O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to’g’risida bilimlar berish hisoblanadi.
Fanning vazifasi – talabalarni iqtisodiyotdagi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tahlilini amalga oshirish; iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash uchun zarur zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish; ularga milliy hisoblar tizimi(MHT)ga ko’ra asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash usullarini o’rgatish; mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini prognozlashtirish; iqtisodiy qonunlarning byudjetsoliq, pulkredit sohalarida amal qilish xususiyatlarini ko’rsatish; talabalarda makroiqtisodiy jarayonlarni, iqtisodiy operatsiyalarni tahlil qilish asosida ularni samarali boshqarish bo’yicha mustaqil qarorlar qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish; prognozlashning barcha usullaridan keng foydalanishni bilgan holda, iqtisodiyotning aniq bir sohasida rivojlanishni prognozlash va ularni rivojlantirish yo’llari to’g’risida nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishini ta’minlashdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, o’quvi va ko’nikmasiga qo’yiladigan talablar
«Makroiqtisodiy tahlil va prognozlash» fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr:
makroiqtisodiy tahlil va prognozlashning rivojlanishi va prognozlash usullari qonuniyatlari;
mamlakatdagi makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, ularning tarkibi va uning tendentsiyalari;
makroiqtisodiy tahlilning hozirgi holati va uni rivojlantirish yo’llari to’g’risida ilmiy asoslangan xulosalari;
iqtisodiyotni prognozlash va tahlil qilish uchun zarur bilimlar asosida uni boshqarish yuzasidan to’g’ri qarorlar qabul qilish tartiblari;
makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirishda fiskal hisoblar;
MHTning rivojlanish qonuniyatlari;
iqtisodiyot rivojlanishining istiqbollarini to’g’ri belgilash tartiblari;
prognozlashtirishning barcha usullaridan foydalanish haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim;
mamlakat makroiqtisodiy ko’rsatkichlari tarkibini;
iqtisodiyot sektorini rivojlantirish bo’yicha qonunlar va qonuniyatlarni bilish hamda qo’llay olishni;
iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy prognozlashni asoslashni;
iqtisodiyotning byudjetsoliq, pulkredit sektorlarini makroiqtisodiy tahlil qilish va tartibga solishning samarali usullarini joriy etishni;
milliy hisoblar tizimiga asoslangan holda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlash, ularning narxlarini aniqlash;
mamlakat iqtisodiyoti o’rtasidagi uzviy aloqalarning rivojlanish tendentsiyalarini;
fanga oid iqtisodiy kategoriyalarning mohiyatini;
mamlakat iqtisodiyotidagi mavjud makroiqtisodiy muammolar va ularning mo’’tadil yechimini topish yo’nalishlarini;
O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy siyosatining mohiyatini va uni tahlil usullari bo’yicha qo’llashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarining shakllanish jarayonlarini tahlil qilish;
makroiqtisodiy jarayonlarga oid iqtisodiy statistik va hisobot ma’lumotlarni yig’ish,qayta ishlash,tahlil qilish va prognozlashtirish;
iqtisodiy o’sish, aholining turmush darajasini prognozlashtirish;
makroiqtisodiy muammolar bo’yicha asosiy iqtisodiy talablarni shakllantira olish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |