Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Turning areali.
Tur egallagan barcha maydon areal deb aytiladi. Turlarning 
geografik tarqalishi, ya’ni areali, turning muhitga talabchanlik va ekologik 
sharoitlarga, ayniqsa muhit harorati, namligi va ovqat resurslariga bog‘liq.
Agar yer sharini uchta iqlim: issiq (tropik va subtropik), o‘rtacha issiq va sovuq 
(shimol hududlariga) mintaqalarga bo‘linsa, u holda turlarning soni bu mintaqalarda 
turlicha bo‘ladi. Masalan: suvaraklarni birinchi mintaqada-3400 ta turi, ikkinchisida-
150 ta va uchinchi mintaqada atiga 2 ta turi uchraydi.
Areal namligi ham hasharot turlarining tarqalishida muhim ahamiyatga ega. 
Masalan, Marokash chigirtkasi MDH da Ukrainaning janubidan to Kavkazortigacha, 
O‘rta Osiyoning janubi-sharqidan Qozog‘istonigacha tarqalgan. Bu mintaqalarda 
bahor oylarida (mart, aprel, mayda) taxminan 100 mm yog‘ingarchilik bo‘ladi. 
Marokash chigirtkasi uchun o‘rtacha namlik 100 mm dan oshsa tuproqdagi 
tuxumlari zamburug‘ kasalliklardan nobud bo‘ladi. Bahor oylarining quruq kelishi 
ham chigirtka tuxumi va ular lichinkalarining nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 
Ovqat omilining ro‘li hasharotlarning turlari tarqalishida muhim ahamiyatga 
ega. Ayniqsa monofaglar uchun, masalan, bug‘doy tripsi keng tarqalgan va u hamma 
g‘allakor tumanlarda uchraydi. Karam kapalagi qayerda karam ekilsa o‘sha yerda 
tarqaladi. Ya’ni qishloq xo‘jalik ekinlaridan qaysilari qanday arealda tarqalgan 
bo‘lsa, ularning zararkunandalarini ham shu joylarda uchratish mumkin. Lekin ko‘p 
hollarda iqlim sharoiti muhim ro‘l o‘ynaydi. Masalan, karam kapalagi va kuzgi 
tunlam Sibirda uchramaydi. 
Xulosa qilib aytganda, turlarning areali ekologik omillarning yalpi (kompleks) 
ta’siri bilan aniqlanadi. Bunda ba’zi bir turlar uchun arealning iqlim omillari, ba’zilari 
uchun ovqat omillari muhim ro‘l o‘ynashi mumkin.
Tabiatda hasharotlar zamburug‘lar, mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvonlar 
majmuasi holida biotsenozda yashaydi. 
Organizmlarning 
va 
muhitning 
o‘zaro ta’siri natijasida umumiy 
funksiyalanuvchi sistema vujudga keladi. Bu tushuncha akademik V.N. Sukachev 
ta’biri bilan aytganda biogeotsenozlar deb yuritiladi. Bu ekologik sistema yoki 
ekosistema tushunchasidir. 
Tashqi ta’sir natijasida (o‘t olish, antropogen va h.k.) yetuk biotsenozlar 


118 
buziladi, vaqtincha, tez o‘zgaruvchan uyushma hosil bo‘ladi va bu uyushma oxirida 
yetuk biotsenozni tiklaydi. Bunday vaqtinchalik uyushmalar, ularning almashishi 
ekologik suksessiya deb ataladi. 
Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish faunaning keskin o‘zgarishiga olib keladi. 
Natijada qo‘riq yerga xos hasharot turlarining ko‘pchiligi yo‘qolib, ular o‘rnini 
asosan fitofaglar egallaydi, ya’ni qo‘riq birlamchi biotsenozni o‘rniga ikkilamchi 
sun’iy madaniy o‘simlik - agrotsenoz yoki agrobiotsenoz vujudga keladi.
Meliorativ tadbir choralar, botqoqliklarni o‘zlashtirish, qo‘riq yerlarni
sug‘orish va boshqalar tuproq entomofaunasiga ta’sir etadi. 
A.F. Kipenvarlits kuzatishlari ko‘rsatishicha, Belorussiyada torfli botqoqzorni 
o‘zlashtirishda birlamchi qanotsiz hasharotlar va simqurtlarning soni keskin ortgan, 
chumolilar esa keskin kamaygan. O‘rta Osiyo sharoitida Toshkent atroflarida E.S. 
Kiryanova kuzatishida, qo‘riq yerlarni sug‘orish natijasida birlamchi qanotsiz 
hasharotlar va simqurtlar soni kamaygan, chumolilar soni paxta dalalari tuprog‘ida 
keskin kamayib, uzumzorlarda 10 baravar ortgan. 
Yaylovlarda chorva mollarni boqish ham entomofaunaga ta’sir etadi. Chunki 
chorva mollar o‘simliklar bilan oziqlanib mikroiqlimni o‘zgartiradi va tuproq ustki 
qatlamini tuyoqlari bilan zichlaydi. Ayniqsa chigirtkasimonlarning tuxumlarini 
ko‘plab nobud qilishi mumkin. 
O‘rmonlarni kesish, o‘rmonzorlarni yo‘qotish yoki hosil qilish ham 
entomofaunaga katta ta’sir etadi, chunki iqlim keskin o‘zgarishi natijasida daraxtxo‘r, 
namlikni xush ko‘ruvchi hasharotlar o‘rniga issiqni sevuvchi turlar vujudga keladi. 
Ixota daraxtlar mintaqasi barpo etilgan hududlarda hasharotlar uchun noqulay sharoit 
vujudga keladi va bu yerlarda hasharotxo‘r qushlar ko‘payadi. Tut daraxtlarining 
maxsus massivlarda bo‘lishi o‘rgimchakkanalarning kamayishiga va unga qarshi 
kurash imkonini beradi. 
Entomofaunaga agrotexnik tadbirlar ham muhim ta’sir ko‘rsatadi. Har qaysi 
mintaqaning tuproq iqlim sharoitini hisobga olib, ishlab chiqilgan agrotexnik 
tadbirlarini o‘z vaqtida va yuqori sifatli qilib o‘tkazish, o‘simliklarni himoya 
qilishning asosidir. 
Agrotexnika ekin zararkunandalarining hayotiga bevosita ta’sir etadi. 
Agrotexnika choralarining ba’zilari hasharotlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi va o‘simliklarning chidamliligini oshiradi. 
Tabiatda hasharotlar populyatsiya holda yashaydi va turlar ekosistemaning 
ajralmas qismi hisoblanadi. Hasharot individlarining soni va zichligi o‘zgarishiga 
populyatsiya dinamikasi deyiladi. 
Hamma miqdor o‘zgarish jarayoni maksimumdan boshlab to oxirgi 
minimumgacha bo‘ladi, bu ba’zan gradatsiya deb ham yuritiladi.
Hasharotlar sonining o‘zgarishi asosan quyidagilarga bog‘liq, tashqi muhitning 


119 
beqarorligi va turning muhit omillariga moslashishi, serpushtligi va tashqi muhit 
ta’siridan hayotchanligini o‘zgarishi. 
Populyatsiyada individlar miqdori G.A. Viktorovning fikricha 2 ta kategoriya 
bilan aniqdanadi: modifikatsiyalovchi va tartiblovchi. 
Modifikatsiyalovchi 
kategoriya-abiotik 
omillar, 
ular 
populyatsiyaga 
individlarning zichligidan qat’iy nazar ta’sir etadi. Masalan, qahraton qishda oq 
karam kapalagi yoki kuzgi tunlam kapalagi individlari miqdoridan qat’iy nazar (ozmi 
yoki ko‘pmi) nobud bo‘ladi. Yoki qishning yumshoq kelishi individlar sonining 
oshishiga vosita bo‘ladi. Demak, bu muhit omillari individlarning miqdorini 
modifikatsiyalashi mumkin.
Tartiblovchi kategoriya populyatsiyadagi individlar sonini o‘zgartiribgina 
qolmay, balki ularni tartibga solib turadi. Bularga faqat biologik omillar - tabiiy 
kushandalar, tur ichidagi munosabatlar va oziqa kiradi. Hamma populyatsion 
dinamikani 3 tipga kiritish mumkin: chidamli, mavsumiy va ko‘p yillik. 
Chidamli tip miqdor dinamikasi, vegetatsiya davrida ozmi yoki ko‘pmi doimiy 
miqdorga ega bo‘lgan turlar uchun xarakterlidir.
Mavsumiy tip miqdor dinamikasi bir fasl davomida populyatsiya zichligi 
keskin o‘suvchi turlar uchun xarakterlidir. 
Ko‘p yillik populyatsion dinamikasi murakkabligi va xilma-xilligi bilan 
xarakterlanib, 4 davrni boshdan kechiradi: 
- minimum davri yoki depressiya; 
- o‘sish yoki ko‘tarilish davri; 
- maksimum davri yoki ommaviy birdan avj olish; 
- pasayish davri yoki krizis.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish