U. X. Safarov, N. M. Karakulov


 Yoqilg‘i-energetika majmuining hududiy rivojlanishi



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

5.3. Yoqilg‘i-energetika majmuining hududiy rivojlanishi 
Yoqilg‘i-energetika majmui turli energiya olinuvchi resurslarni (ko‘mir, 
neft, tabiiy gaz, torf, yonuvchi slanets va boshqalar) qayta ishlash va undan 
yoqilg‘i hamda moylash mahsulotlari, elektr energiyasi olish va iste’molchilarga 
etkazib berishni ta’minlaydigan tarmoqlar, korxonalar va inshootlar majmuidan 
tashkil topgan sanoat tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi. 
Olovning kashf etilish davridan boshlab, har bir o‘tgan tarixiy davrlarda 
biron turdagi yoqilg‘i-energetika resurslari jamiyat taraqqiyoti rivoji uchun xizmat 
qilib kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1500 yillarda energiya mahsulotlari 
iste’molining 70%ni o‘tin, 20%ni organik qoldiqlar hamda 10% inson kuchi iborat 
bo‘lgan. 2000 yillarga kelib esa iste’mol tarkibi neft (38,6%), ko‘mir (28,7%), 
tabiiy gaz (22,1%), yadro energiyasi (6,9%) va gidroenergiyadan (3,7%) tashkil 
topdi. Shu tarzda davrlar davomida jahon yoqilg‘i-energetika balansi (muayyan 
vaqt davomida davlat hududida yoqilg‘i va energiyani ishlab chiqarish va sarf 
qilish oralig‘idagi nisbat) o‘zgara bordi. Balansdagi keskin o‘zgarishlar, ayniqsa, 
XX asrda yuz berdi. Fan texnika taraqqiyoti natijasida asosiy birlamchi energetik 
resurslar orasida salmoq jihatdan yetakchi hisoblangan ko‘mir o‘rnini davriy 
ketma-ketlikda neft, gaz va yadro energiyasi egalladi.
Yoqilg‘i-energetika majmui tarmoqlari sanoatning asosiy tarmoqlaridan 
hisoblanib, uning rivojlanish holati boshqa sanoat tarmoqlari shakllanishida katta 
ahamiyatga egadir.
Majmuaning asosiy xom-ashyosi hisoblangan neft, tabiiy gaz, qo‘ng‘ir va 
toshko‘mir, yonuvchi slanets, torf, o‘tin, qishloq xo‘jaligi chiqindilari, quyosh, 
shamol, geotermal, gidro hamda atom energiyasi birlamchi energetik resurslar 
hisoblanadi. Ular bir birlaridan issiqlik berish quvvatiga ko‘ra farq qiladilar. 1 kg 
shartli yoqilg‘i (odatda 1 kg toshko‘mirga teng) 29,3 MJ (yoki 7000 kkal/kg)ga 
teng bo‘lib, uning issiqlik koeffitsienti 1,0ni tashkil etadi. Neft va gazda bu 


101 
ko‘rsatkich nisbatan yuqori (issiqlik koeffitsienti 1,5) bo‘lsa, qo‘ng‘ir ko‘mir, torf, 
o‘tin, yonuvchi slanets kabi yoqilg‘i xom-ashyo turlarida ancha pastligi bilan 
ajralib turadi. Ular orasida uran mazkur koeffitsient bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga 
egadir. 1 kg uran yoqilg‘isidan 3000 tonna ko‘mirdan olinadigan energiyaga teng 
quvvat hosil bo‘ladi.
Jahon xo‘jaligida yoqilg‘i resurslari qazib olish hajmining o‘zgarishi, ba’zi 
energiya xom ashyolari tannarxining ortishi, ularni tashiydigan zamonaviy 
transport vositalarining paydo bo‘lishi, yangi energiya manbaalarining 
o‘zlashtirilishi iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatmoqdadir. 
Unda rivojlangan davlatlar asosiy energiya etkazib beruvchilar, rivojlanayotganlari 
esa iste’molchilar sifatida ishtirok etmoqdalar.
Yoqilg‘i-energetika majmuasining tarmoqlari hisoblangan – neft, ko‘mir, 
gaz va elektroenergetika sanoatlari rivojlanishida tabiiy hamda ijtimoiy 
omillarning ta’siri katta. 
Ko‘mir sanoati
– yoqilg‘i-energetika majmuasi tarmoqlari orasida eng 
birinchi shakllangan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bu tarmoq ko‘p mablag‘ va 
ishchi kuchi talab etuvchi soha hisoblanib, uning mahsulotlaridan (qo‘ng‘ir va 
toshko‘mir) yoqilg‘i hamda qora metallurgiya va kimyo sanoatlarida foydalaniladi.
Ko‘mir 
sanoatida 
zamonaviy 
ish 
vositalari, 
ish 
jarayonida 
yangi 
texnologiyalarning qo‘llanilishi uning tez su’ratlar bilan rivojlanishiga ta’sir 
ko‘rsatdi.
XX asirning ikkinchi yarmida neft sanoatining rivojlanishi ko‘mir sanoati 
mahsulotlariga bo‘lgan talabning kamayishiga sababchi bo‘ldi. Iqtisodi rivojlangan 
G‘arbiy Evropa davlatlari va Yaponiya xo‘jaligining arzon neftga ixtisoslashuvi 
bilan mazkur mintaqalarda ko‘mir qazib olish hajmi pasaydi.
1970 va 1980 yillarda yuz bergan neft inqirozi mazkur mahsulot narxining 
ortishi ko‘mirga bo‘lgan talabning yana ko‘payishiga sababchi bo‘ldi.
Xitoy, AQSh, Rossiya va Hindiston kabi davlatlar jahonda ko‘mir qazib 
olish bo‘yicha etakchi bo‘lib hisoblanadi. Jahon mintaqalari orasida ko‘mir qazib 
olish hajmi Osiyo, Shimoliy Amerika va G‘arbiy Yevropada yuqori. 


102 
Neft sanoati
- nafaqat yoqilg‘i-energetika majmui, balki og‘ir sanoat
tarmoqlari orasida eng tez rivojlanayotgan soha bo‘lib hisoblanadi. Qazib 
olinayotgan neftning asosiy qismi yoqilg‘i, qolgan qismi esa neft kimyo sanoati 
uchun xom ashyo bo‘lib hisoblanadi. Uni birlamchi qayta ishlagandan so‘ng
benzin, reaktiv yoqilg‘i, kerosin, dizel yoqilg‘isi va mazut olinadi.
Neft kimyosi sanoati neftni qayta ishlash mahsulotlaridan asosan sun’iy 
materiallar hamda buyumlar ishlab chiqaradigan tarmoq hisoblanadi. Mazkur 
sanoat korxonalarida sun’iy kauchuk, asosiy organik sintez
materiallari (etilen, 
propilen, polietilen, benzol, butadien, yuvish vositalari, ba’zi mineral o‘g‘itlar), 
rezina buyumlar (avtopokrishkalar, rezina-texnika buyumlari va keng xalq 
iste’moli mollari), asbest-texnika buyumlari ishlab chiqariladi.
Jahon bozorida yiliga taxminan 1 mlrd.t neft xom ashyosi sotiladi. Uning 
2/3 qismi OPEK tashkilotiga a’zo davlatlarda qazib olinadi. Bundan tashqari 
Rossiya, Buyuk Britaniya, Meksika davlatlari ham yirik neft eksportyorlaridir.
Yaponiya, AQSH, G‘arbiy Yevropa davlatlari, Xitoy esa asosiy neft 
sotib 
oluvchi davlatlar guruhini tashkil etadi. 
Gaz sanoati
yerdan tabiiy gaz qazib chiqarish, qattiq va suyuq 
yoqilg‘ilardan sun’iy gaz olish, aholi va sanoat ta’minoti uchun quvurlardan 
gaz yuborish hamda gazdan kimyoviy mahsulotlar olish jarayonlarini o‘z ichiga 
oladi. Gazning asosiy turi yer bag‘rining 200-7000 m chuqurlikdagi g‘ovak 
jinslarida bo‘ladigan yonuvchi tabiiy gazlardan iborat.
Gaz sanoati dastlab XVIII asirning oxiri - XIX asirning boshlarida Buyuk 
Britaniya, Frantsiya, Belgiya kabi davlatlarda toshko‘mirdan olingan gazdan 
shaharni yoritish maqsadida foydalanish yo‘lga qo‘yilganidan so‘ng shakllandi.
XIX asrning ikkinchi yarmida gaz generatorining yaratilishi, neft gazlaridan 
foydalanish (XX asrning 20-yillarigacha) asosida mazkur
tarmoqda 
ijobiy 
o‘zgarishlar yuz berdi 
Tabiiy gaz yoqilg‘i sifatida boshqa yoqilg‘i turlaridan bir qancha 
afzalliklarga ega. Boshqa yoqilg‘i turlariga nisbatan tabiiy gazni qazib olish 
osonligi va arzonligi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning qulayligi, 


103 
issiqlik berish quvvatining yuqoriligi, transportabelligi, neft va ko‘mirga 
nisbatan ekologik jihatdan tozaligi kabi holatlar gaz konlarini izlash va ishga 
tushirish ishlariga katta ahamiyat qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Natijada, jahon 
energiya xom ashyo turlari ichida tabiiy gaz qazib olish doimo o‘suvchanlik 
xususiyatiga ega. Ayniqsa, so‘nggi yillarda gazni suyultirilgan holda jahon 
bozoriga
chiqarila boshlaganligi ham bu sohaga bo‘lgan qiziqishni yanada 
kuchaytirdi. 
15-

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish