T uxum po'chog'idan buyum yasash. Tuxum po'choqlaridan bajariladigan applikatsiya ishi uchun kerakli jihozlar: rangli, ertakli kitobchalar, oq qog'oz yoki rangli qog'oz, kalka (xitoy qog'oz), PVA yelimi, tozalab yuvib quritilgan tuxum po'chog'i, akvarel bo'yoq, qora qalam, qora flomaster, rangsiz lak (PF-284). Tuxum po'chog'idan buyum yasash uchun tuxum po'chog'ini maydalangan va butun holda saqlash mumkin. Tuxum po'chog'ini butun asrash uchun tuxumning ikki uchi teshiladi va uning ichidagilari pufiab chiqariladi. Buning natijasida ichi bo'sh tuxum po'chog'iga ega bo'linadi.
Penoplast bilan ishlash. Penoplast anchagina pishiq, juda yengil, oq rangdagi material. Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqa sohalarda foydalaniladi. Bolalar ijodkorligi ustaxonalarida undan maxsus asboblarsiz turli o'yinchoqlar, stol teatrlari uchun tagliklar, applikatsiyalar, texnik modellash bo'yicha suvda suzadigan modellar va shu kabilarni yasash mumkin. Penoplastni qirqish va turli materiallarga yelimlash oson, uni topish qiyin emas. Penoplastdan narsalar yasash juda oddiy.
T abiiy materiallar tarbiyachi rahbarligida ekskursiyalarda to'planadi. Ekskursiya uyushtirishdan oldin bolalarga bo'lajak ish namunasi ko'rsatiladi. Bolalar uni diqqat bilan ko'rib, unda ishlatilgan barg plastinkalarining shaklini, daraxt navlarini aniqlaydilar. Shundan so'ng uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya marshrutida alohida e'tibor beriladigan obyekt (eman, zarang, akatsiya daraxtlari, hasharotlar, ninachi)lar aniqlanadi. Bolalarning e'tiborlari va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan obyektning zarar bo'lgan asosiy muhim belgilari va xususiyatlarini ajratishga, to'planayotgan materialni to'g'ri baholashga yo'llaydigan savollar tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko'tarilib, ular har narsaga qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari bolalarni ajablantiradi. Ular kuzning butun go'zalligini, uning ranglarini, to'kilgan barglar nidi va ular o'zining elastiklik xususiyatini yo'qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo'lib qolganligini ko'radilar.
Har bir ekskursiyada bolalarning e'tibori insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etilishi kerak. Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar umum-lashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri tushirilgan rasmlarni ko'rish, ularning tanasi va qanotla-rining shakli, rangi qandayligiga alohida e'tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg'ulotda bolalar applikatsiyalarni zo'r ishtiyoq bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o'z istaklariga ko'ra, o'zlari to'plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Oddiygina ko`chalarda yumalab yotgan toshlardan juda chiroyli buyumlar, o`yinchoq suvenirlar tayyorlash mumkin.
Qadim zamonlardan ma’lumki odamlar o`z fikr-mulohazalarini toshlarga bitishgan. Qilgan ovlarini toshlarda aks ettirganlar. Ana shu davrdan boshlab toshda biron bir ko`rinish, yoki o`ymakorlik ishlari, haykaltaroshlik ishlarida ishlatilinib kelinmoqda.
Buning uchun yassi, yuzasi tekis yoki yumaloq, biron bir shaklga ega toshlarni yig`ishdan ishni boshlaymiz. Ularni bolalarni o`zlari topganlari ma’qul. Toshlarni yig`ish jarayonidayoq bolalarning fantaziyalari boyib boradi, chunki biron toshni olar ekanlar “men bundan baliqcha yasayman, yoki qarang mashinaga o`xshar ekan” degan fikrlarni bildiradilar.
Toshlarni shunday tanlash kerakki undan biron bir narsa yasash mumkin bo`lsin. Buning uchun qurilish yelimidan, akvarel bo`yog`i, lak kerak bo`ladi.
Yassi yuzali toshlarni guruntlab, ustiga rasm ishlanadi.
Bunda: honqizi, toshbaqa, baliq tasvirlarini ishlash mumkin.
Yong`oqlardan qiziqarli buyumlar tayyorlash mumkin. Shishkalar, yong`oqlar,urug`lari, mevalari mehnat darslarida as qotadi.
Kichik maktabgacha yoshidagi bolalar yong`oqlarni ishlatishda qo`llarini jarohatlamasliklari uchun tarbiyachi yordam berishi kerak.
Avvalo yong`oqlarni mtt atrofi, dam olish maskanlaridan sayohat chog`ida terish maqsadga muvofiqdir. Ularni qanday saqlash kerakligi haqida tarbiyachi tushuncha beradi. Yong`oqlarni yilning har faslida yig`ish mumkin.
Ulardan juda qiziqarli o`yinchoqlar tayyorlanadi, buni bolalar qiziqish bilan bajaradilar. Chunki bu yong`oqlarni ular o`zlari yig`ib, tayyorlaganlar.
Yong`oqlardan yuza shaklda yoki hajmli o`yinchoqlar yasash mumkin. Bizga yelim (selikon, moment), akvarel yoki guash, munchoqlar, turli lentalar, o`simlik shohlari kerak bo`ladi. Bunday ishlarni bajarishda tarbiyachiga ota-onalar ham yordam beradilar.
Bolalar o`zlari tayyorlagan o`yinchoqlarni o`z yaqinlariga sovg`a qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |