Ushbu masalalarni amalga oshirishda makroiqtisodiy tahlil va prognozlash fanida o’rganiladigan mavzular, nazariy-amaliy masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.
“Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash”fani makroiqtisodiyot doirasida nazariy va amaliy masalalarni o’rganish va uni mo’tadil rivojlantirishning yechimlarini topishda xamda “iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi mutaxassislarining shakllanishida katta ahamiyata ega.Ushbu fanning yutuq va xulosalaridan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatlarga belgilangan dasturlarini ishlab chikishda keng foydalaniladi.O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishini prognozlashtirish uchun talabning yuqori bo’lganligi sababli fanning ahamiyati va uni o’rganish zarurati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |