U. X. Safarov, N. M. Karakulov


-rasm. Elektro energetika sanoatining tarmoq tarkibi



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

16-rasm. Elektro energetika sanoatining tarmoq tarkibi 
64% 
16% 
19% 
1% 
IES 
AES 
GES 


105 
Issiqlik elektr stantsiyalari
elektro energetika sanoatining yetakchi tarmog‘i 
hisoblanib, ko‘mir, gaz va neft hamda ularning qoldiqlari asosida issiq bug‘ va 
elektr energiya ishlab chiqaruvchi tarmoq sanaladi. Polsha, JAR, Avstraliya, Xitoy 
kabi davlatlarida yaratilayotgan energiyaning asosiy qismi ushbu turdagi elektro 
stantsiyalarda yaratiladi.
 
 
Tuoketuo (XXR), Tayjun IES (Tayvan), Surgut GRES-2 
(Rossiya) jahondagi eng yirik IESlar bo‘lib hisoblanadi. 
Gidro elektr stantsiyalari 
– suv oqimining energiyasini gidravlik trubinalar 
yordamida elektr energiyasiga aylantirib beradigan gidrotexnika 
inshootlari 
va 
energetika jihozlari majmuidir. Ular asosan daryolarda tashkil etiladi. GES-lar suvi 
ko‘p bo‘lgan, tekis oqadigan tog‘ daryolariga, soylarning toraygan joylariga 
quriladi. GES turbinalariga keltirilgan suv turbinaning ish g‘ildiragini, unga 
o‘rnatilgan o‘qni va o‘q bilan biriktirilgan generatorni aylantirishi natijasida elektr 
energiya hosil bo‘ladi. 
Norvegiya, Paragvay, Namibiya, Tojikiston kabi davlatlarda elektr 
energiyaning asosiy qismi GESlarda ishlab chiqariladi. Yantsizi daryosida barpo 
etilgan “Uch dara” GESi (98 mlrd kVt/s) jahonning eng yirik GESi sifatida qayd 
qilingan.
Atom elektr stantsiyalari
da energiya ishlab chiqarishning texnologik tizimi 
xususiyatlariga ko‘ra IESlarga o‘xshash bo‘lsada, unda foydalaniladigan energetik 
xom ashyo turiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.Bunday turdagi elektr stantsiyalarda 
uran moddasi xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Issiqlik quvvati yuqori bo‘lgan uran 
(1 kg urandan 3000 tonna toshko‘mir ajratadigan energiya ishlab chiqariladi) 
asosida energiya ishlab chiqaradigan AESlar asosan ijtimoiy-iqtisodiy omillar 
ta’sirida rivojlangan davlatlarda XX asrning ikkinchi yarmida barpo etila boshladi. 
Atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan ilk dasturlar 1950-1960 yillarda 
AQSh, Buyuk Britaniya, sobiq Ittifoq, GFR, Yaponiya kabi davlatlarda ishlab 
chiqildi. Dunyondagi ilk atom elektr stantsiyasi ham 1954 yilning 27 iyun kuni 
Rossiyaning Obninsk shahrida ishga tushirilgan edi (quvvati 5 MVt). Xalqaro atom 
energiyasi agentligining 2017 yil aprel oyidagi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi 
kunda jahonning 31 mamlakatida 451 energoblokka ega bo‘lgan 191 ta AES ishlab 


106 
turibdi. Yadro reaktorlari soni bo‘yicha AQSh (99 ta) yetakchilik qilmoqda. 
Frantsiyada 58 ta yadro reaktori bo‘lib, ular mamlakatning elektr energiyasiga 
bo‘lgan ehtiyojining 72,3 foizini qoplaydi. Shuningdek, Xitoy (36 ta), Rossiya (37 
ta), Janubiy Koreya (25 ta) singari davlatlar ham yadro reaktorlari soni bo‘yicha 
yetakchilar qatoridan o‘rin olgan.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra Kasivadzaki-Kariva (Yaponiya), Bryus AES (Kanada) 
jahon davlatlarida faoliyat olib borayotgan AESlar orasida eng ko‘p energiya ishlab 
chiqarishi bilan ajralib turadi.
 
So‘nggi yillarda jahon mamlakatlarida ekologik jihatdan zararsiz energiya 
oluvchi alternativ manbaalarga nisbatan bo‘lgan talab kuchaya bormoqda.
Quyosh, shamol, suv qalqishi, geotermal energiya kabilar shular jumlasidandir.
Alternativ manbaalar asosida ishlovchi elektr stantsiyalarga nisbatan yoqilg‘i 
resurslari bilan ishlovchi turlarining atrof-muhitga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Geotermal energiyadan foydalanish Islandiyada yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, AQSh, 
Rossiyada geyzerlardan, Niderlandiya, Skandinaviya yarim oroli davlatlarida 
shamoldan, AQSH va Frantsiyada esa quyoshdan elektr energiya 
olish 
amalga 
oshirilmoqda.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish