1.2 Bolalar serebral falajining kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish belgilari
Hozirgi kunda DSP rivojlanishi sababi sifatida bosh miyaning turli xil omillar taʼsirida zararlanishi, miyaning maʼlum bir sohalarida nerv hujayralarining notoʻgʻri shakllanishi yoki nobud boʻlishini keltirish mumkin. Ushbu omillarning taʼsiri perinatal davrda yoki bola dunyoga kelganidan soʻng qisqa muddatlarda (4 haftagacha) taʼsir etishi kasallik rivojlanish ehtimolini oshirib yuboradi. DSP rivojlanishining eng asosiy omili – bu gipoksiyadir. Gipoksiya taʼsirida bosh miyaning aynan harakat va koordinatsiyaga javob beradigan markazlari birinchilardan boʻlib zararlanadi. Buning natijasida bolalarda DSP belgilari – mushak tonuslari patologiyasi, parez va paralichlar paydo boʻladi.
Homiladorlik vaqtida DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar quyidagilar:
Fetoplasentar yetishmovchilik;
Yoʻldoshning erta koʻchishi;
Homiladorlar nefropatiyasi;
Homiladorlik infeksiyalari (sitomegalovirus, qizilcha, toksoplazmoz, gerpes, sifilis);
Rezus konflikt;
Homilador ayol somatik kasalliklari (qandli diabet, gipotireoz, yurak tugʻma va orttirilgan nuqsonlari, arterial gipertenziya);
Homiladorlik vaqtida ayolning turli xil travma olishlari.
Tugʻruq vaqtida bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:
Homilaning chanoq bilan kelishi;
Muddatidan oldingi tugʻruq;
Kuchli tugʻruq jarayoni;
Diskoordinatsiyalangan tugʻruq jarayoni.
Tugʻruqdan keyin bolada DSP rivojlanishiga olib keluvchi omillar:
Chaqaloqlar asfiksiyasi (aspiratsiya natijasida);
Gemolitik kasallik;
Oʻpkalardagi tugʻma nuqsonlar;
Ona va bola qoni bir biriga toʻgʻri kelmasligi natijasida bosh miyaning toksik zaharlanishi.
Bolalar serebral falajining klassifikatsiyasi
Bosh miya strukturasi zararlanish sohasiga qarab bolalar nevrologiyasida DSPning 5 turi farqlanadi. Ular orasida eng keng tarqalgani spastik diplegiyadir. Bunday holat barcha DSPlarning 40-80 % ini tashkil etadi.Bosh miyaning harakat markazlari zararlanadi, natijada oyoqlarda parezlar kelib chiqadi. Bosh miyaning faqatgina bir yarimsharida zararlanish roʻy beradigan boʻlsa, harakat buzilishi tananing qarama qarshi tomonida yuzaga chiqadi. Bolalar serebral falajining koʻpgina holatlarida poʻstloq osti markazlari buzilishi bilan bogʻliq giperkinetik shakli uchraydi. Kasallik klinikasida ixtiyorsiz harakatlar – giperkinezlar namoyon boʻladi va bunday holat bola hayajonlanganda, qoʻrqqanda yaqqol yuzaga chiqadi. Miyachaning zararlanishi natijasida atonik-astatik bolalar serebral falaji shakllanadi. Kasallik belgilari statika va koordinatsiya, mushaklar atoniyasi koʻrinishida namoyon boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |