Kafedra mudiri: __________ PhD. T.A.Mamadjanova
Fanning ishchi o’quv dasturi Iqtisodiyot va turizm fakulteti Kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2020 yil “__” avgustdagi 1 - sonli bayonnoma).
Fakultet Kengashi raisi: __________ _____________________
Fanning ishchi o’quv dasturi Termiz davlat universiteti o’quv metodik Kengashining 2020 yil “___” avgustdagi “___” - sonli majlisida tasdiqlangan.
O’MB boshlig’i: __________ t.f.n. K.Yadgarov
© «Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fani(ishchi o’quv dasturi).-T.:TermDU,2020.-24 bet..
KIRISH
Mamlakatning iqtisodiy holatini,o’tkazilayogan joriy chora-tadbirlar zarurligini, samarasini baholashda va iqtisodiyotning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirishda “Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash”fani juda katta ahamiyatga ega.Tahlilning muhim vazifalaridan biri mamlakatda sodir bo’layotgan jarayonlarni modelashtirish sifatini oshirish,o’gkazilayotgan iqtisodiy siyosatning natijalarini aniqlash.Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash asosiy ilmiy-amaliy yo’nalishlardan biri bo’lib makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zaro bog’liqliklarini aniqlab berishga,ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirishga yordam beradi.
O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi 1.3.-bandida “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish”ga asosiy e'tibor qaratib o'tilganligi hududlarda zamonaviy texnologiyalar, asbob uskunalar bilan jihozlangan sanoat korxonalarini rivojlantirish va shu asnoda eksport tizimini jadal o'sishini ta'minlashga xizmat qiladi.23
2018 yilda mamlakatimizdagi makroiqtisodiy holat, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo'yicha izchil chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, valyuta bozori faoliyatining erkinlashtirilishi, hududlarni kompleks va mutanosib rivojlantirish dasturlari ijrosining faollashuvi, shuningdek yuqori inflyatsion bosimning mavjudligi sharoitlarida shakllanib, o'zgaruvchan xarakterga ega bo'ldi.
Xususan, so'nggi uch yil davomida asosiy savdo hamkorlarimiz hisoblangan davlatlar milliy valyutalarining deval`vatsiya qilinishi natijasida so'm real almashuv kursi mustahkamlanishining mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida 2018 yilning birinchi yarmida milliy valyuta almashuv kursi yuqoriroq sur'atlarda deval`vatsiya qilib borildi.
SHuningdek, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida mamlakatimizni barqaror rivojlantirish shartlariga to`xtalib “... 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash - iqtisodiy islohotlar jarayonidagi bosh vazifamizdir.
Biz shu yildan boshlab inflyatsiyaviy targetlash tizimini joriy qilishga o’tdik. Bu borada Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi iqtisodiy o’sish bilan inflyatsiya o’rtasida muvozanatni ta’minlashi, tashqi xavf-xatarlarni hisobga olishi zarur.
Xalqaro tajribani o’rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo’lgan monopoliya sohalariga xususiy sektor uchun yo’l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu borada tabiiy monopoliya va raqobat to’g’risidagi qonunlarni yangilash hamda Iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab etiladi.”24 deb ta’kidladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |