Qaraqalpaqsha
|
Ózbekshe
|
Inglisshe
|
baslawısh
|
ega
|
subject
|
bayanlawısh
|
kesim
|
predicate
|
tolıqlawısh
|
to`ldiruvchi
|
object
|
anıqlawısh
|
aniqlovchi
|
attribute
|
32. Qaraqalpaqstannıń tariyxıy orınları
Pısıqlawısh
32.1. Tekstti qaraqalpaqshaǵa awdarıń.
Aylana shaklli qala
A mudaryoning o’ng qirg’og’ida joylashgan noodatiy shaklga ega bu tepalikni esimni toniganimdan beri bilaman. Qo’shtabaqa derazamizdan qarasam, daraxtlar ortidan uning bir burchagi, uyimizning oldidagi katta yo’lga chiqsam, bor bo’y – basti bilan ko’rinardi. Ko’rinishi cho’qqisi kesilgan toqqa o’xshaydi. Men tug’ilib o’sgan Qipchoq qishlog’i bilan bu mashhur tepalikni o’rtadagi katta dasht va daryo ajratib turardi. Xorazm bodiyosi (osh suziladigan chuqurroq lagan)ning to’nkarib qo’yilgan shakliga o’xshaydigan bu qo’rg’on Chilpiq deb nomlanadi. Bir kuni bizni maktabdan mana shu sirli manzilgohga ekskursiyaga olib borishdi. Atrofida shisha siniqlari, har xil qog’oz o’ramlari to’zg’ib yotgan edi. Ko’nglim xira bo’ldi. Yaqinda, oradan qariyb 15 yil o’tib, bu tarixiy maskanni ziyorat qildim va ko’nglim tog’day ko’tarildi. Gap shundaki, tarixiy obida davlat muhofazasiga olinib, obod maskanga aylantirilibdi. Qadamjoni ziyorat etuvchilar ham ko’paygan. Hattoki u erda velosipedda sayohat qilib yurgan turistlarni ham uchratdim. Yo’lboshlovchi sayyohlarga ko’proq malumot berishga intiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining sharqiy qismida joylashgan Sulton Uvays, xalq orasida Qoratov deb ataluvchi tog’ tizmalari, shimoli – g’arbida Amudaryo bo’yida Chilpiq, Qoratepa, Beshtepa singari tepaliklar cho’zilib, yastanib yotibdi. Bu tepaliklarning har birining o’ziga xos sir – sinoatlari va tarixi bor. Ular orasida Chilpiq tepaligi alohida o’rin egallaydi. Aytishlaricha, qadimdan baxshi va jirovlar mana shu erga kelib, tabiatdan va muqaddas zamindan kuch olib dostonlar ijro etgan. Amudaryo tumanida joylashgan bu yodgorlikning ilmga malum jihatidan ko’ra nomalum tomonlari ko’proq.
– Bu qala faqat yurtdoshlarimiz emas, balki elimizga kelgan chet elliklarning ham diqqat – etiborini tortadigan ajoyib tarixiy obidalarimizdan biri, – deydi İ.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat sanat muzeyining amaliy sanat bo’limi mudiri Oygul Pirnazarova. – XIX asrda o’lkamizda bo’lgan olimlar esdalik daftarlarida uni «Chilpik» (A.Kun, A.Rassikova, H.Vamberi, N.Karamzin), «Chilpak» (A.Kaulbars) va «Shelpak» (M.Bogdanov) deb atashgan. Bundan tashqari, qala nomi manbalarda yana turlicha shakllarda keltirilgan: Chilpuq, Chalpuk, Chalpik, Chalpak. Markaziy Osiyoga Xo’ja Rishod Afandi nomi bilan 1863 yili sayohat qilgan vengriyalik olim Herman Vamberi Amudaryo orqali Xivadan Qo’ng’irotga ketayotganida Chilpiqda bo’lgan va u haqida quyidagilarni yozgan: «Bu bir zamonlari mahkam qo’rg’on bo’lgan, unda otasining qo’liga bandi bo’lib tushgan yigitga oshiq bo’lgan podsho qizi o’zining sevgilisi bilan ota – onasidan qochib, yashirincha kelib turgan. Qalani suv bilan taminlash uchun qazilgan er osti yo’li hozirgacha saqlangan». 1902 yili Chilpiq bilan yaqindan tanishgan rus sayohatchisi, olim A.Rassikova qalaning pastki qismi eni 130 – 150 metr, balandligi 30 – 33 metr ekani, tabiiy tepalik ustida bunyod etilgan doira shakldagi devorlar puxta memoriy uslub asosida qurilganini yozib qoldirgan.
Soz tuproqli loydan tiklangan qalin devorlar bugungi kungacha 15 metr balandlikda buzilmasdan saqlanib kelishining siri ham qurilishga ishlatilgan soz tuproqli loyning qumbizda pishirilgani hamda daryo asosidan olinib, devor pastki qismiga to’shalgan noyob qumning sifati yaxshiligi bilan izohlanadi.
Chilpiqning Amudaryo tarafidagi darvozasiga maxsus zinalar orqali chiqilgan. 75 zinaning ikki tomoni devor bo’lgan. Uning umumiy uzunligi 20 metrni tashkil etgan. Arxeologik tadqiqotlar vaqtida zina va uning devori ulkan xom g’ishtlardan ishlangani aniqlandi. XX asrning boshlarigacha Chilpiq yonida Navro’z va hayit bayramlariga bag’ishlangan umumxalq sayillari o’tkazilgan.
Anglaganingizdek, Chilpiq balandligi taxminan 35 metrlik konussimon tepalik ustida joylashgan aylana shaklli qala. Atrofi qalin paxsa devor bilan o’ralgan, bir tomoni kirish yo’li sifatida ochiq qoldirilgan. Chilpiqning 6 – 8 metrlik devori saqlangan, ichki radiusi 12 metr, diametri 60 metr. Mutaxassislarning takidlashicha, undan topilgan sopol bo’laklari V – VI asrlarga taalluqlidir. Chilpiq hududida islomgacha bo’lgan qadimiy dafn marosimlariga xos yodgorliklar ham topilgan. Olimlar fikriga ko’ra, Chilpiq otashparastlar uchun maxsus dahma vazifasini ham o’tagan.
Mahalliy aholi orasida Chilpiqning barpo etilishini afsonaviy devlar bilan bog’lovchi rivoyatlar ko’p. Rivoyatlarga ko’ra, Hoji Muluk ismli dev ushbu qalani barpo etgan. Boshqa bir afsonaga ko’ra, Chilpiqni Qarotin ismli alp dev qurganmish….
YOdgorlik va obidalar xalqimizning tarixi ulug’ligi, ming – ming yillik madaniyatning mavjudligini namoyon etib turadi. Milliy faxrimiz bo’lmish qo’rg’on, aylana shaklli qalaga kelgan yoshlar ajdodlarimiz zakovatiga qoyil qoladi. O’quvchiyu talabalarning tarix, geografiya, arxitektura va kurilish sohasiga bo’lgan qiziqishi, ona Vataniga muhabbati yana bir karra ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |