115
Parazit holda yashaydigan hasharotlarning o‘z paraziti ham bo‘lishi mumkin,
bu parazitlar ikkilamchi tartibdagi parazitlar deb aytiladi.
Ikkilamchi parazitlarning
ham o‘z paraziti bo‘lishi mumkin, ular uchinchi tartibdagi parazitlar deb aytiladi.
Xo‘jayin bilan parazitlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xilma-xil va
murakkabdir. Agar biror hasharot qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalarida
parazitlik qilsa, bu hasharot foydali bo‘ladi, ammo ikkinchi tartibdagi parazit
zararkunanda
hisoblanadi, uchinchi tartibdagi parazit esa foydali hisoblanadi.
Tabiatda shunday hodisalar ham uchraydiki, ayrim tur parazitlar ham birlamchi, ham
ikkilamchi parazit bo‘lishi mumkin. Parazitlar monofag bo‘lishi, ya’ni ma’lum
xo‘jayin hisobiga yashashi va polifag, ya’ni har xil xo‘jayinlar hisobiga yashashi
mumkin.
Tekinxo‘rlik endo- hamda ektoparazitizm orqali ro‘y berishi mumkin.
Xo‘jayinning tanasi ichida rivojlanib, uning ichki a’zolari
hisobiga oziqlanadigan
parazitlar - endoparazitlar deyiladi. Masalan, trixogramma tunlamlarning tuxumlari
ichida rivojlanadi. Apanteles avlodiga mansub hasharotlar kemiruvchi tunlamlarning
har xil turlari qurtlari ichida tekinxo‘rlik qiladi.
Ektoparazitlar xo‘jayinning gavda sirtida bo‘lib, uning terisiga yopishib
oziqlanadi. O‘rta Osiyoda keng tarqalgan g‘o‘za tunlami va bir qator boshqa
tunlamlarda parazitlik qiladigan brakon yaydoqchisi bunga yaqqol misol bo‘lishi
mumkin.
Parazitizm
hodisasi obligat yoki muqarrar, fakultativ yoki nomuqarrar va
tasodifiy parazitizmga bo‘linadi.
Muqarrar parazitizm ro‘y berganida xuruj qiladigan organizm nuqul
tekinxo‘rlik bilan hayot kechiradi. Nomuqarrar parazitizmda - tekinxo‘rlik qilishi
mumkin, lekin o‘z xo‘jayini bo‘lmaganda erkin hayot kechiraveradi.
Tasodifiy parazitizm
- simbiozning shunday shakliki, bunda xuruj qiluvchi
organizm aksariat hollarda aloqasi bo‘lmagan xo‘jayinning ichida yoki sirtida
rivojlanadi.
Bir organizmda rivojlanadigan parazitlarning soni va qaysi turga mansubligiga
qarab parazitizmning quyidagi fazalari tafovut qilinadi:
- yakka holda rivojlanish, bunda 1 parazitning rivojlanishi 1 ta xo‘jayin
tanasida kechadi;
-
guruhlab rivojlanish, bunda 1 turga mansub parazitlarning 2 tasi va undan
ko‘prog‘i 1 xo‘jayinda rivojlanadi;
- superparazitizm (haddan tashqari zararlash) - bir xil turga mansub
parazitlarning 1 ta xo‘jayin sirti yoki ichida haddan tashqari ko‘p bo‘lishi;
- multiparazitizm (ko‘plab parazitizm ro‘y berishi) - 2 va undan ko‘p turlarga
mansub parazitlarning xo‘jayinidan bir vaqtda foydalanishi.
Xo‘jayin bilan parazit o‘rtasidagi o‘zaro munosabat
xususiyatlariga qarab
116
quyidagilar tafovut qilinadi;
- giperparazitizm yoki ustama parazitizm, bunda bir parazit boshqa parazitdan
xo‘jayin sifatida foydalanadi. Parazit hasharotlarda 2- , 3- va 4- tartibdagi parazitizm
qayd etilgan. Keyingi 2 xili kam uchraydi;
- kleptoparazitizm yoki o‘g‘rilik parazitizm, bunda kleptoparazit o‘z
avlodini
zararlanib bo‘lgan xo‘jayinga joylashtiradi va so‘ngra raqobat natijasida dastlabki
parazitni bartaraf etadi. Monoksen va geteroksen parazitizm ham bo‘ladi. Monoksen
parazitizm yuz berganda parazitning rivojlanishi poyoniga etishi uchun 1 ta xo‘jayin,
geteroksen parazitizmda har xil turlarga mansub bir necha xo‘jayin kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: