216-guruh talabasi Aliyeva Nozimaning ona tili fanidan “Fe'lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli”



Download 415,2 Kb.
Sana07.07.2022
Hajmi415,2 Kb.
#755074
Bog'liq
ona tili Aliyeva Nozima

216-guruh talabasi Aliyeva Nozimaning ona tili fanidan “Fe'lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli”

Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so`zlar fe’l deyiladi. Masalan: Men olimlarga, ilohiyotchilarga, tarixshunoslarga hurmat-ehtirom ko`rsatdim va e’zozladim. (A.Temur). Mehnat insonda ijodiy kuch uyg`otadi

Grammatikada harakat va holat tushunchasi juda keng. Fe’l holat, belgining yuzaga kelishi, o`zgarishi kabi jarayonlarni ham harakat tarzida anglatadi: o`rik gulladi, yaproqlar sarg`aydi, bola uxlayapti kabi.

Fe’llarning barchasi bir umumiy nima qilmoq? degan so`roqqa javob bo‘ladi.

Fe’l o`ziga xos morfologik belgilarga ega, ya’ni:

1) ish-harakatning bajarilishi haqidagi tasdiq yoki inkorni anglashilishiga ko`ra fe’llar bo`lishli va bo`lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt – bo`lishli, aytma – bo`lishsiz; bilgan – bo`lishli, bilgani yo`q – bo`lishsiz fe’l;

2) ish-harakatning predmetga (to`ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o`timli va o`timsizlik ma’nosini hosil qiladi: o`qimoq, yozmoq - o`timli fe’l; o`tirmoq, chiniqmoq - o`timsiz fe’l;

Bo`lishli va bo`lishsiz fe`llar Harakat-holat bajarilish-bajarilmasligiga ko‘ra 2 ga bo`linadi: bo`lishli, bo`lishsiz. Bo`lishlilik maxsus qo`shimchaga ega emas:

Misol: Mavzu PPTsini ertalab tayyorladim. Men hamma narsani sezib turaman

Bo`lishsizlik hosil qiluvchi vositalar quyidagilar:

1. –ma qo`shimchasi bilan.

Masalan, Sen g`iybatchilar bilan do`st bo`lma.

2. Emas so`zi orqali: Ko`zlarim sendan boshqaga qaragan emas.

3. Na…na yuklamasi orqali:

Na o`qiydi,na ishlaydi.

4. Yo`q so`zi vositasida:

Darsga Nurillo kelgani yo`q.

5. –moqchi edi orqali:

Buni o`z qo`llari bilan sizga bermoqchi edi

-ma qo'shimchasi bilan bo‘lishsiz fe’llar yasash.

Bunda ma qo'shimchasi fe'lning leksik ma'no 

ifodalovchi qismiga qo'shiladi: o'qima, o'qimagan, aytmasa, ko'rib chiqma

Birdan ortiq fe'llardan tuzilgan murakkab 

 fe'llarda ma qo'shimchasi odatda so'nggi kompo-nenti - ko'makchi fe'llarga qo'shiladi. 

Masalan: ko'rib chiqma, olib 

kelma, o'qib ko'rma, olib qola ko'rma

Murakkab fe'lning har ikki komponentiga ma qo'shimchasi qo'shilsa, fe'l bo'lishli fe'lga aylanadi Masalan: o'qimay qo'ymadi -o'qiydi

aytmay qo'ymaydi-aytadi, bormay qo'ymaydi-boradi kabilar. 

Dildora darsga bormay qo‘ymaydi.(– Albatta boradi ma'nosida)

Agar bo`lishsizlik qo`shimchasi –ma yetakchi fe`lda ham, ko`makchi fe’lda ham kelsa, fe`l bo`lishli bo`ladi va ta`kid ma’nosi kuchaytiriladi: • Masalan: Shohruh shaharga kelsa, ammasinikiga kirmay qo`ymaydi.

O‘timli va o`timsiz fe`llar Harakat-holat biror obyektga o`tish-o`tmasligiga ko`ra yoki bajaruvchining o`z ustida bajarilish-bajarilmasligiga ko`ra 2 xil bo`ladi: o‘timli fe’llar va o‘timsiz fe’llar.

O`timli fe’llar- harakat boshqa obyektga o`tadi: Masalan,

Xonani yaxshilab tozalang. O`timsiz fe`llar –harakat bajaruvchining o`z ustida ro`y beradi: Alisher o`ylanib qoldi.

O`timli fe’llar ko`pincha tushum kelishigidagi so`zga bog`lanadi: Choyni novvot bilan iching. Go`dakni issiq kiyintirib yubormang.

Ba`zi fe’llar ham o`timli, ham o`timsiz bo`lib kela oladi: 1. Ukam maktabda o`qiydi. Aqli bor bola kitob o`qiydi. 2. Shoir yangi she`r to`qidi. Buvi nabirasiga paypoq to`qidi.

Fe`l barcha gap bo`lagi vazifasida kela oladi. Buning uchun fe’lning vazifa shakllaridan foydalanamiz. Shuningdek, o`timli-o`timsizlik va bo`lishli-bo`lishsizlik faqat fe’lga xos ko`rsatkich sanaladi.

E'tiboringiz uchun Rahmat


Download 415,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish