U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va topologiyalari



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/253
Sana08.01.2023
Hajmi3,88 Mb.
#898350
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   253
Bog'liq
OPERATSION TIZIMILAR

6.2. Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va topologiyalari 
Har qanday tarmoq tizimidagi saytlar ma’lum bir topologiyada, 
tugunlarni bog‘laydigan ulanishlarning (kabellar, simsiz tarmoqlar 
yoki ikkalasi) geometrik joylashuvida bir-biriga fizik yoki mantiqan 
ulanishi mumkin. Eng keng tarqalgan topologiyalar shina, yulduz, 
xalqa, daraxtdir. Har bir topologiyada barcha saytlar o‘rtasida tezkor 
aloqa zarurligi, sayt yoki aloqa liniyasi ishlamay qolish (nosozliklar 
tufayli) holatlari, uzun aloqa liniyalarining narxi va bitta saytni boshqa 
ko‘plab saytlarga ulashning qiyinligi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqliklar 
mavjud. Tarmoqni loyihalashtiruvchisi uchun juda ko‘p yechimlar 
mavjud va ularning barchasi mijozning talablariga javob berishi 
mumkin. Loyihalashtiruvchilar qaysi konfiguratsiyani ishlatishni 
tanlashda to‘rtta mezonni hisobga olishlari kerak:

Asosiy xarajat - tizimdagi turli saytlarni bog‘lash uchun zarur 
bo‘lgan xarajatlar; 

Aloqa narxi - xabarni bir saytdan boshqasiga yuborish uchun 
ketadigan vaqt; 

Ishonchlilik - tizimda havola yoki sayt ishlamay qolgan 
taqdirda ham ko‘plab saytlar bir-biri bilan aloqada bo‘lishining 
kafolati; 

Foydalanuvchi 
muhiti 

biznesni 
muvaffaqiyatli 
investitsiyalash uchun tarmoq javob berishi kerak bo‘lgan muhim 
parametrlar. 
Har bir mijoz uchun bir nechta yechimlar bo‘lishi mumkin. Eng 
yaxshi tanlov barcha to‘rtta mezonni hisobga olishi kerak.
Shina topologiyasi 
Shina topologiyasida barcha tugunlar 6.1- rasmda ko‘rsatilga-nidek 
tarmoqning butun uzunligi bo‘ylab ishlaydigan bitta aloqa liniyasiga 


211 
ulanadi. Qurilmalar kabellar bilan fizik bir-biriga bog‘langan, lekin 
kabellar markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi orqali o‘tmaydi. 
Barcha topologiya oxirida signallarni ifodolovchi terminatorlar 
joylashadi. Xabarlar bitta mashina orqali hammaga jo‘natiladi va faqat u 
kimga mo‘ljallangan bo‘lsa o‘sha uni qabul qiladi. Bunday tarmoq juda 
arzon va sozlash oson hisoblanadi. Kamchiligi umumiy kabel va 
terminator tizimidan chiqishda ishni rad etishi hisoblanadi. Shuningdek 
tarmoqni shikastlangan joyini topish qiyin. 
6.1- rasm. Shina topologiyasi asosida qurilgan tarmoq 
Bunday ulanishda kompyuterlar axborotni faqat navbat bo‘yicha 
uzatishi mumkin, chunki aloqa liniyasi bir dona bo‘ladi. Aks holda 
ustma ust (konflikt) tushishi natijasida uzatiladigan axborot buziladi. 
Ko‘p holatlarda, shinadan foydalanayotganda boshqa topologiyalarga 
nisbatan ulanadigan kabelni eng kam miqdori talab qilinadi. Shuni 
hisobga olish kerakki, har bir kompyuterga (ikkita chetdagilardan 
tashqari) ikkita kabel keladi, bu esa har doim qulay bo‘lmaydi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish