6.Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Lingvistik tipologiyaning asosiy vazifalari.Ferdinand de Sossyur lingvistik nazariyasi
Reja:
Tavsifiy metod
Tasviriy metod
Xulosa
Ob’ektni bilish jarayonida tadqiqotchi unga muayyan metodologiya va tekshirish metodi asosida yondashadi. O‘rganilayotgan ob’ektni qay darajada ob’ektiv izohlash tadqiqotchining qanday metodologiya va tadqiqot metodiga tayanishiga bog‘liq. SHuning uchun har qanday fanda metodologiya va metod tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
Har qanday fan maxsus tadqiqot metodlarini ishlab chiqadi. Bu ilmiy tadqiqot metodlari falsafiy va mantiqiy metodlar bilan umumilmiy metodlar orqali muvofiqlashadi.
Xususan, tilshunoslikda qo‘llaniladigan metodlar matematika yoki fizikada qo‘llaniladigan metodlardan farqlanadi. Fizikada asboblar yordamidagi eksperiment metodi ustuvorlik qilsa, tilshunos matn tahlili va uni umumlashtirish usulidan ko‘proq foydalanadi.
Metod atamasi bilan metodika atamasi ko‘p hollarda sinonim sifatida ishlatiladi. Lekin metod va metodika bir-biridan farqlidir. Metod bilish usuli, metodika bilish usulida qo‘llaniladigan yo‘l-yo‘riqdir.
Metodologiya umuman ilmiy metod haqidagi ta’limot hamda xususiy fanlar metodlari haqidagi ta’limot, ya’ni bilish faoliyati yo‘llari haqidagi ta’limot sifatida har qanday fan nazariyasi va amaliyotida katta ahamiyatga ega.1
Ko‘rinadiki, metodologiya va metod tushunchalari o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Xususiy fan metodlari bilan umumiy ilmiy metod bir-biri bilan munosabatda.
Bilish usullari umumiy va xususiy bo‘ladi. SHuning uchun u falsafiy metod, ya’ni umuman bilish usuli haqidagi metod va umumilmiy metodlarga bo‘linadi. Birinchi holatda metodologiya u yoki bu falsafiy sistemaga xos bilish metodi tamoyillariga muvofiqligi sifatida tushunilsa, ikkinchi holatda metodologiya u yoki bu fan tarmog‘iga xos tadqiqot metodlari haqidagi ta’limot sifatida tushuniladi.
Fan metodologiyasi bilishning falsafiy metodining muayyan fan doirasida o‘rganilayotgan ob’ekt xususiyatlaridan kelib chiqqan holda konkret qo‘llanilishidir.
Falsafiy metod, ya’ni bilish metodi tabiat, jamiyat va tafakkurning umumiy qonuniyatlari haqidagi ta’limot sanaladi.
Umummetodologik tamoyillar turli fanlar bergan ma’lumotlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi.
Tilshunoslikda tavsifiy, qiyosiy-tarixiy, struktur singari metodlar qo‘llaniladi va ulardan qaysi birining ustuvor metodga aylanishiga ko‘ra tilshunoslik tarixi ham turli bosqichlarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |