47
Uchinchi sаvоl bаyоni:
Hasharotlarning boshi mustahkam pishiq kalla qutisi yoki bosh qalpog‘idan
tashkil topgan bo‘lib, u boshning tashqi skeletini hosil qiladi. Unda og‘iz organlari,
bir juft mo‘ylov,
bir juft murakkab yoki
fasetkali ko‘z va oddiy ko‘z yoki
ko‘zchalar o‘rnashgan (3-rasm).
3-rasm. Chigirtka bоshining yon
tоmоnidan ko‘rinishi va tuzilishi:
1-
bоshining tеpa chakkasi; 2-epikrinal chоk;
3-ko‘zchalari; 4-mo‘ylоv chuqurchasi;
5- pеshоnasi; 6-pastki tashqi
chоki; 7-
qanshar yoki klipеus; 8-yuqоri labi; 9-
lunji; 10- ko‘zi; 11-yuqоri jag‘i;
12-ensasi
(gardоni); 13-jag‘ paypaslagichi; 14-
pastki jag‘i; 15- lab paypaslagichi; 16-
pastki labi; 17- bo‘yin
mеmbranasi; 18-
ensa оrqasi; 19- оrqa ensa chоki;
20-ensa chоki.
Ba’zan kalla qutisida embrion bosh
qismidagi ayrim bo‘g‘imlarning
bir-biriga
qo‘shilish izlari (choklari) aniq ko‘rinib turadi.
Boshining ustki qismi harakatsiz tutashgan bosh qism skleritdan tuzilgan.
Boshning oldingi sathi peshona,
uning yuqorisida chakka, undan nariroqda ensa
gardoni, peshona pastida yoki
oldida qanshar yoki klipeus, undan pastda og‘iz
organlarini yuqoridan yopib turuvchi yaproqcha ko‘rinishdagi harakatchan yuqori lab
joylashgan. Bosh yonboshlarida joylashgan ko‘zlar osti va yonboshlari lunj deb
ataladi.
Suvarak va boshqa tuban tuzilishga ega bo‘lgan
hasharotlarda boshining
oldingi tomonidagi ko‘zlar oralig‘i V shaklida chok hoshiya izlar bilan ajralgan, u
epikranial hoshiya deb ataladi.
Boshni gavdaga qo‘shgan halqasimon yumshoq qismi bo‘yin, bo‘yin
bilan
og‘iz organi o‘rtasidagi ostki qismi tomoq deb ataladi. Boshning orqa tomonida, ya’ni
ko‘krak qismida yotgan ichki organlar o‘tadigan joyda ensa teshigi bo‘ladi.
Hasharotlar bosh qismida bo‘g‘imlarga bo‘lingan va turli ko‘rinishdagi bir juft
mo‘ylov bo‘lishi hasharotlarga xos xarakterli belgilardan biridir. Faqat mo‘ylovsizlar
(
Protura
) turkumining vakillarida mo‘ylov bo‘lmaydi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari hid bilish va sezish
funksiyasini bajaruvchi
organlardir. Ular peshonaning ikki yonidagi ko‘zlar orasida yoki uning oldidagi
chuqurchalarida joylashgan. Har bir mo‘ylov yo‘g‘onlashgan o‘zak bo‘g‘im,
asosiy
dasta yoki skapusdan, undan keyin oyoqcha yoki peditseldan va uchinchi bo‘g‘inidan
48
boshlanadigan xivchindan tashkil toptan.
Mo‘ylov tiplari turli xil ko‘rinishda bo‘lib, hasharotlar turini aniqlashda muhim
ahamiyatga ega. Ba’zan
mo‘ylov turlari jinsiy dimorfizmni ifoda etadi, ya’ni erkak va
urg‘ochilarida mo‘ylov bo‘g‘imlari va shakli har xil bo‘ladi.
Hasharotlarning mo‘ylovlari quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi (4-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: