U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

Agrosanoat integratsiyasi - sanoat birlashmalari va hizmat ko‘rsatish sohalaridan farqli ravishda asosiy 
xususiyati tarmoqlararo xususiyatga ega bo‘lib, bir-biridan farq qiluvchi sanoat va qishloq xo‘jaligining 
tashkiliy va tijorat jihatidan birlashuvidir.


139 
borishi hamon saqlanib qolmoqda. Tabiiy sharoit ta’siri eng avvalo, yer 
resurslarini; o‘simliklarni vegetatsiya davri uchun hayotiy zarur bo‘lgan issiqlik, 
nam va yorug‘likning o‘zaro uyg‘unlashuvini; tuproqning tabiiy unumdorligi va 
melioratsiya imkoniyatlarini; chorvachilik uchun muhim ozuqa manbai 
hisoblangan tabiiy o‘tloq va yaylovlarni o‘z ichiga oladi.
So‘nggi yillarda ilmiy tadqiqotlarning rivojlanib borayotgan
sharoitida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarining atrof-muhitga ta’siri kuchayib 
bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida yer resurslari quyidagi tiplarga ajratiladi: 
1.
Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar; 
2.
Tabiiy o‘tloq va yaylovlar; 
3.
Yaroqsiz kam foydalanadigan yoki mutlaq yaroqsiz yerlar. 
Ushbu yuqoridagi uchchala tip tarkibiga kiruvchi yerlar yer sharining 1/3 
qismini tashkil etadi. Dunyoda qishloq xo‘jaligi yerlarining tarkibiga e’tibor 
qaratsak, XX asrning ikkinchi yarmida jahon qishloq xo‘jaligida muhim hududiy 
va tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. Bunda moddiy-texnik uskunalar va 
tijoratlashtirish darajasini umumiy o‘sib borishi, globallashuv jarayonining barcha 
hududlarga sezilarli darajada kirib borishi ko‘zga tashlandi. Ikkinchi jahon 
urushidan so‘ng, yerdan oqilona foydalanilmaslik (quriq yerlarning ortiqcha 
ochilishi, sug‘orish ishlaridagi nomutanosibliklar, o‘rmonlarning kesilishi, qishloq 
xo‘jaligida tuproqqa turli kimyoviy moddalarni ortiqcha qo‘llash) tufayli 1,2 
milliard gektar maydon degradatsiyaga uchradi va ular ishlab chiqarishdan 
chiqarildi. 
Bugungi kunda barcha o‘simliklarning 17 foizi degradatsiyaga yuz tutdi va 
ular eroziya, sho‘rlanish, suvni tozalash, jismoniy va kimyoviy tanazzul ta’siriga 
uchragan. Har yili 6-12 million gektar yerdan qishloq xo‘jaligida foydalanish 
kamayib bormoqda, yangi ochilgan yerlar esa faqat 4-5 million gektarni tashkil 
qiladi. Aytish lozimki, bundan tashqari, yer resurslari tabiiy-iqlim (qurg‘oqchilik), 
tuproq, gidrologik xususiyatlariga ko‘ra jiddiy cheklovlarga ega ekanligi ma’lum. 
Bunday noqulay hududlarning eng katta qismi Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerika 


140 
va Afrikada joylashgan. So‘nggi davrlarda xuddi shunday ko‘rsatkichlar bo‘yicha 
Yevropa va Shimoliy Amerikadagi vaziyat ancha yaxshilandi. Natijada, qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish (umumiy yer maydonida qishloq xo‘jaligi yerlarining 
ulushi) hozirgi vaqtda Avstraliya va Okeaniya, Yevropa va Osiyoda eng yuqori 
ko‘rsatkichlarga ega. Eng yirik qishloq xo‘jaligi yerlariga ega bo‘lgan davlatlar 
orasida Xitoy, Avstraliya, AQSh va Rossiya alohida ajralib turadi. 
Umuman olganda, qishloq xo‘jaligi yerlari tarkibini tabiiy yaylovlar 
(70,1%), qishloq xo‘jaligi yerlari (27,8%) va ko‘p yillik o‘simliklar (2,1%) tashkil 
etadi. Faqat Yevropada yaylovlarning ulushi ekin maydonlariga nisbatan ancha 
past, jahonning boshqa hududlarida esa yaylovlar hamon katta maydonlarni 
egallamoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ekin maydonlarini qisqartirish jarayoni yetakchi 
ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda o‘tish davri iqtisodiyotidagi mamlakatlarda 
ham hosildorlik pasaygan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda (jumladan, Braziliya, 
Indoneziyada) yangi yerlarni o‘zlashtirilishi orqali ekin maydonlarining o‘sishi 
kuzatilsada, biroq hosildorlikning kamayib borayotganlik holatlari ko‘zga 
tashlanmoqda. 
O‘tgan o‘n yil ichida barqaror tabiiy o‘tloqlar va o‘rmonlar tobora kamayib 
bormoqda. Bugungi kunda keng yaylovlar bo‘yicha Avstraliya, Xitoy, AQSh, 
shuningdek, Qozog‘iston va Argentina davlatlari alohida ajralib turadi.
Madaniy yaylovlarning o‘rni, ayniqsa rivojlangan mamlakatlarda o‘sib 
bormoqda. An’anaviy ravishda, ular Yevropada eng keng tarqalgan. Quruq 
cho‘llar, savannalar, yarim cho‘llar, tundralar ko‘pincha tabiiy ozuqalar yerlari 
sifatida ishlatiladi. 
Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishga ixtisoslashgan 
mamlakatlar va mintaqalarda aynan shu sohalar bilan bog‘liq ravishda chorva 
mollariga ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklar faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan. 
Agar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish ekin maydonlarini 
kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish hisobiga ko‘paysa, bunday qishloq 
xo‘jaligi ekstensiv xo‘jalik deyiladi. Buning aksincha, qishloq xo‘jaligi 


141 
mahsulotining hajmi maydon birligida agrotexnika vositalaridan ko‘proq 
foydalanish yoki chorva mollarining ko‘proq mahsuldor zotlarini yaratish hisobiga 
oshsa, bunday qishloq xo‘jaligi intensiv xo‘jalik deb ataladi. 
Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining bosh tarmog‘i bo‘lib, uning asosini donli 
ekinlar yetishtirish tashkil etadi. Jahon bozorida donli ekinlar orasida bug‘doy, 
makkajuxori va sholi muhim ahamiyat kasb etadi.
 
G‘alla etishtirishning xom 
ashyosi va eksporti bir xil emas: jahonning don bozorida asosiy mahsulotlar 
bug‘doy, yem-xashak donasi (makkajo‘xori) va guruch hisoblanadi. 
Bugungi kungacha insoniyat uch turdagi “non” dan foydalanib kelgan. Bular 
bug‘doy, sholi va makkajo‘xori maxsulotlaridan tayyorlangan non hisoblanadi. 
Ular ekilagan hududlar 720 mln. gektardan ortiqni tashkil etadi. Bug‘doy yer 
sharining mo‘tadil va subtropik kengliklarida yetishtiriladi. Asosiy bug‘doy 
yetishtiruvchi mintaqalar yer sharining bug‘doy “belbog‘i”ni tashkil etadi (35-
jadval). 
Eng mashhur va qadimgi (Yaqin Sharqdan kelgan) bug‘doy - bu mo‘tadil 
kengliklarning “non madaniyati” hozirgi kunga kelib butun dunyoda eng keng 
tarqalgan. Ekin yerlarining aksariyat qismi non tayyorlash uchun ishlatiladigan 
yumshoq bug‘doy navlari bilan band. Qattiq qish hukm surmaydigan joylarda 
yetishtiriladigan kuzgi bug‘doy AQShda jami hosilning 4/5 qismini tashkil etadi.

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish