1.3. Respublika jamoat tashkilotlarining turlari
Sport tashkilotlari. O’zbekistonda sport tashkilotlari va sport jamiyatlari kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya - sport jamiyati «O’zbekiston», «Dinamo», «Mehnat o’rinbosarlari» faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ijtimoiy-madaniy va aholining ishlab chiqarishdagi faoliyatlariga asoslangan holda sport jamiyatlarining nomlari («Spartak», «Burevestnik»,
«Mehnat», «Paxtakor», «Yosh kuch» va boshqalar) turli davrlarda (1936-1940, 1950-1957, 1987) o’zgartirildi va ular birlashtirildi. Ular o’z taraqqiyoti tarixiga egadir. Bu haqda to’la ma’lumotlarga ega bo’lish uchun R.Abdumalikov, T.T.Yunusov, A.K.Akramov va boshqalarning o’quv-uslubiy qo’llanmalariga murojaat qilish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi davlat organi sifatida respublikada jismoniy tarbiya, sport, xalq milliy o’yinlarini aholining kundalik turmushiga singdirish va ularga bevosita bog’liq bo’lgan qator tadbirlarni olib borish bilan shug’ullanadi. Uning asosiy maqsadi va vazifalari alohida Nizomda qayd etilgan. Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo’yicha jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatuvchi sport jamiyatlari mavjuddir. Ular tarkibiga quyidagilar kiradi:
Respublika Kasaba uyushmalari federatsiyasi qoshidagi «O’zbekiston» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, mehnat jamoalarida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish bilan faoliyat ko’rsatadi. SHuningdek, uning tarkibida terma sport jamoalari, bolalar va o’smirlar sport maktablari mavjuddir.
«Dinamo» sport jamiyati. Bu jamiyat, asosan, ichki ishlar idoralari xodimlari va ular bilan bog’liq korxonalar, muassasalarda mehnat qiluvchilar bilan jismoniy tarbiya ishlari olib boradigan tashkilotdir.
«Yoshlik» (sobiq «Mehnat rezervlari» va «Yosh kuch» sport jamiyatlari uyushmasi) sport jamiyati o’z faoliyatini maktab talabalari, «Talaba» sport uyushmasi, o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalari Talabalari bilan ommaviy sport tadbirlarini o’tkazishda namoyon etadi.
«Vatanparvar» tashkiloti O’zbekiston mudofaasiga ko’maklashuvchi tashkilot sifatida o’quvchi-yoshlar va ishchilar orasida sportning harbiy-texnika bilan bog’liq turlarini tashkil etadi (parashyut, avto-motoklub, radio-texnika va hokazo).
Markaziy harbiy sportklubi - maxsus sportklub sifatida faoliyat ko’rsatib, asosan, harbiy tashkilotlarda sport ishlarini uyushtirish bilan faoliyat ko’rsatadi.
Keyingi yillarda o’z maqomiga ega bo’lgan futbol, karate, taekvondo, dzyu-do, kurash, turon kabi sport turlari bo’yicha maxsus sport uyushma (federatsiya)lari tashkil etildi.
Yuqorida qayd etilgan sport tashkilotlari va klublarning maxsus nizomlari, ustavlari mavjud bo’lib, ularda xaq-huquqlari to’la aks ettirilgan. Bu haqda keyingi boblarda batafsil so’z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |