U. X. Safarov, N. M. Karakulov


Un tortish va yem tayyorlash tarmog‘i



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Un tortish va yem tayyorlash tarmog‘i 
un va krupa ishlab chiqarish
 
hamda
yem mahsulotlari ishlab chiqarish
 
sohalariga ajratiladi. Bu tarmoq jahonning 
deyarli barcha davlatlarida rivojlangan. Donchilik sohasining peshqadam davlatlari 
bu tarmoqda ham oldingi o‘rinlarni egallaydilar. 


136 
Baliq konservalari tayyorlash tarmog‘i 
baliq va baliq konservalarini 
tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Bu tarmoqning barcha sohalarida mahsulot ishlab 
chiqarish bo‘yicha Xitoy, Yaponiya, Rossiya, AQSH kabi davlatlar yetakchilik 
qiladilar. 
Demak, yengil va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari barcha sanoat 
mahsulotlari orasida eng katta iste’mol talabi mavjud bo‘lgan sanoat tarmoqlari 
bo‘lib hisoblanadi. 
5.8.
Qishloq xo‘jaligining jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 
rivojlantirishdagi ahamiyati
Qishloq xo‘jaligi moddiy ishlab chiqarishning eng qadimgi tarmoqlaridan 
biri bo‘lib, u ziroatchilik ya’ni qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish va
chorvachilikdan iborat. Qishloq xo‘jaligi yer shari aholisini turli-xil oziq-ovqat 
mahsulotlari bilan ta’minlab gina qolmasdan, sanoat tarmoqlari uchun ham zaruriy 
xom-ashyo maxsulotlarini yetkazib beradi. Qishloq xo‘jaligi bir qator o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi inson xo‘jalik faoliyatining dastlabki va 
eng qadimgi shakllaridan biri hisoblanadi. Sanoatdan farqli o‘laroq qishloq 
xo‘jaligi bir qancha o‘ziga xos jihatlarga ega. Avvalo, u iqlim va tuproq sharoiti, 
shuningdek relyef xususiyatlari turlicha bo‘lgan hududlarda olib boriladi. 
Shuningdek, tabiiy sharoit qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga, joylashishiga va 
ixtisoslashuviga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Qishloq xo‘jaligining mavsumiy 
tavsifga ega ekanligi ham uning jahonning turli mamlakatlarida turlicha 
taqsimlanishiga sabab bo‘ladi. U dunyoning deyarli barcha hududlarida mavjud 
bo‘lsa-da, biroq ziroatchilik va chorvachilikni rivojlanganlik holati turli 
mintaqalarda turlichadir. Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlanishi va 
joylashuvida avvalo, hududlarning tabiiy sharoiti, ularning iqtisodiy va ijtimoiy 
jihatlari - avvalo, iqtisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari malakasi, xalqaro 
mehnat taqsimotidagi o‘rni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji 
singari omillar kuchli ta’sir qiladi. Qishloq xo‘jaligining ikki asosiy rivojlanish 
shakllari (ekstensiv va intensiv) mavjud.


137 

Qishloq xo‘jaligining ekstensiv rivojlanish shaklida ko‘proq ekin 
maydonlarini kengaytirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish va qishloq xo‘jaligi 
tarkibiga kiritish, qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer xo‘jaliklari sonining ortishi, 
chorva sonini ortishi, yaylov va o‘tloqlarni ko‘paytirish singari xususiyatlar xos. 

Qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlanish shaklida esa, qishloq 
xo‘jalik tarmoqlarini majmuaviy holda yuksaltirish, zamonaviy texnika-
texnologiyalar 
asosida 
jihozlash, 
kimyolashtirish, 
melioratsiya 
ishlarini 
kengaytirish, ilg‘or xorijiy tajribalarga suyangan holda rivojlantirish orqali, 
mahsulot miqdorini oshirishga erishish tushuniladi. Ma’lumki, XX asr 50-60 
yillaridan yirik shaharlar atrofida shahar atrofi qishloq xo‘jaligi zonalari 
shakllandi. Shahar atrofi qishloq xo‘jaligi shahar aholisini sabzovot, sut va sut 
mahsulotlari, meva, poliz mahsulotlari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan. Yuqori 
darajada urbanizatsiyalashgan hududlarda yerlar bahosining nihoyatda qimmat 
bo‘lishi qishloq xo‘jaligining intensiv rivojlantirishni taqozo qiladi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida qishloq xo‘jaligi asosan ekstensiv 
yo‘l bilan rivojlandi. Yangi yerlarning vujudga kelishi asosan o‘rmonlarning 
qisqarishi hisobiga shakllandi. Bugungi kunda ham dunyoning ko‘plab 
rivojlanayotgan davlatlarida qishloq xo‘jaligi ekstensiv yo‘l bilan rivojlanmoqda. 
Intensiv xo‘jalik ko‘proq rivojlangan davlatlar uchun xos bo‘lib, ularda qishloq 
xo‘jaligida sodir bo‘lgan “Yashil inqilob” va u bilan bog‘liq tadbirlarga asoslanadi. 
Bunday davlatlarda ko‘proq tovar qishloq xo‘jaligi rivojlangan bo‘lib, mazkur 
mintaqalarda qishloq xo‘jaligidagi barcha ishlar asosan texnik vositalar orqali 
amalga oshiriladi. Ziroatchilikda sifatli mineral o‘g‘itlardan, zararkunandalarga 
qarshi, chorva mollari kasalliklariga qarshi dori vositalardan foydalaniladi. Intensiv 
xo‘jalikni barpo qilish uchun yerlarni melioratsiya qilish, ya’ni yer holatini 
yaxshilash ishlarini jumladan zax va botqoqlarni quritish singari amaliy tadbirlarni 
olib borish maqsadga muvofiq.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar qishloq xo‘jaligi 
yerlari deb ataladi va ular quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: haydaladigan ya’ni 
sug‘oriladigan va lalmikor yerlar; bog‘lar va uzumzorlar; pichanzorlar; yaylovlar;


138 
o‘rmon va butazorlar va b. Jahonda sug‘oriladigan yerlar haydaladigan (shudgor 
qilinadigan) yerlarning 15% (230 mln. ga) ini tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkich 
Xitoyda 30%, Hindistonda 28%, AQShda 15%, Pokistonda 70% ni tashkil qiladi.
2. Qishloq xo‘jaligining asosiy xususiyatlaridan biri uning hududlarning 
tabiiy iqlim sharoiti bilan chambarchas bog‘liq ekanligidir. Boshqacha aytganda, 
zaruriy tabiiy iqlim sharoiti mavjud bo‘lsagina muayyan hududlarda bug‘doy, 
sholi, choy singari mahsulotlarni yetishtirish mumkin bo‘ladi. Aytish joizki, 
qishloq xo‘jaligi insonning har kunlik kundalik iste’mol mahsulotlariga bo‘lgan 
ehtiyojini qondiruvchi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. Shu bois jahonning deyarli 
barcha mamlakatlarida qishloq xo‘jaligi va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan 
o‘rmonchilik, ovchilik, baliqchilik xo‘jaliklari shakllangan. Hozirgi vaqtda bunday 
xo‘jalik tarmoqlarida hammasi bo‘lib bir milliarddan ortiq kishi yoki jami iqtisodiy 
faol aholining 70% dan ko‘prog‘i ish bilan band.
XX asrning 60-yillarida jahon iqtisodiyotida dastlab iqtisodiy rivojlangan 
mamlakatlarda “agrosanoat integratsiya”

si jarayoni boshlandi. Agrar so‘zi 
lotincha “qishloq xo‘jaligi” ma’nosini anglatadi. 
Agrosanoat majmuasining shakllanishi iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar, 
ayniqsa, AQShda jadal sur’atlarda rivojlanib bormoqda. “Agrobiznes” - yuqori 
foyda olish maqsadida qishloq xo‘jaligi va u bilan bog‘liq tarmoqlarni 
rivojlantirish, hozirgi zamon boshqaruv usullaridan foydalanish singari jihatlarni 
o‘z ichiga qamrab oladi. Agrobiznesning yuzaga kelishi 70-yillarning o‘rtalaridan 
boshlab dastlab iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lib, uning shakllari 
juda xilma-xildir.
Qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining hududiy joylashuvida tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy omillar muhim rol o‘ynaydi. Ilmiy texnika inqilobi qishloq xo‘jaligi 
tarmoqlarining rivojlanishi va ixtisoslashuviga muhim ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Keyingi yillarda FTT natijasida qishloq xo‘jaligi sohasida muhim sifat o‘zgarishi 
yuz berishiga qaramay uning tabiiy sharoit bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanib 


Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish