UNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Maykl Barri Leyn O‘zbekiston bosh kentining Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinishi munosib maqom, deb baholadi.
Toshkentda «Jahon madaniyati yodgorliklari» ro‘yxatiga ki- ritilgan Usmon qur’oni hamda Beruniy kutubxonasi saqlanmoqda, Baroqxon, Ko‘kaldosh madrasalari, Qaffol Shoshiy, Shayx Xovand Tohur, Yunusxon, Zangi ota yodgorlik majmualari binolari asrab- avaylab kelinmoqda. 2007-yilda ushbu muhim voqea munosabati bilan UNESKO Markaziy Osiyo islom merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyani Toshkentda o‘tkazishni rejalashtirmoqda, - deb ta’kidladi UNESKO vakolatxonasining rahbari.
Toshkentda istiqomat qilayotgan har bir inson shahaming madaniy va tarixiy muhitini qalban his qiladi, - deydi BMT Aholi zichligi fondi (UNFPA)ning 0‘zbekistondagi vakili Xolid Filbi. - Muzeylar va madrasalaming mahobatli binolari, Toshkent islom universiteti faoliyatida aks etayotgan sermazmun islom madaniyati shahami butun Osiyo qit’asidagi eng yorqin islom madaniyati mar- kazlaridan biri, deb e’tirof etilishiga sababchi bo‘lgani tabiiy dir.
Uzoq tarixdan boshlaboq musulmon dunyosi tarixida asosiy o‘rinlardan birini egallab kelgan, jahonga Buxoro, Samarqand, Xiva- ni tuhfa etgan 0‘zbekistonning go‘zal poytaxti eng muhim islomiy markazlardan biri, deb e’tirof etilishiga har tomonlama munosib.
Ushbu to‘g‘ri va adolatli qaroming qabul qilinishi 0‘zbekistonning boy islomiy madaniyati bilan bog‘liq ekanligiga shubha yo‘q, - dedi Fransiyaning 0‘zbekistondagi elchisi Jan Bernar Art ISESCO qarorini sharhlar ekan. - Musulmon olami- ning jahonga mashhur qator olimlari, faylasuf va shoirlari ushbu mamlakat hududida yetishib chiqqanlar. Toshkentning islom madaniyati poytaxtlaridan biri, deb tan olinishi jahon jamoatchiligiga 0‘zbekistondagi boy islomiy meros bilan yaqindan tanishish imkonini berishiga shubha yo‘q.
«0‘zbekiston bunday e’tirofga loyiqdir, - deydi Buyuk Bri- taniyaning 0‘zbekistondagi elchisi Devid Moran. - Musulmon olamining eng muhim yodgorligi - Usmon qur’oni 0‘zbekistonda saqlanadi. Toshkentning islom madaniyati poytaxtlaridan biri, deb e’tirof etilishi G‘arb jamoatchiligida uning boy va o‘ziga xos tarixiy-madaniy hamda ma’naviy merosiga qiziqishni kuchaytiradi.
0‘zbekiston xalqi Toshkent bilan bir qatorda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi ulug‘vor hamda go‘zal shaharlari bilan har qancha faxr- lansa arziydi.
Toshkentning o‘tmishi va qadimdan saqlanib kelayotgan boy merosini e’tiborga olgan holda mazkur qaror adolatli qabul qilingan, deb hisoblayman.
0‘zbekiston shaharlari islom dini va madaniyati bilan cham- barchas bog‘liq bo‘lgan ko‘plab me’morchilik yodgorliklari ila dun- yoda nom taratgan. Qadimiy Buxoro va Samarqand shaharlari ham Toshkent bilan bir safdan joy olishga sazovordir.
Iordaniyaning Toshkentdagi Muvaqqat ishlar vakili Muhammad Yusef Balqar Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkilotining qaroriga binoan Toshkent shahri 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti, deb e’lon qilinganligi to‘g‘risidagi xabami mamnuniyat bilan qabul qilganini ta’kidladi.
Shu o‘rinda dedi M.Balqar, 0‘zbekistondagi Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari hamda ularda yashab ijod qilgan al-Xorazmiy va al-Buxoriy kabi buyuk allomalari islom madaniyati va ilm-fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shganliklarini aytib o‘tishni istar edim.
Men o‘tgan yili Qarshi shahrining 2700 yilligi va Xorazm Ma’mun akademiyasining 1000 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tad- birlarda ishtirok etish sharafiga muyassar bo‘ldim. 0‘zbekistonda islom sivilizatsiyasining moddiy va ma’naviy meroslaridan bo‘lgan nodir yodgorliklami saqlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar menda katta taassurot qoldirdi.
Fikrimcha, faqat 2007-yil bilan cheklanib qolmasdan, Toshkent shahrining musulmon madaniyatining rivojidagi о‘mi va ahamiyati- dan kelib chiqib, unga islom madaniyatining doimiy poytaxti, degan maqomni berish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mavzuga doir materiallar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.
Toshkent shahrining 2007-yilda Osiyo qit’asidan islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qilinishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylarini Islom konferensiyasi tashkiloti nomidan muborakbod etish menga ulkan mamnuniyat baxsh etadi.
Toshkent ushbu yuksak va faxrli unvonga 0‘zbekistonning islom madaniyati va fanidagi beqiyos o‘mi, yodgorliklami asrab- avaylash hamda islom merosini yanada boyitish borasidagi ulkan xizmatlari uchun loyiq, deb topildi. Ta’lim, fan va madaniyat ma- salalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkilotining (ISESCO) bu qarori Osiyo durdonasi bo‘lmish Toshkent shahrining boy tarixi va madaniyati fan, san’at hamda jahon sivilizatsiyasida alohida ahamiyat kasb etishi bilan ham izohlanadi.
Ushbu quvonchli voqeaning nishonlanishiga bag‘ishlangan tadbirlar dunyo hamjamiyatiga o‘zbek xalqining ko‘hna va boy mero- si bilan yaqindan tanishish imkonini berishi hamda sivilizatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro ishonchning mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonchim komil.
Islom konferensiyasi tashkiloti 0‘zbekiston Respublikasi rah- bariyatining ma’naviy va milliy qadriyatlami tiklash, boy tarixiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosni o‘rganishga qaratilgan sa’y- harakatlarini yuksak baholaydi.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, 0‘zbekiston xalqiga yanada yuksak taraqqiyot va faro- vonlik tilab qolaman.
Kamoli ehtirom bilan,
Do'stlaringiz bilan baham: |