Tuzuvchi: Katta o’qituvchi M. Abduraxmanov Taqrizchi: katta o’qituvchi D. Yoldosheva



Download 273,02 Kb.
bet11/38
Sana20.06.2022
Hajmi273,02 Kb.
#680525
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Bog'liq
LINGVISTIK TAXLIL METODLARI (2)

5.Ma’ruza mashg’uloti.
Mavzu: Тillarni chog‘ishtirma o‘rganish metodlari
Reja :

  1. Tarixiy-genetik (geneologik) metod

  2. Tarixiy –genetik metodning o‘rganish ob’ekti

  3. Xulosa

Tillarning fonetik, leksik-grammatik birliklarini qiyoslab, ularning o‘xshash belgilarini aniqlash asosida muayyan til oilalariga birlashtirib o‘rganish tarixiy-genetik metod sanaladi.
Tarixiy-genetik metodning haqiqiy asoschisi Mahmud Koshg‘ariy sanaladi. U turkiy tillarni xoqonicha-turkcha, qipchoq, o‘g‘uz guruhlarga bo‘lgani holda, bu guruhlar o‘rtasidagi fonetik, leksik-grammatik farqlanishlar haqida izchil ma’lumot beradi. shu bilan birga, mazkur tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqani haqida fikr yuritadi.
Shunday bo‘lishiga qaramasdan, XIX asrga qadar Mahmud Koshg‘ariyning bu asari ilmiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgani tufayli tarixiy-genetik (geneologik) metod nemis olimi Avgust SHleyxer nomi bilan bog‘landi. U hind-ovrupo til oilasini o‘rgangan holda, bu oilaga mansub tillar bir ajdoddan, ya’ni bir bobo tildan kelib chiqqan degan xulosaga keldi. U tilshunoslik tarixida ilk bor hind-ovrupo bobo tilini tiklashga va har bir shajarasining tarixiy taraqqiyotini ko‘rsatishga erishdi.
Bobo til nazariyasi qiyosiy-tarixiy tadqiqotlarning kengayishiga va rivojlanishiga kuchli ta’sir qildi. Bobo til shakllarini tiklash XIX asr o‘rtalarida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning bosh maqsadi bo‘lib qoldi.
Keyinchalik mazkur g‘oya ikki yo‘nalishda rivojlandi. Birinchi yo‘nalish A.Shleyxerning bobo til va uning «o‘lishi» haqidagi qarashi haqiqiy holatni ancha soddalashtirish ekanini ko‘rsatadi. Xususan, I.Shmidt A.Shleyxerning nazariyasiga tanqidiy yondashgan holda «to‘lqinli nazariya»sini olg‘a suradi va bu nazariya keyinchalik «areal lingvistika» yo‘nalishining shaklanishiga asos bo‘ldi.
Ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari bobo til muammosining umumiy ahamiyatlilik darajasini qayta ko‘rib chiqish tendensiyasida bo‘ldilar. Jumladan, A.Meye hind-ovrupo bobo tilini tiklash mumkin emas, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, hind-ovrupo tillariga mansub tillarni qiyoslash asosida bobo tilni tiklash mumkin emas. Chunki o‘lgan tilni qiyoslash asosida tiklab bo‘lmaydi. Roman bobo tili haqida gapirish mumkin. CHunki bu tillar uchun umumiy bo‘lgan manba – lotin tili yodgorliklari mavjud.
Ayrim mualliflar bobo til nazariyasin, umuman, rad etadilar. Xususan, N.YA.Marr bobo til g‘oyasi ilmiy uydirma ekani aslida hind-ovrupo tillariga asos bo‘lgan hech qanday bobo til bo‘lmaganini, bu tillar bir bobo tildan emas, balki bir necha qabila tillaridan kelib chiqqanini bayon etadi.
SHuni ta’kidlash kerakki, qarindosh tillar hozirgi kunda mavjud ekan, til oilasi haqida va bu oilaning ibtidosiyu bobo tili haqida fikr yuritish mumkin. Ayniqsa, mazkur til oilasining har bir a’zosi uchun umumiy yozma yodgorliklar mavjud bo‘lsa, bobo til holati haqida bahs yuritish oson kechadi.
Bu jihatdan roman bobo tili haqida fikr yuritish uchun qanday imkoniyat bo‘lsa, turkiy bobo til haqida bahs olib borishga ham shunday imkoniyat mavjud. CHunki turkiy bobo til haqida ma’lumot beruvchi qadimgi turk yozma yodgorliklarining mavjudligi bunga qulay sharoit yaratadi. SHuning uchun turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi har qaysi tadqiqotchi bobo til shaklini tiklashga, rekonstruksiya qilishga urinadilar.
Rekonstruksiya usuli qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning tayanchi sanaladi. Xususan, A.M.SHcherbak turkiy tillarning fonetikasi va grammatikasini qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq etar ekan, umumturkiy fonologik sistemani va morfologik proformalarni (barcha turkiy tillar uchun umumiy grammatik shakllarni) tiklashga urinadi.
U turkiy tillar unli fonemalarining tarixiy yozma manbalar asosida fonologik belgilarini ajratar ekan, ana shu fonologik muhim (relevant) belgilarga tayangan holda turkiy bobo til unlilar sistemasini rekonstruksiya qiladi. Buning uchun, eng avvalo, bobo til davrida quyidagi farqlovchi belgilar amal qilinganini taxmin qiladi:
1) keng / torlik (kompaktlik / diffuzlik)
2) qattiqlik / yumshoqlik (quyi tonallik / yuqori tonallik)
3) lablanmaganlik / lablanganlik (oddiy tonallik / bemol tonallik)
4) cho‘ziqlik / qisqalik.
Ana shu differensial belgilar asosida quyidagi 8 ta (a, o, u, ï, ä, ö, ÿ, i ) qisqa va 8 ta (ā, ō, u, ï, ä, ö, ÿ, i) cho‘ziq unlilardan tashkil topgan turkiy bobo til unlilar sistemasini tiklaydi.
Undoshlarning esa quyidagi to‘rtta farqlovchi belgilari asosida turkiy bobo til undoshlar sistemasini rekonstruksiya qilishga intiladi:
1) paydo bo‘lish o‘rni belgisi (lab undoshlari, til oldi undoshlari, til o‘rta undoshlari / til orqa undoshlari)
2) nazallik / nazal emaslik
3) sonantlik / sonant emaslik
4) paydo bo‘lish usuli (portlovchi, sirg‘aluvchi (o‘rta / yon / titroq).
Ana shu belgilar asosida turkiy bobo til undoshlar sistemasi 15 ta undosh fonemalardan iborat bo‘lganini tiklaydi.1
Shuningdek, N.A.Baskakov ham turkiy bir bo‘g‘inli so‘zlarning fonetik tuzilishini bir-biriga qiyoslash natijasida turkiy bobo tilning bir bo‘g‘inli so‘zlar fonetik tuzilishi (arxitektonikasi)ni tiklashga (rekonstruksiya qilishga) urinadi.
Uning fikricha, turkiy bobo til davridagi so‘zlarning fonetik tuzilishi quyidagi to‘rt modelda gavdalanadi.

Savollar:


1.Tarixiy-genetik metodni yaratilish sabablari nimada?
2. Genesologik qaysi metod bilan chambarchas bog’liq?
3. Tarixiy –genetik metodning o‘rganish ob’ekti nima?
4.Genesologik metodni o’rganish ob’ekti nima?
5. Tillarning fonetik, leksik-grammatik birliklarini qiyoslab, ularning o‘xshash belgilarini aniqlash asosida muayyan til oilalariga birlashtirib o‘rganish qaysi metod?
6. Mahmud Koshg‘ariyni tarixiy-genetik metodga qanday aloqasi bor?
7. “To’lqinli nazariya “ tilshunoslikni qaysi turini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi?
8. Qaysi nazariya qiyosiy-tarixiy tadqiqotlarning kengayishiga va rivojlanishiga kuchli ta’sir qildi?
9. Bobo til shakllarini tiklash nechanchi yillarda qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning bosh maqsadi bo‘lib qoldi?
10. hind-ovrupo tillariga mansub tillarni qiyoslash asosida bobo tilni tiklash mumkinmi?

GLOSSARIY




  1. Tarixiy-genetik metod- tillarning fonetik, leksik-grammatik birliklarini qiyoslab, ularning o‘xshash belgilarini aniqlash asosida muayyan til oilalariga birlashtirib o‘rganish sanaladi.




  1. Mahmud Koshg‘ariy -Tarixiy-genetik metodning haqiqiy asoschisi sanaladi.



  1. Avgust Shleyxer -XIX asrga qadar Mahmud Koshg‘ariyning bu asari ilmiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgani tufayli tarixiy-genetik (geneologik) metod nemis olimi nomi bilan bog‘landi.



  1. Bobo til nazariyasi -qiyosiy-tarixiy tadqiqotlarning kengayishiga va rivojlanishiga kuchli ta’sir qildi.



  1. Bobo til shakllarini tiklash XIX asr o‘rtalarida qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning bosh maqsadi bo‘lib qoldi

  2. Marr- bobo til g‘oyasi ilmiy uydirma ekani aslida hind-ovrupo tillariga asos bo‘lgan hech qanday bobo til bo‘lmaganini, bu tillar bir bobo tildan emas, balki bir necha qabila tillaridan kelib chiqqanini bayon etadi.

  3. Roman bobo tili- haqida gapirish mumkin. CHunki bu tillar uchun umumiy bo‘lgan manba – lotin tili yodgorliklari mavjud.

  4. To‘lqinli nazariyasini- olg‘a suradi va bu nazariya keyinchalik «areal lingvistika» yo‘nalishining shaklanishiga asos bo‘ldi

  5. Areal lingvistika- yo‘nalishining shaklanishiga «to‘lqinli nazariya»si keyinchalik asos bo‘ldi.

  1. . Arxitektonika -Bobo tilning bir bo‘g‘inli so‘zlar fonetik tuzilishi tiklashga (rekonstruksiya qilishga) urinishidir.



Download 273,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish