I BOB Bolalarda uchraydigan serebral falajini ilmiy adabiyotlarda tahlil qilish
1.1 Bolalar serebral falaji haqida olimlarning ilmiy qarashlarini o’rganishva tahlil qilish
Bolalar Serebral falaji — bu bosh miya harakatlantiruvchi zonalari va bosh miyadagi harakatni yo‘naltiruvchi yollarni zararlan ishi biln kechadigan markaziy nerv sistemasi kasalligidir.Bolalar Serebral falajida miyaning harakat va nutq sistemasida erta organik buzilishlar kuzatiladi. Bu buzilishlaming sabablari turlicha bolishi mumkin: infcksion kasalliar homiladorlik davridagi turli intoksikatsiya va jarohatlanishlar, surunkali kasalliklar, ona va homila qonining rezus faktor va guruhi bo’yicha nomunosibligi. Bundan tashqari homilaning erta yoki kech tug‘ilishi, genetik faktorlar ham asosiy hartlardan bolishi mumkin. Bolalar serebral falaji ona homilasining faoliyatini buzilishi natijasidasodir boladigan akusherlik jarohatlari, tug‘ruq paytida kindikni bo‘yin atrofida o‘ralab qolishi natijasida ham paydo bolishi mumkin.Bunday holatda bolaning markaziy nerv sistemasiga kislorod yetishmay qolib, bosh miya nerv hujayralarini zararlanishiga olib keladi. Bolalar serebral falaji tug‘ruqdan keyin neyroinfeksiyalarning kechishi va bosh miyani qattiq jarohatlanishidan ham kelib chiqishi mumkin . Bolalar serebral falaji (DSP) – perinatal davrda bosh miyaning turli xil strukturalarida boʻladigan oʻzgarishlar natijasida kelib chiqadigan harakat doirasidagi patologiyalar bilan kechadigan umumiy tushunchadir. Bolalar serebral paralichi mono-, gemi-, para- tetraparalich va parezlar, mushak tonusidagi patologiyalar, giperkinez, nutqdagi kamchiliklar, harakat koordinatsiyasi buzilishi, bolaning motorik va ruhiy jihatdan rivojlanishdan ortda qolishi bilan kechadi. BSF (DSP) da aqliy zaiflik, psixologik oʻzgarishlar, epilepsiya, eshituv va koʻrish qobiliyatidagi oʻzgarishlar ham rivojlanishi mumkin. Kasallik anamnez va klinik belgilarga asoslangan holda tashxislanadi. DSP bilan kasallangan bolalar butun umri davomida realibitatsion markazlarda davolanishlari, medikomentoz muolajalar olishi, talab etilsa, jarrohlik amaliyoti bajarilishi lozim boʻladi. Butun jahon miqyosida DSP kasalligi har 1000 ta bolaning 1,7-7 tasida kuzatiladi. Chala tugʻilgan bolalarda bu koʻrsatkich 10 barobar yuqori boʻladi. Soʻngi izlanishlarda chala tugʻilgan bolalarning 40-50 % ida ushbu patologiya kuzatilishi oʻrganilgan. Pediatriya sohasida bolalar serebral falaji kasalligi yetakchi muammolar qatorida turadi. Bunga sabab ekologiyaning yomonlashuvi, neonatologiya sohasining rivojlanishi, chala tugʻilgan bolalarning yashab qolishi (hatto 500 gr tugʻilgan bolalar ham yashab qolishmoqda) kasallikning keng tarqalishi va dolzarb mavzu ekanligini anglatadi. Geppokrat tomonidan aytib o’tilgan, fransuz shifokori Pol Broka tomonidan bosh miyada nutq markazi mavjudligi va bu markaz jaroxatlanishi nutq buzilishini keltirib chiqarishi mumkinligini ko’rsatib bergan. Xuddi shunga o’xshash kashfiyot Vernike tomonidan ham amalga oshirilgan: nutqni tushunishda bosh miya qobig’ining orqa bo’lagi katta rol o’ynaydi bu qismda begona nutqni qabul qilish jarayoni ro’y beradi. Bu yillarda olimlarning ilk kelib chiqish sabablariga ko’ra nutq buzilishlarini tasniflashga urinadilar.
S.M. Dobrogayev nutq buzilishlari sabablari orasida quydagilarni ko’rsatgan:
1. Oliy nerv faolyati kasalliklari.
2. Anatomik nutq apparatida patalogik o’zgarishlar.
3. Bolalikdan tarbiyaning yetishmaganligi.
4. Organizimning umumiy nevropatik holati.
M.E. Xvatsiv ilk bor nutq buzilishlari sabablarini ichki va tashqi omillarga ajratdi. Shu bilan birga u organik (anatomo-fiziologik, marfalogik), funksional (psixogen), ijtimoiy psixalogik va psixonevralogik sabablarini ajratib ko’rsatdi.
Hozirgi vaqtda P.K. Anoxin, A.N. Leonteva, A.R. Duriya va boshqa olimlarning olib bogan tadqiqotlariga ko’ra har qanday psixik funksiyaning asosi alohida markazlar bo’lmay balki markaziy asab tizimining turli joylarida joylashgan murakkab funksiyalar tizimi hisoblanadi.
Kusmaul tomonidan dislaniyani dizartriyadan ajratdi, va u dislaniyani funksiyanal va mehanik shakllarni ko’rsatib berdi.
A.A. Leontev, L.S. Vigodiskiy bayon qilgan nutq jarayonni qurilishiga asoslanib nutq paydo bulishining quydagi jarayonlarni ajratadi: motiv fikr(nutq intinsiyasi), ichki rejalashtirish, leksik kuchaytirish va grammatik konstruksiyalash, motor ishlab chiqarish, tashqi nutq.
Leksik-grammatik kuchaytirish bosqichi o’z mexanizmlari bilan ajralib turadigan ikkita operatsiyani o’z ichiga oladi: sintaksis konstruksiyaning paydo bo’lish ishi hamda uning til darajasidagi alohida til kodlari va boshqalarda amalga oshiriladigan leksik to’ldirish. Shundan so’ng motor ishlab chiqarishi davom etadi. Misol uchun alaliyani o’rganishda pisixolingvistik yondashish ana shu nutq buzilishi mexanizimini chuqur ochishga nuqsonni tuzulishini aniqlashga bu buzilishni til buzilish deb belgilashga imkon beradi.
Dizartrik bolalar bilan olib boriladigan logopedik ishlarning usullari A.G. Ippolitova, O.V. Providina, M. Mastikova, G.V. Chirkina, I.I. Panchinko tomonidan ishlab chiqilgan. A. Tretu fikricha alaliyali bolalarda diqqat va hotira yetarli emasligi natijasidir deb takidlaydi. Libman alaliyada nutqning to’liq emasligini intilektual yetishmovchilik bilan bog’laydi. Alaliyani o’rganishda katta xissa qo’shgan olimlar, bular Gudsman, Libman, Bogdanov-Berezoviskiy, Freshelz keyinchalik esa Xvatsev, Tragovott, Orifiniskaya, Livina, Vilixova, Ye.F. Sobitovich va Vorogoyeva va boshqalar. Legotiskiy, R.Ye.Livina, A.R. Nuriya A.A. Leontevlar psixik jarayonlar hamda nutqning birligi va uzluksizligi haqidagi holat, faolyatning shaxs shaklanishdagi yetakchi omil sifatidagi ahamiyati to’g’risidagi holat, nutqiy faolyatining murakkab tizimli funksional birlik sifatidagi ahamiyati to’g’risidagi holatlarni aniqlagan. Shu jumladan L.S. Volova, L.S. Vegodiskiy, R.I. Lalayeva, A.R. Luriya, Ye.M. Masikova nutqiy defect strukturasi to’g’risidagi zamonaviy ta’savvurlar va qarashlarni, A.V. Zaporojets, D.B. Elkoninlar esa maktabgacha tarbiya yoshini inson kamolotining muhim bosqichi sifatida qabul qilgan konsepsiyasi, L.S. Vegodiskiyning rivojlanishning yaqin zonasida ta’lim olishning ahamiyati to’g’risidagi qarashlari, L.A. Venger, M.V. Krulext, A.M.Leushina, V.A. Petroviskiylarning pedagogik texnalogiyalar va pedagogik tizimni tashkil etishadi
Kо‘rish-motor faolligi esa о‘z navbatida oftalmokinez jarayonlarining normal kechishi (kо‘z harakatlari), mustahkamlovchi (parvotsellyulyar) va fazolovchi (magnotsellyulyar) kanallarning normal ishlashi, barqaror binokulyar nazorat kabi jarayonlarning yaxshiligi bilan ta’minlanadi.
Yozma nutq faoliyatini tо‘liq amalga oshirish uchun optimal yarim sharlararo о‘zaro ta’sir zarurdir. Bilimlarni о‘zlashtirishning boshlang‘ich bosqichida kо‘rish - fazoviy ma’lumotlariga perseptiv ishlov berish uchun javob beradigan katta funksional og‘irlik miya tizimiga tushadi, sо‘ngra ahamiyati
Fonematik tamoyil (grafikaning asosi) mantiqan yetakchi hisoblanadi, biroq uning qо‘llanilishi morfologik va an’anaviy tamoyillar bilan keskin chegaralangan. Bu bir qator istisnolarga ega bо‘lgan asosiy qoida. Masalan, fonematik tamoyillarga binoan, harfli belgilash - sо‘zning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyasiga qarab, sо‘zda eshitilib turadigan fonemalariga tо‘liq mos keladi (“qanday eshitsang, shunday yoz”).
R.Ye.Levina, L.F.Spirova, G.A.Kashe, R.A.Belova-David, R.I.Lalayeva va boshqa olimlar orfografiyaning fonetik tamoyilini muvaffaqiyatli о‘zlashtirish uchun bola egallashi lozim bо‘lgan quyidagi bilim va kо‘nikmalarni ajratadi:
- sо‘zda bir-biriga yaqin fonemalarni farqlash (fonematik qabul qilish);
-sо‘zning tovushli tarkibi haqidagi tasavvurlarning aniqligi va konstantligi (fonematik tahlil);
- tovush harfli assotsiotsiyalarning aniqligi, fonematik idrok, kо‘ruv idroki va fazoviy mо‘ljal olish1.
Umumlashtirish nafaqat sо‘zning tovushli, balki morfologik tahlili jarayonida hosil qilinadi”. Bundan kelib chiqadiki, orfografiyaning morfologik tamoyili sо‘zlarning turli morfemalarini yozilish xususiyatlarini belgilab beruvchi grammatik qoidalarni о‘zlashtirishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |