129
kompyuter bilan ishlaydigan qurilmalarning kombinatsiyasidan tashkil
topgan qurilmalar deb ham ataladi.
Boshqa xususiyati bo‘yicha kiritish/chiqarish qurilmalarni blokli
va belgili turlariga ajratish mumkin.
Blokli qurilmalar har birining o‘z manzili bo‘lgan, belgilangan
uzinlikdagi bloklarda axborotni saqlovchi qurilmalarni o‘z
ichiga
oladi. Blok hajmi odatda 512 dan 65536 baytgacha o‘zgaradi. Blokli
qurilmaning muhim xususiyatlaridan biri, har bir blok qolgan
bloklardan mustaqil o‘qish va yozish mumkinligidir.
Eng keng
tarqalgan blokli qurilmalar – bu qattiq disklar, Blu-ray disklari va
USB flesh xotira.
Agar e’tibor bilan qaralsa qurilmalar o‘rtasida chegara blok
bo‘yicha manzillanadi, va qurilma qa’tiy belgilanmagan to‘g‘ridan-
to‘g‘ri manzillash mumkin bo‘lmagan alohida qurilmani ko‘rish
mumkin. Disk blokli manzillash
qurilmasiga asoslangan, chunki
diskni o‘quvchi qurilma joriy holatiga bog‘liqlikdan tashqari har doim
uni belgilangan silindrga o‘tkazish, so‘ng kerakli yo‘lakka alohida
blokni yozish yoki o‘qish mumkin bo‘ladi. Magnitli tasma
(magnitafon) - diskni zahira nusxalarini saqlash uchun ishlatiladi.
Tasmada blok ketma-ketlikda saqlanadi.
Agar magnitafon, bir nechta
buyruqlarni o‘qishni buyursa, undan tasmani qaytadan o‘rash talab
etiladi va jarayon hali beri yakunlovchi blokni berguncha ma’lumot
o‘qish boshlanadi. Bu operatsiya diskda bloklarni izlashga o‘xshaydi,
u sezilarli darajada katta vaqtni oladi.
Kiritish/chiqarish qurilmasini boshqa turi - bu belgili qurilma.
Belgili qurilma hech qanday blokli tuzilishiz oqim belgili taqdim
etiladi yoki qabul qilinadi. Belgili qurilma
manzillanmaydi va izlash
operatsiyasini bajarmaydi. Printer, tarmoq interfeysi (kartasi),
sichqoncha va diskga o‘xshash bo‘lmagan boshqa qurilmalarni belgili
qurilma sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Bunday sxemani toifalarga ajratib bo‘lmaydi. Ayrim qurilmalar
hech bir toifaga mos kelmaydi. Masalan, soatlar blokli manzillashga
kirmaydi. Shuningdek ular shakllanmaydi va belgili oqimlarni qabul
qilmaydi. Ularning barchasida qa’tiy
belgilangan vaqt momentida
to‘xtalish sodir bo‘ladi. Blokli va belgili qurilmalarning barcha
qismlari
yetarlicha
ko‘p
narsalarni
o‘z ichiga olgan va
kiritish/chiqarish qurilmasidan mustaqil operatsion tizim dasturiy
ta’minoti uchun asosiy ishlarni amalga
oshirishga imkon beradigan
130
qulay vosita hisoblanadi. Fayl tizimi mavhum blokli qurilma bilan
muloqot qiladi, qurilmaga bog‘liq qismi dasturiy ta’minotning past
pog‘onasida - qurilma drayverida qoladi.
Kiritish/chiqarish qurilmasi ishlash tezligi oralig‘i juda keng.
Turli sinflarga tegishli va har bir sinf doirasidagi kiritish/chiqarish
qurilmalari o‘rtasida sezilarli darajada farqlanishlar mavjudligini
ta’kidlash joiz.
Bu farqlanish ma’lumot uzatish tezliklari bilan qurilmaga xizmat
ko‘rsatish sifatini ta’minlashga imkon beradigan dasturni sezilarli
darajada murakkablashtiradi. Yildan yilga ko‘plab kiritish/chiqarish
qurilmalari ishlash tezligi o‘sib bormoqda.
Bu farqlanishlar quyidagi
xarakteristikalarga taalluqli:
Ma’lumotlarni uzatish tezligi (bir nechta qatorga farqlanadi);
Qo‘llash. Qurilmani qo‘llab-quvvatlovchi har bir amal
dasturiy ta’minot va operatsion tizimning algoritmiga ta’sir ko‘rsatadi
(masalan, fayllar yoki virtual xotiraning sahifalarini saqlash uchun
foydalaniladigan disk, turli dasturiy ta’minotni talab etadi);
4.1- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: