Tuzuvchi: Katta o’qituvchi M. Abduraxmanov Taqrizchi: katta o’qituvchi D. Yoldosheva



Download 273,02 Kb.
bet13/38
Sana20.06.2022
Hajmi273,02 Kb.
#680525
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
Bog'liq
LINGVISTIK TAXLIL METODLARI (2)

Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, u til o‘qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.
Tavsifiy metodning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o‘rganadi. Xususan, tavsifiy tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so‘zlar, so‘zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.
Tavsifiy metod ma’lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko‘radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko‘radi.
Qiyosiy metod. Olamni bilishda o‘rganilayotgan ob’ektni qiyoslash katta rol o‘ynaydi. Oldin o‘rganilgan ob’ektni yangi o‘rganilayotgan ob’ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir. Qiyoslash natijasida qiyoslanayotgan ob’ektlarning umumiy va o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi. Bunday usul tilshunoslikda ham qardosh va qardosh bo‘lmagan tillarning umumiy va o‘ziga xos jihatlarini yoritishda keng qo‘llaniladi. SHuning uchun qiyoslash umumilmiy tafakkur jarayoni sifatida lingvistik tahlilning barcha metodlarida uchraydi.
Lekin lingvistik tadqiqot metodikasida bir tilning ichki tuzilishi bo‘yicha qiyoslash va tillararo qiyoslash jiddiy farqlanadi. Bir tilning ichki tuzilishi bo‘yicha qiyoslash shu tilning turli grammatik hodisalari va kategoriyalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, sifat bilan ravish qiyoslanadi va ularning umumiy hamda o‘ziga xos jihatlari aniqlanadi.
Tillararo qiyoslashda turli tillar bir-biriga taqqoslanadi.
Tillararo qiyoslash, bir tomondan, qardosh tillarni, ikkinchi tomondan, noqardosh tillarni o‘rganish va o‘qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.
Tillararo qiyoslash o‘ziga xos tadqiqot usullari sistemasiga ega. U ikki xil tilshunoslik metodini vujudga keltirdi. Birinchisi, qardosh tillarni qiyoslash, ikkinchisi esa noqardosh tillarni qiyoslash.
Birinchi tipdagi qiyoslashda qardosh tillardan bittasini boshqasiga qiyoslash yo‘li bilan ularning tarixiy taraqqiyoti, ular o‘rtasidagi farqlanish jarayoni ochib beriladi. Bunday qiyoslash qiyosiy-tarixiy metod asosida olib boriladi va tillarning genetik umumiyligiga asoslanadi.
Ikkinchi tipdagi qiyoslash turli sistemadagi tillar asosida olib boriladi va uning natijasida tipologik kategoriyalar aniqlanadi. Bunday metod qiyosiy-chog‘ishtirma metod sanaladi.
Har bir metod, shu jumladan, dialektik metod ham,o‘z doirasida ma’lum muammolarni hal qilishda tadqiqotchi uchun to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsa-da, lekin ulardan har birini absolyutlashtirish, birini boshqalardan ustun qo‘yish, «metodologik kanonizatsiya» va universallashtirish oqibatida ko‘p chalkashliklarga olib kelishi mumkin.
Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, u til o‘qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.
Tavsifiy metodning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o‘rganadi. Xususan, tavsifiy tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti matn hisoblanadi. Matndan gaplar, gaplardan so‘zlar, so‘zlardan morfemalar, morfemalardan tovushlar ajratiladi va ular muayyan guruhlarga birlashtirilgan holda tavsiflanadi.
Tavsifiy metod ma’lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko‘radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko‘radi.
Savollar:

  1. Tavsifiy metod bilan tasviriy metodni qanday aloqasi bor?

  2. Tavsifiy metod qanday yaralgan?

  3. Tasviriy metodni o’rganish ob’yekti qanday?

  4. Tavsifiy metodni paydo bo’lishiga sabab lingvistik jarayonlar nimalar?

  5. Tasviriy metod qanday yaralgan?

  6. Tasviriy metodni o’rganish ob’yekti nimalar?

  7. Tasviriy metod nima uchun yaralgan?

  8. Nima uchun struktur metod tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko‘radi ?

  9. Tavsifiy metod qaysi fanda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi?

  10. Qaysi metod ob’ektni bevosita sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslanib o‘rganadi?

GLOSSARIY
1.Tavsifiy metod -tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, u til o‘qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.
2. Matn -tavsifiy tilshunoslikning o‘rganish ob’ekti hisoblanadi.
3. Tavsifiy metod ma’lumotlari- boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
4. Struktur metod- tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko‘radi.
5. Qiyosiy-tarixiy metod- uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi.
6. Qiyosiy metod- olamni bilishda o‘rganilayotgan ob’ektni qiyoslash katta rol o‘ynaydi. Oldin o‘rganilgan ob’ektni yangi o‘rganilayotgan ob’ektga qiyoslash bilishning eng asosiy usullaridan biridir.
7. Tillararo qiyoslash- bir tomondan, qardosh tillarni, ikkinchi tomondan, noqardosh tillarni o‘rganish va o‘qitish tajribasi ta’sirida maydonga keldi.
8. Tavsifiy metod tilshunoslikda eng qadimiy va eng keng tarqalgan metod hisoblanadi. Ayniqsa, u til o‘qitish tajribasi uchun katta ahamiyatga ega.
9. Tavsifiy metod- ma’lumotlari boshqa barcha metodlar uchun tayanch nuqta bo‘lib xizmat qiladi.
10.Struktur metod- tavsifiy metod xulosalariga tayangan holda ish ko‘radi. Yoki qiyosiy-tarixiy metod uchun ham qiyoslanayotgan ob’ekt haqidagi izohni tavsifiy metod beradi. Demak, u ham tavsifiy metod xulosalari asosida ish ko‘radi.


Download 273,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish