Ayoz-qal’a (mil av. IV-III asrlar) Qoraqalpog’istonning eng xushmanzara yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, bu yerda Sulton Uvays tog’ tizmasining sharqiy tomonida joylashgan 100 m



Download 24,44 Kb.
Sana17.07.2021
Hajmi24,44 Kb.
#121833
Bog'liq
Ayoz


Ayoz-qal’a (mil.av. IV-III asrlar) Qoraqalpog’istonning eng xushmanzara yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Umuman olganda, bu yerda Sulton Uvays tog’ tizmasining sharqiy tomonida joylashgan 100 m. tepalikda bir emas, uchta qal’a mavjud bo’lgan.

Ayoz qal’a-1 shaharchasi yoki “shamol ostidagi qal’a” tepalikning o’zida joylashgan bo’lib, Qizilqum cho’li chetidagi mustahkam qal’a hisoblanib, ko’chmanchilar bosqinlariga qarshi mudofaa vazifasini o’tagan. Yodgorlikning o’zi to’g’ri to’rtburchak shaklga ega bo’lib, uning 10 m. balandlikka ega devorlari xom g’ishtdan qurilgan. Hozirgacha, devorlarda minoralar, kamonchilarga oson harakatlanish imkonini beradigan ikki qavatli galeriyalar va bir biridan teng masofada joylashgan tuynuklarni ko’rish mumkin. Janubiy devorda joylashgan qal’a darvozasi, sharqiy devorga o’tish joyiga ega to’rtburchak inshoot bilan himoyalangan bo’lib, ushbu inshoot ham ikki to’rtburchak minoralar bilan mustahkamlangan.

Binoning shimoliy darvozasida Qadimiy Xorazm tilida, aramey yozuvida bir qatorda uch dona yozuv va uning tepasida qurilish boshlig’i-ustaga tegishli tamg’a belgisi topilgan.

 

Afsonaga ko’ra qadimda, Xorazm podshohlaridan biri tashqi dushmanlarning bosqinlariga qarshi davlatning chegarasida katta qal’a qurishga qaror qilgan. U “Kimki dushman kira olmaydigan katta qal’a qursa, unga go’zal qizimni beraman” deb e’lon qilgan. Shu o’lkada yashaydigan Ayaz ismli cho’pon ushbu ma’suliyatni o’z bo’yniga olishga qaror qildi va qal’a qurilishini boshladi. Qal’ani qurishga uning qancha vaqt sarflagani noma’lum. Ammo, podshoh o’z so’zida turmay, qizini boshqa odamga turmushga berdi. Qal’a qurilishi esa yakuniga yetmay qoldi. B yerda afsona haqiqat bilan yuzlashadi.



Ayoz qal’a-2 shaharchasi taxminan milodiy VII asr ohiri-VIII asr boshlarida Afrigid sulolasi hukmronligi davrida qurilgan deb taxmin qilinadi. Qal’a murakkab tuzilishga ega. Pastga olib boradigan qiyalik yo’lak, qachonlardir qal’a darvozasini tepalikda joylashgan katta hashamatli qasr bilan bog’lagan. Ushbu qasr O’rta asr davrida butun Markaziy Osiyo bo’yicha eng chiroyli qasr sifatida qayd etilgan. Unda ustunli katta zallar, nafis o’rindiqlar, marosimlar maydonchasi, devoriy tasvirlar va otashparastlar ibodatxonasi mavjud bo’lgan. Bu yerda Afrigid sulolasi Xorazm shohlaring xususan, shoh Bravikning tangalari topilgan. Saroy taxminan milodiy IV asrda qurilgan va keyinchalik ikkita ketma-ket yong’inlar natijasida buzilib ketgan.

Ayoz qal’a-3 shaharchasi (mil.av. IV-III asrlar) parallelogram shaklida qurilgan yirik, mustahkam inshoot bo’lib, yon tomondan ikki qavatli devor va ko’plab minoralar bilan o’rab olingan. Minoralar to’rtburchak shaklda qurilgan. Qal’aga kirish janubiy tomonning o’rtasida bo’lib, murakkab darvoza -oldi labirintni hosil qilgan qayrilma devorlar bilan mudofalangan. Qal’aning hovlisi butunlay bo’sh bo’lib, faqat ba’zi devorlarning oldida kichik binolar bo’lgan bo’lishi mumkin. Qal’aning shimoli-g’arbiy burchagida ko’p xonali katta bino joylashgan. Unga kesishgan ikkita ustma-ust yo’laklar binoni har biri 10 ta xonadan iborat 4 ta sektorga bo’lib yuborgan. Ayoz qal’a-3, taxminlarga ko’ra, Kushon imperiyasi davrida garnizon sifatida yoki hukmdorlarning qarorgohi va mahalliy dehqonlar uchun boshpana sifatida ishlatilgan bo’lishi mumkin. Eski qal’a, Ayoz-qal’a-1 esa kichik sonli askarlarga boshpana bo’lgan va shunchaki nazorat posti sifatida ishlatilgan. Qal’a devorlari atroflaridan ko’plab dehqonlarning uylari, qishloq xo’jaligi yerlari, devorlari va vino yetishtirish maydonlari bo’lgan qo’rg’oncha yerlari qoldiqlari topilgan

Qizil qal’a Tuproq qal’adan 1.3 km. g’arbda joylashgan. U deyarli kvadrat shaklga ega bo’lib, ikki tomondan minoralar va balandligi 16 m. bo’lgan nayzasimon tuynuklarga ega. Qal’aga janubiy-sharqiy tomondan ko’tarma yo’lak orqali kirish mumkin.

Ba’zi olimlarning fikricha, qal’a harbiy qo’shin garnizonlari kazarmasi sifatida yoki o’rta asrdagi Xorazmga xos bo’lgan mustahkam saroy sifatida ishlatilgan.

Qal’aning ichki qismi yaxshi saqlanib qolgan. Bu yerga kirgan tashrif buyuruvchilar o’zlarini kiriboq ikkinchi qavatga kirgandek his qiladi. Qiziqqon mahalliy aholi, qa’la ichidan oltin topish ilinjida qal’aning yerto’lasiga kirishga harakat qilishgan. Ammo, ular ko’pincha quyoshning jazirama issig’idan berkinib yotgan ilonlarga duch kelishgan. Bu holat xalq orasida, “qal’ada oltin yashiringan ammo, hech kim unga erisha olmaydi, chunki u bahaybat ilon yoki iblis tomonidan himoya qilinadi” degan afsonaning yaralishiga sabab bo’lgan.

Beruniy shahridan 27 km shimolda joylashgan qal’a. Yodgorlik ilk bor 1938 yil Xorazm arxeologik va etnografik ekspeditsiyasi tomonidan ochilgan.



Qal’a tekislikda joylashgan bo‘lib, 65x63 m o‘lchamga ega, deyarli to‘rtburchak shaklida. Burchaklari yorug‘likka yo‘naltirilgan. Tashqi devoriga ikki qavat qilib yoysimon tuynuk kesilgan. Bino antik Xorazm davlati tomonidan shimoliy-sharqiy chegaradan himoya sifatida qurilgan va ehtimol mudofaa qal’asi sifatida qurilgan bo‘lib, Xorazm istehkomlaridan biri bo‘lgan. 

Bir vaqtning o‘zida, qal’a qishloq xo‘jalik okrugi markazi va Sultonuizd tog‘ tizimidan o‘tuvchi karvon yo‘llarining nuqtasi ham bo‘lgan.
Download 24,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish