5.6. WLAN, WWAN, WPAN simsiz tarmoqlari
5.6.1. Simsiz tarmoqlarni turlari va ularni chegaralari
Simsiz tarmoqlar uchta asosiy kategoriyaga boʻlinadi: shaxsiy tarmoqlar (Wireless Personal Area), simsiz lokal tarmoqlari (Wireless Local Area, WLAN) va global simsiz tarmoqlar (WirelessWideArea, WWAN).
Simsiz tarmoqlardek maʼlumotlarni uzatish turli faktorlar boʻyicha oʻzgarishi mumkin. Simsiz tarmoqlar tabiiy va sun’iy tashqi xalaqitlarni juda sezuvchan. Haroratni va va namlikni oʻzgarishlari simsiz tarmoqlarni qoplash zonalariga va uzatish radiusiga taʼsir qiladi.
WPAN simsiz tarmog’i
Bunday turdagi simsiz tarmoqlar sichqonchani, klaviaturani va KPK kabi periferiya qurilmalarini. bitta uzelga IK yoki Bluetooth orqali ulaydi.
5.15-rasm. WPAN .WLAN, WWAN, tarmoqlarini fazo kengligida joylashishi
WLAN simsiz tarmogʼi
WLAN tarmogʻi lokal simli tarmoqlarni chegaralarini kengaytiradi (LAN). WLAN tarmogʻi radiochastota texnologiyali va diapazonda ishlaydi va IEEE 802.11 standartini talablariga mos keladi. Bunday tarmoqlarda foydalanuvchilar lokal tarmoqlarga (AccessPoint, AP). orqali ulanishadi. Kirish nuqtasi simsiz uzellarni oʻzaro ulanishlarini va Ethernet. Tarmogʻiga ulanishini taʼminlaydi.
WWAN simsiz tarmog’i
WWAN tarmogʻi katta territoriyalardagi zonalarda qoplashni taʼminlaydi (obespechivaet pokritiya.misolga sotovoy aloqani keltirsak boʻladi.Bu tarmoqlarda kanallarni kodli ajratuvchi (CDMA) koʻp stansiyali kirishlar yoki global mobil aloqa sistemasi (GSM) ishlatiladi. Ularni faoliyatlari odatda davlat korxonalari tomonidan reglamentlanadi.
Yangi texnologiyalar chiqishi bilan tezlik va diapozon yaxshilanmoqda
WLAN, WWAN, WPAN tarmoqlarini tavsiflari.
5.4-jadval.
5.6.2. SSID nomli WLAN tarmogʻi
Simsiz tarmoqlarni tashkil qilganda simsiz komponentlar tegishli WLAN tarmogʻiga ulanishlari kerak.Buning uchun SSID texnologiyasiga xizmat qiluvchi qator identifikatorlar yigʻmasi kerak boʻladi.
SSID – bu harflar va raqamlar qatorlaridan, 32 uzunlikdagi belgiga ega boʻlgan va registrlarga sezgir tarmoqni ismi.Bu identifikator WLAN. Tarmogʻida uzatiladigan hamma kadrlarni sarlavhasida uzatiladi. Identifikator SSID simsiz qurilmalarga qaysi WLAN tarmogʻiga tegishli ekanligini va qaysi qurilmalar bilan bogʻlanganligini aytib beradi.
WLAN. Tarmogʻini turiga qaramasdan hamma simsiz qurilmalar umumiy SSID, identifikatoriga ega boʻlishlari kerak.
WLAN: tarmogʻini oʻrnatish uchun ikkita oʻrnatish usli qoʻllaniladi: maxsus (ad-hoc) va infrastrukturali rejimlar.
Maxsus rejim (Ad-hoc). Eng oddiy tarmoq ikkita va undan koʻproq kliyentlarni bitta rangli (sathli) tarmoqqa birlashtirish orqali tashkil etiladi. Buni maxsuslashtirilgan tarmoq deyiladi va bunda biron boshqa kirish nuqtasi yoʻq. Hamma kliyentlar maxsuslashgan tarmoqni ichida birxil huquqga ega. Bu esa tarmoq qurilmalari orasida qoʻshimcha sarf- xarajatsiz maʼlumotlari almashuvi tashkil etishga imkon beradi.
Infrastrukturali rejim. Katta sathdagi tarmoqlarda simsiz aloqa tarmogʻini biri-biri bilan bogʻlanishlarini boshqarib turadigan yagona qurilma ishlatish kerak. Agar tamoqqa kirish nuqtasi boʻlsa u holda u oʻziga shu vazifani oladi: uzellar qaysi paytda aloqa qilishi mumkinligini aniqlaydi. Bunday rejim aloqa simsiz infrastrukturali rejim deb ataladi. Bu rejimlar uy sharoitida,bizneslarda koʻp ishlatiladi. WLAN tashkilotining ushbu shakli bilan individual CTA qurilmalari bir-biri bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa qila olmaydi, chunki ushbu qurilmalar bir-biri bilan aloqa qilishlari uchun ularga kirish nuqtasidan ruxsat olish kerak . Kirish nuqtasi hamma bogʻlanishlarni boshqaradi va hamma CTA-qurilmalari orasida teng kirish taʼminlab beradi.Bitta nuqtani berkitish zonasini bazali yigʻma xizmatlari (BSS) yoki sotli deyiladi.
Qoplash zonasini kengaytirish uchun taqsimlash sistemasi (DS) orqali birqancha bazali xizmat yigʻmalarini birlashtirish mumkin. Shunday qilib kengaytirilgan xizmat yigʻmalari (ESS) tashkil etiladi.Bu kengaytirilgan xizmat yigʻmalarida birqancha kirish nuqtasidan foydalaniladi. Sotalar orasida maʼlumotlarni yoʻqotishsiz almashish uchun bazali xizmatlar yig’indisi taxminan oʻz aro 10% kesishishlari kerak.Bu kliyentni ikkinchi kirish nuqtasiga birinchi kirish nuqtadan uzilmasdan ulanishga imkon beradi.
5.16-rasm. Simsiz tarmoqda oʻzaro bogʻlanish
Do'stlaringiz bilan baham: |