U. X. Safarov, N. M. Karakulov


ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

 
ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib,
 
subtropik va tropik zonalarda 
yetishtiriluvchi, asli Janubiy Osiyo mintaqasi uchun xos bo‘lgan ekin turi 
hisoblanadi. Shakarqamish plantatsiyalari Osiyo va Janubiy Amerika hududida 
joylashgan. Jahonda ishlab chiqariladigan shakar mahsulotining 3/5 qismi 
shakarqamish hissasiga to‘g‘ri keladi. XX asr o‘rtalarida shakarqamish 
yetishtirishda yetakchilik qiluvchi asosiy mintaqalar Osiyo, Shimoliy va Janubiy 
Amerika davlatlari, uzoq yillar davomida jahon bo‘yicha uni yetishtiruvchi asosiy 
davlatlar Hindiston, Kuba, Braziliya bo‘lib qoldi, biroq so‘nggi davrlarda Kubada 
mazkur ko‘rsatkichlar birmuncha pasaygan.
Tamakichilik. Tamaki – Janubiy Amerika mo‘tadil mintaqasining issiqsevar 
o‘simligi bo‘lib, bugungi kunda jahonning barcha hududlarida tarqalgan. 
Tamakichilikka ixtisoslashgan sanoat korxonalari va xalqaro savdoda jahonning 
ko‘plab nufuzli kompaniyalari yetakchilik qiladi. Jumladan, «Filip Morris» 
(AQSh) jahonning yetakchi xalqaro kompaniyalaridan biri bo‘lib, yetakchi 
2
В. П. Максаковский Географическая картина мира. Книга I. Общая характеристика мира. M.: Дрофа, 2008. — 
1010c 


152 
“o‘nlik” kompaniyalaridan biridir. Tamaki yetishtirish Osiyo qit’asida ham yaxshi 
rivojlangan bo‘lib, jami dunyo hosilining 3/5 qismini beradi. 
Tamaki ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar tarkibida Xitoy (2/5) AQSh, 
Braziliya, Hindiston,Turkiya singari davlatlar bo‘lib, jami hosilning 3/5 qismini 
beradi. Tamakining eng muhim eksport qiluvchi davlat - AQSh hisoblanadi.
Tabiiy kauchuk ishlab chiqarish.
 
Tabiiy kauchuk ishlab chiqarishda - 
Tailand, Indoneziya va Malayziya yetakchilik qiladi. Uning 9/10 qismi Osiyo, 
qolgan qismi Afrika va Janubiy Amerika davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Mazkur 
soha qishloq xo‘jaligida yangi soha bo‘lib, uning rivoji XXI asrda yanada avj oldi.
Sabzavotchilik. Jahon bo‘yicha sabzavot maxsulotlarining 67 foiz Osiyo 
qit’asi hissasiga, qolgan 14 foiz - Yevropa, 9 foiz - Shimoliy Amerika va 7 foiz i - 
Afrika hissasiga to‘g‘ri keladi. Asosiy ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida Xitoy 
(39 foiz jahon hosilini), Hindiston (9 foiz), AQSh (7 foiz), shuningdek, Turkiya, 
Italiya, Ispaniya va Rossiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Bog‘dorchilik.
 
Qishloq xo‘jaligidagi salmog‘i yuqori bo‘lmasada bog‘lar 
jahonning ko‘plab mintaqalarida keng yoyilgan. Mo‘tadil mintaqalarda 
bog‘dorchilikda olma (mahsulot hajmiga ko‘ra birinchi o‘rinni egallaydi), nok, 
olcha, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, shuningdek uzum subtropik va tropik iqlimli 
mintaqalarda sitrus mevalar jumladan, banan, ananas, kivi yetishtirish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Mintaqalar bo‘yicha tahlil qilinganda bog‘larning katta qismi 
Osiyo qit’asi hissasiga to‘g‘ri keladi va jami yetishtirilayotgan hosilning 40 foizi 
ushbu mintaqa hissasiga to‘g‘ri keladi. Meva yetishtiruvchi yetakchi davlatlar - 
Xitoy (12 foiz), Hindiston (10 foiz), Braziliya (8 foiz), AQSh (7,5 foiz ) va Italiya 
sanaladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yer yuzida
 
7,7 mln ga ga yaqin hudud uzumzorlar 
bilan band. Asosiy uzum yetishtiruvchi rayon G‘arbiy Yevropa mintaqasi bo‘lib, 
jami hosilning deyarli yarmi uning hissasiga to‘g‘ri keladi. Masalan O‘rta yer 
dengizi sohillarida dunyodagi eng yirik uzum yetishtiuvchi mintaqalar joylashgan 
bo‘lib, ular aynan bu borada yetakchilik qiluvchi mamlakatlar jumladan, Italiya, 
Fransiya va Ispaniya singari vino ishlab chiqrishga ixtisoslashgan davlatlarga 


153 
tegishli. Hozirgi kunda uzum yetishtiruvchi asosiy davlatlar quyidagilar: Italiya, 
Frantsiya va AQSh.
Sitrus mevalar (apelsin, mandarin, limon, greypfrut) yetishtirish asosan 
subtropik mintaqalar uchun xos bo‘lib, bunda bir yillik hosil 100 mln t, shu 
jumladan apelsin yetishtirish 64 mln t. ni tashkil etadi. Apelsin yetishtiruvchi 
asosiy mintaqalar Janubiy (Braziliya) va Shimoliy Amerika(AQSh), shuningdek 
G‘arbiy Yevropa (Ispaniya, Italiya) hududlari hisoblanadi. Greypfrut yetishtiruvchi 
asosiy davlat - AQSh bo‘lsa, mandarin yetishtiruvchi asosiy davlatlar Yaponiya, 
Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi sanaladi.
Banan–tropik Osiyoning issiqsevar o‘simliklaridan biri bo‘lib, uni 
yetishtiruvchi asosiy rayonlar: Osiyo (jami dunyo mahsulotining 2/5), Janubiy 
Amerika (1/4), shuningdek, Shimoliy Amerika (Markaziy Amerika bilan 
birgalikda) va Afrika. Banan yetishtiruvchi asosiy davlatlar-Hindiston, Braziliya, 
Ekvador, Filippin va Meksika. 
Quvvat beruvchi o‘simliklarga kofe, kakao, va choy kiradi. Ushbu ekinlar 
tropik va subtropik mintaqalarda yetishtiriladi. Jahon savdosida eksport hajmi va 
tannarxi bo‘yicha birinchi o‘rinda kofe, undan keyingi o‘rinlarda kakao va choy 
turadi.
Kofe -
 
tropik bo‘ta o‘simlik bo‘lib, kelib chiqishi hozirgi Efiopiya hududi 
bilan bog‘liq. Aslida Afrika qit’asiga tegishli ushbu o‘simlik keyinchalik Lotin 
Amerikasining eng muhim madaniy o‘simligiga aylangan. Bugungi kunda uni 
yetishtiruvchi asosiy mintaqa sifatida Janubiy va Markaziy Amerika yetakchi o‘rin 
egallaydi. Bunda eng oldingi o‘rinlarni Braziliya (1/5) va Kolumbiya egallaydi. 
Shuningdek yetakchi hosil Indoneziya, Meksika, Vyetnam, Gvatemala va Keniya 
uchun xos. Kofe yuqori eksportbob mahsulot sifatida ko‘pchilikka ma’lum. 
Yetakchi eksporter davlatlar - Braziliya, Kolumbiya, Meksika, Indoneziya, 
Uganda, Gvatemala va Hindiston hisoblanadi. Asosiy import qiluvchi davlatlar – 
AQSh va G‘arbiy Yevropa davlatlaridir.
Kakao - kelib chiqishi Janubiy Amerika materigi uchun xos bo‘lib, asosan, 
oziq-ovqat sanoatida, shokolad ishlab chiqarishda, shuningdek, kosmetikada 


154 
foydalaniladi.
 
Kakao plantatsiyalari XX asrning boshlarida Janubiy va Markaziy 
Amerikadan keltirilgan urug‘ va ko‘chatlar hisobiga shakllandi. Shu asrning 70-
yillarida jahon bo‘yicha uning jami hosili kamaygan bo‘lsada, biroq bu davrda
mazkur mahsulotni yetishtirishda Osiyo qit’asining o‘rni juda tez ko‘tarildi.
Kakao yetishtirishda yetakchi mamlakat hamon Kot-d-Ivuar (jami hosilning 
1/4), keyingi o‘rinlarni Braziliya, Gana, Indoneziya va Malayziya egallaydi. 
So‘nggi o‘n yillikda Nigeriyaning o‘rni ancha pasaygan. Kakao donalarining 
eksportbobligi juda yuqori bo‘lib asosiy yetishtiruvchilar – yetakchi eksport 
qiluvchilar hamdir. Uni import qiluvchi yetakchi davlatlar: AQSh va G‘arbiy 
Yevropa hisoblanadi.
Choy 

subtropik va tropik zonalarning muhim madaniy o‘simligi bo‘lib, 
uning kelib chiqishi janubi - g‘arbiy Xitoy hududi bilan bog‘liq. So‘nggi yarim asr 
davomida uni ishlab chiqarish 4 marta ortdi, unga ajratilgan yerlar 50% ga 
kengaydi. Eng muhimi hosildorlik sezilarli tarzda o‘sdi.
2016 yilda jahonda choy yetishtirish. (42-jadval) 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish