Laboratoriya mashg’ulot 2 Mavzu: RDB dastgohlarida kesuvchi asboblarni ishlov berishga sozlashni o‘rganish Ishdan maqsad: BV-2013 modelli kesuvchi asboblarni avtomatik tarzda o’lchamga sozlash qurilmasini o‘rganish.
Kerakli jihozlar: 3.1. BV-2013 modelli kesuvchi asboblarni o’lchamga sozlash qurilmasi; 3.2. Opravka; 3.3. Mikrometr. 1
Qo‘llaniladigan moslamaning konstruksiyasiga;
2
Moslamada kesuvchi asbobning bazalash usuliga;
3
Asbobni moslamaning yuzasiga mahkamlash usuliga;
4
Asbobni qayta o’rnatishda yuzaga keladigan xatolariga;
5
Sozlash vaqtida kesuvchi asbobning kesish qirralari bilan aloqa qiladigan sirt shakliga;
6
Ishlov berilgan yuzaning shakliga;
7
Ishlatiladigan boshqarish vositalariga;
8
Sozlash joyiga;
9
Sozlovchining malakasiga.
Nazariy ma’lumotlar Asbobni dastgohdan tashqarida o‘lchamga sozlash avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda teskor va almashtiriladigan kesish asboblari va bir xil turdagi yordamchi vositalar yordamida amalga oshiriladi. Haqiqiy sozlash aniqligi bir qator omillarga bog’liq:
Ko‘p operatsiyali dastgohlarda ishlov berishda ko‘plab kesish asboblari qo‘llaniladi. Frezalash dastgohida ko‘plab kesuvchi asboblar (barmoq, torets, silindrik, disk, shakldor frezalar) parma, zenker, razvyortka, metchik, yo’nib kengaytiruvchi keskichlardan foydalaniladi. Kesish asbobi yordamchi Shpindelga maxkamlanadi. Kichik o’lchamdagi asboblar sangali patronlarga mahkamlaladi (2.1.a-rasm). Diametri 10 mm dan katta bo‘lgan kesish asboblari o’tuvchi vtulkaga o’rnatiladi (2.1.b-rasm).
Kesuvchi asbobini to‘g‘ridan-to‘g‘ri dastgohda yoki dastgohdan tashqarida o’lchamga sozlanadi. Kesuvchi asbobni dastgohda o’lchamga sozlash juda aniq emas, shuning uchun dastgohdan tashqarida kesuvchi asboblarni o’lchamga sozlash usuli qo‘llaniladi.
Kesuvchi asbobni dastgohdan tashqarida o‘lchamga o‘rnatish o‘lcham aniqligi yuqori bo‘lgan asboblar yordamida amalga oshiriladi va sozlangan dastgohlarda avtomatik ravishda o‘rnatilgan o’lchamlarni olish usulida qo‘llaniladi. Kesuvchi asbobni dastgohdan tashqarida sozlash, dastgohning bo‘sh vaqtini kamaytiradi.
2.1-rasm. Kesuvchi asboblarni mahkamlash: a) sangali patronda parmani mahkamlash; b) o’tuvchi vtulkada barmoq frezani mahkamlash; v) opravkada disk frezani mahkamlash. Kesuvchi asbobni dastgohdan tashqarida sozlash uchun mahsus moslama (2.2-rasm). standart opravka qurilmaning Shpindeliga o’rnatiladi. Shu (2) ni kesuvchi asbobga olib kelinadi va olingan natija indikatorda (3) aks ettiriladi. Keyin standart o’rniga to’plamdagi kesuvchi asboblar kiritiladi, shup orqali ko‘rsatgichlar indikator tomonidan qabul qilinadi.
Standart va o’rnatish (2.3-rasm) asboblar o’rtasidagi qiymatlarning farqi sozlash kartasida qayd qilinadi. O’lchangan qiymatlar RDB dastgohining operatori tomonidan tushutishlar kiritiladi.
2.2-rasm. Dastgohdan tashqarida kesuvchi asboblarni sozlash qurilmasi: 1-Shpindel; 2-shup; 3-indikator. 2.3-rasm. Asbobni o’lchamga sozlash: 1-standart opravka; 2-freza; 3-o’tuvchi vtulka; 4-qurilma shpindeli. Asbobni avtomatik tarzda almashtiradigan qurilma bilan jihozlangan dastgohlarda asbob turli qurilma va moslamalardan foydalanib kerakli o’lchamga sozlanadi. Parmalash, yo’nib kengaytirish va frezalash guruhlaridagi dastgohlarda asbob BV-2013 modelli qurilmadan (2.4-rasm) foydalanib o’lchamga sozlanadi.
Qurilma berilgan koordinatalarga ikki usul bilan
asbobning uzunligiga qarab
asbobning diametriga qarab o’rnatiladi
2.4-rasm. Asboblarni o’lchamga sozlash uchun BV-2013 modelli qurilma: 1 — asos; g, 12, 14, 15 — maxoviklar; 3— fiksator; 4 — Shpindel;5 — stopor; 6 — sozlagich; 7 — prizma; v — qo‘zg‘almas tirak; 9 — mikrometrik golovka; 10 — gorizontal karetka; 11 — ustun; 13 — vertikal karetka 4. ISHNI BAJARISH TARTIBI. 4.1. RDB dastgohlarida kesuvchi asboblarni ishlov berishga sozlash haqida umumiy ma’lumotlar.
4.2. BV-2013 modelli asboblarni o’lchamga sozlash qurilmasini ishlash printsipini o‘rganish.
4.3. Tokarlik RDB dastgohlarida kesuvchi asboblarni o’lchamga sozlash uchun ishlatiladigan qurilmalarni ishlash printsipi o‘rganish va tahlil qilish.
4.4. Xulosa.