6.4.-Rasm. Yorug’lik
ogohlantirgichi
Standart buyicha detektor tutun sezish masofasi 7,5 mdan oshmasligi,issiklik detektorlar – 5,3 m gorizontal proeksiya buylab. Shunday kilib ogoxlantirgiyalarni joylashtirishda xona turiga karab joylashtirish oson.: eng yakin ogoxlantirgichgacha gorizontal proeksiya buylab 7,5 mdan oshmasligi kerak, tutunli – 5,3 mdan ortmasligi kerak. Kuydagi joylashtirish oraligi ya`ni orasidagi masofa 10,5 m, tutunli- 7,5 m (chiz. 1). Ogoxlantirichlarni ekonom kilish darajasi (taxminan 1,3 barobar) katta xonalarda joylashtirish kuydagi chizmada keltirilgan asosan uchburchak shaklida joylashtiriladi.
6.5.-Rasm.Ogohlantirigchlarni urnatish chizmasi .
VARIANTLAR
Var.
|
issiklik
|
tutunli
|
1
|
46X125.
|
67x89
|
2
|
50x67
|
78x65
|
3
|
87x90
|
110x95
|
4
|
95x125
|
115x135
|
5
|
84x143
|
55x85
|
6
|
98x106
|
86x78
|
7
|
35x65
|
91x96
|
8
|
58x85
|
87x95
|
9
|
38x92
|
95x45
|
10
|
39x45
|
65x75
|
6.1.-jadval
№
|
Xona yuzasi (m2)
|
Ogohlan. Soni (dona.)
|
Devordan masofa
(metr)
|
Radiusi .
(metr)
|
Orasidagi masofa
|
1
|
Tutunli (……..m2)
|
|
|
|
|
2
|
Issiqlik (…….m2)
|
|
|
|
|
7 - LABORATORIYA ISHI
SHAXSIY VA KOLLEKTIV XIMOYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH
Ishning maqsadi: O`t o`chirgichlarning tuzilishi, zaryadlash qoidalari, ishlatilish sohalari va usullari bilan tanishish. O`t o`chirgichlarni amalda ishlatish bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Mashg’ulot rejasi:
1. Umumiy ma`lumotlar. O`t o`chirish moddalarining tasnifi va xususiyatlari.
2. O`t o`chirgichlarning tavsifi, tuzilishi, zaryadlash va saqlash qoidalari.
3. O`t o`chirgichlarning talab etiladigan sonini aniqlash.
4. Hisobot tarkibi.
Kerakli jihozlar: Turli xil markadagi o`t o`chirgichlar, ularning qirqimlari, ko`pik olishda ishlatiladigan kimyoviy reagentlar (kislota va ishqor), 10-l sig’imli satil, 0,5-1,0 l. sig’imli polietilen banka.
Topshiriqlar:
1. O`t o`chiriuvchi moddalarning xususiyatlari bilan tanishing.
2. O`t o`chirgichlarning tavsifi, tuzilishi, ish tartibi, zaryadlash va saqlash qoidalari bilan tanishing.
3. OP-5 o`t o`chirgichi korpusini gidravlik presslash yo`li bilan mustahkamligini sinang.
4. OP-5 o`t o`chirgichini zaryadlang va ishlatib sinang.
Tayanch iboralar: yong’in, yong’inga xavfli, yong’inga xavfsiz, o`t o`chirish moddalari, o`t o`chirgichlar, ko`pik, havo-ko`pik, ko`pik karraligi, kislota, ishqor, ishchi bosim.
7.1. Umumiy ma`lumotlar. O`t o`chirish moddalarining
tasnifi va xususiyatlari.
Yong’in – bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo`ladigan va katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayonidir.
Obyektning yong’in xavfliligi deganda, Obyektning yong’in sodir bo`lishi mumkin bo`lgan holati va yong’inning oqibatlari tushuniladi.
Obyektning yong’in xavfsizligi deganda, belgilangan me`yorlar va talablar asosida obyektda yong’in sodir bo`lish xavfi hamda uning xavfli va zararli omillarini inson hayotiga ta`siri cheklangan, obyektdagi materiallar to`liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong’in vaqtida sodir bo`ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta`sirida material boyliklar nobud bo`lishi va baxtsiz hodisalar ro’y berishi mumkin. Yong’inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong’inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo`ladigan turli xil zaharli gaz va bug’lar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo`lishi, qurulish konstruktsiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong’in vaqtida sodir bo`ladigan portlash, portlashdagi to`lqin zarbasi, portlash ta`sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |