Jahonning yirik bug‘doy yetishtiruvchi mamlakatlari (mln t)*
35-jadval
Mamlakatlar
2013 y
2014 y
2015 y
2016 y
Argentina
9,300
10,500
13,930
11,300
Avstraliya
22,856
25,303
23,743
24,168
Braziliya
4,380
5,300
6,000
5,540
Kanada
27,205
37,530
29,420
27,594
Xitoy
121,023
121,930
126,208
130,190
Misr
8,500
8,250
8,300
8,100
142
Evropa Ittifoqi
133,949
144,583
156,912
160,000
Hindiston
94,882
93,506
95,850
86,530
Eron
13,800
14,500
13,000
15,000
Qozog‘iston
9,841
13,941
12,996
13,748
Pokiston
23,473
24,211
25,979
25,100
Rossiya
37,720
52,091
59,080
61,044
Turkiya
16,000
18,750
15,250
19,500
Ukraina
15,761
22,278
24,750
27,274
O‘zbekiston
6,700
6,800
7,150
7,200
Boshqalar
51,923
57,427
54,354
56,824
AQSh
61,298
58,105
55,147
56,117
Jahon
bo‘yicha jami
658,611
715,005
728,069
735,229
*Manba: Amerika Qo‘shma Shtatlari Qishloq xo‘jaligi Departamenti
(United States Department of Agriculture Foreign Agricultural Service)
https://www,fas,usda,gov/data/grain-world-markets-and-trade
Makaron ishlab chiqaradigan qattiq bug‘doy mintaqasi Janubiy Yevropa,
Shimoliy Amerika va MDHda (Qozog‘iston) joylashgan.
Bug‘doy - ekish va yig‘ish bo‘yicha dunyodagi donlar orasida birinchi
o‘rinni egallaydi. XX asrning ikkinchi yarmida bug‘doy yetishtirish geografiyasi
sezilarli darajada o‘zgardi. Yashil inqilob davrida, mitti bug‘doyning yuqori
mahsuldor navlari yaratilishi tufayli, jahon markazi yana Osiyoga ko‘chdi. Sharqiy
Yevropa va MDH mamlakatlarining roli ijtimoiy mojarolar tufayli kamaydi,
Shimoliy Amerikaning ulushi va G‘arbiy Yevropaning ulushini barqarorlashtirish
kuzatildi. Hozirgi kunda dunyo bug‘doyining 2/5 qismi Osiyo, 1/5 qismi G‘arbiy
Yevropa, 1/6 qismi Shimoliy Amerikaga to‘g‘ri kelmoqda. So‘nggi besh yil
mobaynida bug‘doy yetishtirish hajmi yil sayin ortib bormoqda (39-jadval)
Aytish o‘rinliki, bug‘doy etishtiradigan asosiy maydonlar 19-asrda barcha
qit’alarning cho‘l zonasida shakllangan va ular tashqi bozorga yuqori darajada
143
sotilishi va yo‘naltirilganligi bilan ajralib turdi. XX asrda deyarli ularning barchasi
o‘z ixtisoslashuvini saqlab qoldi.
Asosiy bug‘doy ishlab chiqaruvchilar - Xitoy, Rossiya, AQSh, Kanada,
Hindiston, Avstraliya davlatlari sanaladi (39-jadval). Dunyo bo‘ylab bug‘doyning
deyarli beshdan bir qismi xalqaro bozorga eksport qilinadi. Asosiy eksportchilar
Shimoliy (AQSh, Kanada) va Janubiy Amerika (Argentina), Avstraliya va G‘arbiy
Yevropaning (Frantsiya) ayrim mamlakatlarida joylashgan.
Sholi –
ekvatorial, tropik va subtropik kengliklarning asosiy oziq-ovqat ekini
hisoblanadi. U ko‘proq Xitoy, Xindiston, Indoneziya va Yaponiyada yetishtiriladi.
Sholi ekilgan maydonlar Markaziy Osiyo, Janubiy Yevropa va Shimoliy
Amerikada uchraydi. Ma’lumotlarga ko‘ra dastlab guruch Osiyoda, aniqrog‘i
Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hududida paydo bo‘lgan, endilikda esa u barcha
qit’alarda tarqalgan. Sholi issiqlik va namlikni, tuproq unumdorligini sifatiga juda
ta’sirchanligi bois asosan, tropik va subtropik zonalarda, dengiz sohillaridagi
sug‘oriladigan yerlarda yetishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |