Учебно-методический комплекс по "Энтомологии" подгатовлен на основе современной педтехнологии. Настоящий комплекс подготовлен на основании действующей


Tripslar  (Thysanoptera) turkumi



Download 11,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/348
Sana20.04.2022
Hajmi11,19 Mb.
#566981
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   348
Bog'liq
entomologiya

Tripslar 
(Thysanoptera)
turkumi. 
Tripslar turkumiga 2000 ga yaqin tur 
kiradi, shulardan taxminan 230 ta turi MDH da uchraydi. Markaziy Osiyoda esa 115 
ta turi aniqlangan. Ularning tanasi juda mayda, uzunligi 0,5-5 mm, yassilashgan va 
cho‘zinchoq ko‘rinishda. Mo‘ylovlari 6-10 bo‘g‘imli, og‘iz
apparati sanchuvchi-
so‘ruvchi tipda, qanotlari ikki juft, ingichka va uzun tukchalardan hosil bo‘lgan, 
hoshiyali, panjalarida yopishqoq qadoqlari (pufakchalar) bor, 1-2 bo‘g‘imli. Tanasi 
ixcham va siyrak tukchalar bilan qoplangan. Peshonasining pastki tomoni cho‘ziq, 
ostki va orqa tomonidan og‘iz
organlari konusiga yondashib orqaga qarab davom 
etadi. Og‘iz
konusi ostki va yuqori lablardan tashkil topgan, uning ichida asosiy qismi 
- boshga o‘rnashgan sanchuvchi uchta qilcha bor. Mandibulalaridan faqat chap yuqori 
jag‘i taraqqiy etgan (43,B-rasm).
Qorin uch tomoniga ingichkalashib boradi, 11 bo‘g‘imli, lekin birinchisi 
reduksiyalangan. Tuxum qo‘ygichlari urg‘ochi individlarda qorin qismining oxirida 
joylashgan.
Tripslar tuxumlarini o‘simliklarning turli qismlariga qo‘yadi. Tuxum qo‘ygichi 
borlari uning yordamida o‘simlik to‘qimasini tilib, hosil bo‘lgan chuqurchaga 
tuxumlarini joylashtiradi. Lichinkasi 4-5 yoshni o‘tib rivojlanadi. 
Tripslar turkumi ikkita kenja turkumga bo‘linadi: tuxum qo‘ygichlilar va 
naycha dumlilar. Birinchi kenja turkumga mansub tripslarda 4 yosh lichinkalik davri; 
shulardan 2 tasi qanotsiz nimfalar va 2 tasi boshlang‘ich qanotli nimfalar bo‘lishi 
xarakterlidir. Bularga tamaki tripslari (53-rasm, A) misol bo‘la oladi.
Naycha dumlilar kenja turkumida qanotsiz nimfalar uch yoshni o‘tadi 
(hammasi bo‘lib 5 yoshni o‘tib, voyaga yetadi). Yil davomida 7-9 tagacha bo‘g‘in 
berib urchiydigan turlari ham bor. Bularga bug‘doy tripslari kiradi. 
Tripslar asosan o‘simliklarga zarar keltiradi. Lekin ularning orasida yirtqich 
turlari ham bo‘lib, mayda zararkunanda hasharotlarni (o‘simlik bitlari va boshqa 
zararli tripslarni) va kanalarni qirib foyda keltiradi. Yirtqich tripslardan-kanaxo‘r 
tripsning 
(Scolothrips acariphagus)
tanasi uzunchoq, voyaga yetgani 1 mm atrofida, 
somonsimon sariq rangli. Lichinkasi oq yoki pushtisimon. Nimfa va pronimfalari 


180 
sutsimon oq, sarg‘ish rangda, ko‘pincha ularda ham qornining o‘rtasida pushti 
dog‘lari va qanot boshlang‘ichlari bor. 
Kanaxo‘r trips o‘rgimchakkananing ixtisoslashgan kushandasi hisoblanadi. 1 ta 
yetuk trips o‘z hayoti davomida o‘rta hisobda 400-600 o‘rgimchakkanani, lichinkasi 
esa 60-70 ta o‘rgimchakkanani yo‘qotadi. Urg‘ochi trips o‘z tuxumini 
o‘rgimchakkana bilan zararlangan barg to‘qimasiga qo‘yadi. 1 ta urg‘ochi trips 30-40 
dona tuxum qo‘yadi. Mavsumda (aprel-oktabr ) 10 martagacha nasl beradi. G‘o‘zada 
o‘rgimchakkana juda ko‘p bo‘ladigan (iyun-avgust) davrida yirtqich tripslarning 
faolligi oshadi. G‘o‘za dalalarida qonxo‘r trips o‘rgimchakkananing eng ko‘p 
tarqalgan tabiiy kushandasi hisoblanadi.

Download 11,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   348




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish