1.4. Jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishda jamg’arma
uyushmalarining faoliyatlari
Mustaqillik sharoiti davrida aholining ijtimoiy turmush darajasini tobora oshirish milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni jahon xalqlarining ilg’or madaniyati bilan boyitish «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish va boshqa sohalarda ko’maklashuvchi
jamg’arma uyushmalari tashkil qilindi. Ularning qisqacha faoliyatlari bilan quyida tanishish mumkin.
«Navro’z» xayriya jamg’arma uyushmasi mustaqillik sharofati bilan yuzaga kelgan ilk tashkilotlardan hisoblanadi. U asosan har yili o’tkaziladigan bahor bayrami - «Navro’z»ni tashkil qilish, ko’pgina sohalar kabi jismoniy tarbiya va sportga ham moddiy yordam berish faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda.
«Mahalla» xayriya jamg’armasi mahalla oqsoqollari jamoalarini birlashtiruvchi tashkilotdir. Jamg’arilgan mablag’larni kam ta’minlangan oilalar, nogironlar, faxriylarni moddiy rag’batlantirishga, shuningdek, mahallalarda o’tkaziladigan madaniy va ommaviy sport tadbirlariga sarflaydi.
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatlik markazining xayriya jamg’armasi ham shu nom bilan yuritiladi. Yurtimizda milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni kengaytirish va boyitish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan (1993 yil, aprel) bu markaz tashkil etildi. Bu markaz ilmiy-amaliy anjumanlar, ommaviy sport tadbirlarini o’tkazish hamda jamg’arma hisobidan sportga moddiy yordam berishda faol ishtirok etmoqda.
«Sog’lom avlod uchun» jamg’rama uyushmasi O’zbekiston Prezidentining 1993 yil 4 martidagi «Sog’lom avlod uchun» ordenini ta’sis etish to’g’risidagi farmoni asosida vujudga kelgan hukumatga qarshi bo’lgan tashkilotdir. «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirish, ayniqsa o’quvchi-yoshlarning ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish, ularga moddiy yordam ko’rsatishda xizmatlari g’oyat kattadir.
«Ekosan» xalqaro jamg’arma uyushmasi sifatida jahondagi ko’pgina nufuzli tashkilotlar qatoriga ko’tarildi. Uning asosiy maqsad va vazifalari atrof-muhitni kuzatish, nazorat qilish, tozaliqni saqlash va tabiatni muhofaza qilishdir. Bu yo’lda Orol dengizi muammolari va shunga o’xshash o’ta muhim ishlar bilan shug’ullanib keldi. O’z navbatida sayohatchilar, o’quvchi yoshlarning ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham ma’lum darajada o’z hissalarini qo’shmoqda.
Yoshlar Ittifoqi o’quvchi yoshlar, Talabalarning ta’lim-tarbiya, kasb-hunar, texnikani egallash, salomatlik, sport, madaniyat sohalaridagi faoliyatlarida amaliy jihatdan ko’maklashadi. U Xalqaro Kurash, Assotsiatsiyasi faoliyatida ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan tashkiliy, moddiy yordam berish ishlarida bevosita ishtirok etadi. Respublikamizda «Bolalar» xayriya jamg’armasi, «Nuroniy» xayriya jamg’armasi va shunga o’xshash ko’pgina xayriya jamg’armalari mavjuddir. Ular o’z sohalarida o’tkaziladigan madaniy tadbirlarda ko’maklashadi va belgilangan tartibda moddiy yordam beradi.
Shuni ham ta’kidlash zarurki, yuqorida nomlari qayd etilgan jamg’arma uyushmalarining viloyat, tuman-shahar bo’limlari, ularning ko’pgina jamoalarda boshlang’ich tashkilotlari amaliy jihatdan faoliyat ko’rsatib, yaxshi samaralarga erishmoqda. Ular faoliyatida ommaviy sport tadbirlari va xalq milliy o’yinlarini tashkil qilishda amaliy jihatdan katta ahamiyat kasb etmoqda.
19
Talabalar bilimlarini mustahkamlash va o’zlashtirishini nazorat etish savollari
1.Boshqaruv organi nima?
2.Boshqarishning umumdavlat organlariga qaysi organlar kiradi?
3.Boshqaruv vakolatlari deganda nima tushuniladi?
4.Boshqaruv vakolatlari qanday turlarga bo’linadi?
5.Davlatni boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga qanday vakolatlar berilgan?
6.Qonun chiqaruvchi organ qaysi va uning qanday tuzilmaga ega?
Davlatni boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning vakolatlariga nimalar kiradi?
Vazirlar Mahkamasi qanday organ?
9.Parlament tizimi qanday vakolatlarga ega?
Boshqarishning maxsus vakolatlarga ega bo’lgan organlariga qaysi idoralar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |