Учебно-методический комплекс обучение детей сценической и творческой деятельности область знаний: : 100 000 Гуманитарный


- Mavzu: MTTda tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o‘yinchoqlar yasash



Download 5,24 Mb.
bet24/77
Sana24.02.2022
Hajmi5,24 Mb.
#187252
TuriУчебно-методический комплекс
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77
Bog'liq
1-курс мажмуа 2020 chiqariladi (Восстановлен)

16- Mavzu: MTTda tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o‘yinchoqlar yasash.
Mavzu rejasi:
1.Tabiiy buyumlar bilan ishlash usullari. Tashlandiq buyumlardan o‘yinchoq yasash.
2.Tashlandiq buyumlardan o‘yinchoq yasashga o‘rgatish axamiyati.
3.MTTda tabiiy va tashlandiq materiallardan turli o‘yinchoqlar yasash uchun zaruriy materiallar.
Tayanch so`z va iboralar:mozayka,penoplast,oyna,sopol,monument,naqsh,
qog`oz,urug`,tuxumpo`sti,jun,suvenir, yassi,fantaziya, yassi yuzali toshlar suvenir,o`ymakorlik moment yelim,hajmli o`yincho,fantaziya.
Tabiiy va tashlandiq materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so'ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e'tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektning zarar bo'lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar hidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar. Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga qarab, ularning e'tibori b arglarning shakli, daraxtlar navlariga qaratiladi. Ana shu vaqtda o'simliklarda sodir bo'layotgan ichki jarayonlar qisqa va tushunarli shaklda bayon etib beriladi. Shundan keyin bolalarning e'tibori atrofda uchib yurgan kapalak, ninachilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi. Uchib yurgan hasharotlar ularning tuzilish shakllari mehnat darslarida hasharotlar applikatsiyasini tayyorlash uchun obraz, to'plangan barglar material xizmatini o'tashi kerak.Oddiygina ko`chalarda yumalab yotgan toshlardan juda chiroyli buyumlar, o`yinchoq suvenirlar tayyorlash mumkin.
Qadim zamonlardan ma’lumki odamlar o`z fikr-mulohazalarini toshlarga bitishgan. Qilgan ovlarini toshlarda aks ettirganlar. Ana shu davrdan boshlab toshda biron bir ko`rinish, yoki o`ymakorlik ishlari, haykaltaroshlik ishlarida ishlatilinib kelinmoqda.
Buning uchun yassi, yuzasi tekis yoki yumaloq, biron bir shaklga ega toshlarni yig`ishdan ishni boshlaymiz. Ularni bolalarni o`zlari topganlari ma’qul. Toshlarni yig`ish jarayonidayoq bolalarning fantaziyalari boyib boradi, chunki biron toshni olar ekanlar “men bundan baliqcha yasayman, yoki qarang mashinaga o`xshar ekan” degan fikrlarni bildiradilar.
Toshlarni shunday tanlash kerakki undan biron bir narsa yasash mumkin bo`lsin. Buning uchun qurilish yelimidan, akvarel bo`yog`i, lak kerak bo`ladi.
Yassi yuzali toshlarni guruntlab, ustiga rasm ishlanadi.
Bunda: honqizi, toshbaqa, baliq tasvirlarini ishlash mumkin. Yong`oqlardan qiziqarli buyumlar tayyorlash mumkin. Shishkalar, yong`oqlar, manzarali daraxt urug`lari, mevalari tarbiyachiga as qotadi.
Kichik maktab yoshidagi bolalar yong`oqlarni ishlatishda qo`llarini jarohatlamasliklari uchun o`qituvchi yordam berishi kerak.
Avvalo yong`oqlarni maktab atrofi, dam olish maskanlaridan sayohat chog`ida terish maqsadga muvofiqdir. Ularni qanday saqlash kerakligi haqida o`qituvchi tushuncha beradi. Yong`oqlarni yilning har faslida yig`ish mumkin.
Ulardan juda qiziqarli o`yinchoqlar tayyorlanadi, buni bolalar qiziqish bilan bajaradilar. Chunki bu yong`oqlarni ular o`zlari yig`ib, tayyorlaganlar.
Yong`oqlardan yuza shaklda yoki hajmli o`yinchoqlar yasash mumkin. Bizga yelim (selikon, moment), akvarel yoki guash, munchoqlar, turli lentalar, o`simlik shohlari kerak bo`ladi. Bunday ishlarni bajarishda o`qituvchiga ota-onalar ham yordam beradilar.
O`quvchilar o`zlari tayyorlagan o`yinchoqlarni o`z yaqinlariga sovg`a qiladilar
Mozayka monumental dekorativ san'at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo'llaniladigan materiallariga ko'ra ham, naqshi va rasmlariga ko'ra ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan. O'rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, interer devorlari va xalq amaliy san'ati asarlari bezatiladi. Mozayka ishlarida oyna, sopol plitalardan foydalaniladi. Laosda rangli ko'zgu parchalaridan ajoyib mozayka asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo'shilib va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathiga ayrim-ayrim parchalar (qog'oz, oyna, sopol plita, gultojibarglari, urug', tuxum po'sti va shu kabilar) qo'yib chiqishdir. Tuxum po'stidan mozaika ishlarini bajarish uchun tuxum po'sti kerakli ranglarga bo'yaladi. Yuvib quritilgan tuxum po'sti mo'yqalam yordamida akvarel bo'yoqlar bilan bo'yaladi. Buyoq qurigandan keyin po'stni tanlangan rasmga ko'ra mayda va yirik bo'laklarga bo'linadi. Tuxum po`stidan applikatsiya qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki, ularning tarxlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bugrilari bo`lmasligi kerak.tarx qora qog`oz orqali o'tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po'sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismi ham ish shu tartibda davom ettiriladi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish