nomi yetti iqlimda mashhvir bo‘lgan ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur haykalini ochish marosimiga yig‘ildik.
Bugun Sharqda tengi yo‘q sarkarda mustaqillik, istiqlol sharofa- ti bilan o‘z vataniga qaytdi.
Uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida kun kechirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeyini muno­sib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi.
Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutishga mahkum etildi. Maqsad, xalqimizning yuragi- dan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z ba- hodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi.
Muhammad Tarag‘ay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zehn va aql-u idrok ega- si bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlami, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, hadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tiqodli, halol-pok bo‘lib yetishdi.
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtini mo‘g‘ul bosqinchi- laridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohi- bi sifatida el va elatlaming boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini har sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashhur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, harbiy san’ati ko‘p asrlar davo­mida Sharq-u g‘arb davlatlariga o‘mak va andoza bo‘ldi. Uning za- monida madaniyat, ilm-u fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga yetdi. Amir Temuming madaniyat va din ahllariga ko‘rgazgan chek- siz mehr-muruwati, ayniqsa, ibratlidir.
Ko‘hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el-ulus manfaati bobida chekkan mislsiz zahmat hamda ko‘rsatgan shijoat- lariga guvohlik beradi.Insof-iymon tuyg‘usi, diyonat mezoni Amir Temur hayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning qariyb yarmiga jahongir ersa-da, u kuch-qudrat zo‘rlik, zo‘ravonlikda emas, aksincha, adolatda ekani- ni teran angladi.
Bugun bunyod etilgan ulug‘ bobokalonimiz haykalida teran ramz bor - go‘yoki jahongir tulporining jilovini tortib turibdi, qilich- siz qo‘lini oldinga cho‘zib jahon xalqlariga omonlik sog‘inmoqda, «Kuch-adolatdadir!» demoqda.
Donishmand ajdodimizning mazkur so‘zlarini mana shu muh- tasham yodgorlik poyiga zarhal harflar bilan bitar ekanmiz, zamon- lar tajribasidan o‘tgan bu bebaho hikmatning qalblarimizda doimo aks-sado berib turishini orzu qilamiz.
Aziz yurtdoshlarim!
Bugun - o‘zbek xalqi tarixida ulug‘ kun. 0‘zbekiston mustaqil- ligiga, muborak istiqlolimizga ikki yil to‘ldi.
Hammangizni - keksa-yu yoshni, butun 0‘zbekiston ahlini shu buyuk sana bilan chin qalbdan, har biringizni alohida bag‘rimga bo- sib qutlamoqqa ijozat bergaysiz!
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor. Shuning uchun ham ozodlikni sog‘inib, ozodlik yo‘lida kurashib o‘tgan ajdodlarimizni duolar bilan eslashimiz ham qarz, ham farzdir. Ajdodlarimizning pok ruhlari shod bo‘lsin, ulaming orzulariga munosib va sadoqatli bo‘laylik.
Istiqlol muborak, aziz vatandoshlar! Ozodligimiz abadiy bo‘lsin!
Muhtaram do‘stlar!
Ikki yillik istiqlol davrida jonajon diyorimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar xalqimizga ishonch va umid bag‘ishlamoqda.
Buyuk ayyom arafasida Temur bobomiz haykalining ochilishi o‘ziga xos ramziy bir ma’noga egadir.
Vatanimiz istiqlolini yanada mustahkamlash, uni himoya qi­lish, yurtimiz sha’ni-shavkatini yuksaltirish, adolat, insof va di­yonat hukmron bo‘lgan erkin jamiyat, mehnatkash xalqimizga munosib farovon hayot qurish bizning insoniy va fuqarolik bur- chimizdir.
Biz orzu etgan buyuk davlatni bunyod qilish barchamizdan mus­tahkam iroda, iymon-e’tiqod, milliy g‘urur tuyg‘usi, buyuk ajdodla- rimizdan meros qolgan ma’naviy bisotga ega bo‘lishni talab qila­di. Bilaklarimizda kuch, qalblarimizda kelajakka ishonch bo‘lmog‘i shartdir.
Mamlakatimizning markazida, qadimiy va go‘zal poytaxtimiz - jonajon Toshkentimiz o‘rtasida qad ko‘targan ulug‘ bobomiz siymosi xalqimizga faxr va g‘urur baxsh etmog‘i muqarrar!
Bu siymo mard, tanti, halol va g‘ayratli xalqimizni birlashtirish- da, jipslashtirishda, iymon-oqibatli bo‘lishda, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quwat va shijoat bag‘ishlaydi.
Barchamizga shu yo‘lda Alloh madadkor bo‘lgay!
Toshkent shahrida sohibqiron Amir Temur haykalining ochilishiga bag ‘ishlangan tantanada so ‘zlangan nutq, 1993-yil 31-avgust
Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo‘Iaversin
Muhtaram Federiko Mayor janoblari!
Xonimlar va janoblar!
Awalo, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Amir Temur taval­ludining 660 yilligiga bag‘ishlangan «Temuriylar davrida ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» haftaligini o‘tkazishga e’tibori va madadi uchun UNESKO rahbariyatiga samimiy minnat- dorchilik bildirishga ruxsat etgaysizlar.
XIV asrdagi bu buyuk shaxs sharafiga tantanalar Parijda - Yev- ropaning qoq markazida, tarixning o‘zi yaqqol ko‘rinib turgan, ma’rifat, ilm-fan, san’at, abadiy go‘zallik shahrida boshlanayotgani chuqur ramziy ma’noga ega.
Bugun ochilayotgan va Amir Temur hamda temuriylar davri- ning ulug‘vor madaniy yutuqlariga asoslangan ko‘rgazma o‘tmish davrlardagi bebaho yodgorliklar, 0‘zbekiston tasviriy san’ati va xalq ijodiyoti namunalari bilan tanitish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Tarixda «Turon», «Turkiston» va «Movarounnahr» nomi bilan mashhur bo‘lgan Markaziy Osiyo, ayniqsa, 0‘zbekiston hududida minglab yillar davomida yuksak madaniyat gullab-yashnadi, qudratli davlatlar mavjud bo‘ldi. Ular insoniyat tarixida sezilarli iz qoldirdi.
0‘zbekiston madaniyatining xilma-xilligini qadimgi davrlardan buyon turli karvon yo‘llari, dunyoning turli tomonlaridan keladigan savdo-sotiq, insoniy aloqalar yo‘llari va albatta - xalqaro aloqalar: iqtisodiy almashuv, hunarmandchilik, fan va san’at harakatlarining jonli qon tomiri bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lining mavjudligi belgilab bergan.
Qadimgi So‘g‘d, Xorazm, Baqtriya, Kushon, Parfiya, Eftalit- lar podsholiklari jahonga buyuk mutafakkirlar, olimlar, shoirlar va me’morlami yetishtirib bergan diyorimizning oltin beshigidir.
0‘zbekiston xalqi minglab yillar davomida barpo etilgan ulkan ma’naviy meros bilan faxrlanadi.
Samarqand, Toshkent, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz- ning noyob tarixiy yodgorliklari, Buyuk Sharq mutafakkirlari Al- Buxoriy, At-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Bobur asarlari butun bashariyatning bebaho mulki bo‘lib qoldi.
Xonimlar va janoblar!
Bir necha oydan so‘ng 0‘zbekiston o‘z mustaqilligining 5 yilli- gini nishonlaydi.
0‘tgan yillar yosh respublika uchun yangi davlatchilikning qaror topishi, demokratik jarayonlaming rivojlanishi, ijtimoiy yo‘nalishdagi bozor iqtisodiyotining shakllanishi yillari bo‘ldi.
Eng muhimi - bu ma’naviyat manbalariga, milliy ildizlarimizga qaytish, tarixiy xotirani, madaniyat va ma’naviyatni qayta tiklash yillari bo‘ldi.
0‘zbekiston xalqi Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniyada, boshqa g‘arb mamlakatlarida Amir Temur shaxsi bilan qiziqish hech qachon so‘nmaganiga minnatdorlik bilan qaraydi.
Bu yerda XV asrdayoq Amir Temurga yodgorlik o‘matilib, unga «Yevropaning xaloskoriga» degan chuqur ramziy ma’noli so‘zlar yozib qo‘yilgan.
Ayni Amir Temur bosqinchi to‘dalaming Yevropa ichkarisiga qi­layotgan harakatiga chek qo‘yganini, boshqa tajovuzkorlik yurishla- rini uzoq muddatga to‘xtatib qo‘yganini hozir inkor qilib bo‘lmaydi.
Ma’rifatli Movarounnahr ruhi, temuriylar davrida fan va san’atning gullab-yashnagani Yevropada uyg‘onish jarayoniga hayot- baxsh ta’sir etganini, umumjahon taraqqiyotiga ko‘maklashganini anglab faxrlanamiz.

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish