8-chizma.
Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo tnrlari.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida
boshqacha tartib belgilangan bo'lsa, yoki xorijiy grantlar va kreditlar
taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo'lsa, bunday
hollarda mazkur Nizom tartibi qo'llanilmaydi.
Tenderlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad — bu davlat
byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag'lari foyda-
51
lanish samaradorligin orttirish va sotib olinayotgan xomashyolar,
materiallaming sifat darajasini oshirishdan iborat.
9-chizma.
Tenderlaraing tashkiliy shakllari1.
Tender savdolari xaridlaming faqat manbalaming mavjudligi
va mablag4 bilan ta’minlash miqdorlari to‘g‘risida tasdiqnomalar
(moliya organlari yoki byudjetdan tashqari jamg'armalami tasarruf
etuvchilaming bildirish xati, xorijiy kreditorlar bilan hukumat
kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar
berish to‘g‘risidagi bildirish xati va boshqalar) mavjud bo‘lgan
hajmi bo‘yicha e’lon qilinishi mumkin. Tenderlar tenderlarni
1 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- noyabrdagi 456-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish J.o‘g‘risida»gi
Nizomga asosan.
52
o'tkazishning doimiy yoki vaqtinchalik organi bo'lgan tender
komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh
dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta shartnoma bo'yicha
amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot («buyurtmachi» deb
ataladi) tomonidan tuziladi. Tovar yetkazib berish qiymati 1,0
mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma
bo'yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi
tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan
kelishgan holda tuziladi.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bo'lgan taqdirda ularning
viloyat, tuman, shahar bo‘limlari, 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining
200 0 -yil 2 1 - noyabrdagi 456-sonli Qaroriga ilova qilingan
«Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar
xarid qilish bo'yicha tender savdolari o'tkazish to ‘g‘risida»gi
Nizomi talablariga rioya qilgan holda, tender o'tkazish bo'yicha
buyurtmachilar bo'lishi mumkin.
Tender komissiyasi a’zolari soni toq (odatda kamida to'qqiz,
o'n bir kishi). shu jumladan, uning tarkibi quyidagilardan iborat
bo'ladi:
— buyurtmachining vakillari;
— O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki ularning hududiy
bo'linmalari vakillari (zarur bo'lganda);
— xizmat ko'rsatuvchi tijorat banki va mustaqil ekspert
tashkilotlar vakillari;
— buyurtmachining yuqori tashkilotlari, vazirliklari, idoralari
vakillari;
— tender savdolari xorijiy tovar yetkazib beruvchilami jalb
etgan holda tashkil qilingan taqdirda, transport-ekspeditorlik
kompaniyalari vakillaridan iborat bo'ladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, buyurtmachining yoki unga
qarashli korxonalar va tashkilotlar vakillari soni tender komissiyasi
tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
Tender komissiyasi a ’zolarining tayinlanishi yuzasidan
buyurtmachi javob beradi.
53
Tender komissiyasining ishchi organi tenderlarni o‘tkazishni
(tovar yetkazib beruvchilami oldindan malakali tanlash, tushadigan
takliflarni ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish,
reklama ishlarini tashkil etish, tender komissiyasi hujjatlarini va
shu kabilarni amalga oshirishni) amalda tashkil etuvchi asosiy
organ hisoblanadi.
Buyurtm achining tanlovi bo'yicha shartnom a asosida
ixtisoslashgan tashkilot yoki buyurtmachining o'zi ishchi organ
bo‘lishi mumkin, u zarur bo'lganda shartnoma asosida boshqa
tashkilotlar mutaxassislarini ham jalb etishi mumkin.
Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng
m iqdordan oshadigan b itta shartnom a b o 'y ich a amalga
oshirilganda ishchi organ buyurtmachi tomonidan Vazirlar
Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda
belgilanadi.
Ishchi organ ixtisoslashgan tashkilotning, shuningdek, boshqa
tashkilotlar mutaxassislarining huquq va vazifalari doirasi shartno-
malarda belgilanadi.
Davlat xaridini tashkil etishda buyurtmachi va ishchi organning
funksiyalariga e’tibor beradigan bo'lsak, tenderlarni o'tkazishda
buyurtmachi:
— tenderlarni o'tkazish, ularning o'tkazilish sanasi to'g'risida
qaror qabul qiladi, sotib olinadigan tovarlaming eng yuqori bahosini
belgilaydi va rasmiy farmoyish chiqaradi; ishchi organ faoliyatini
nazorat qilib boradi va tender komissiyasi ishida qatnashadi;
— tender hujjatlarini tayyorlash shartlarini belgilaydi;
— tenderlarni tayyorlash va o'tkazish bilan bog'liq xarajatlarni
amalga oshiradi;
— tender g'olibi bilan shartnoma tuzadi.
Ishchi organ buyurtmachi bilan kelishgan holda:
— savdo va uni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;
— tender hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
— ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi yoki taklifnomalar
jo'natishni tashkil etadi;
— jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi;
54
— da’vogarlami tender hujjatlari bilan tanishtiradi;
— arizalarni qabul qiladi, ularning hisobga olib borilishini,
saqlanishini va maxfiyligini ta’minlaydi.
Tenderlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari oshkoralik,
qarorlarni qabul qilishning obyektivligi, tender qatnashchilariga
teng sharoit yaratish, shu bilan birga mahalliy korxonalarga
ustuvorlik berish hisoblanadi (quyidagi 10-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |