Тузувчи : Файзуллаева Н


Narx darajasini prognozlash. Umumiy holatlar



Download 13,29 Mb.
bet42/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

4.4. Narx darajasini prognozlash. Umumiy holatlar.
Inflyasiyani prognozlash turli xil omillar tahlil qilinishini nazarda tutadi. Ularning ba’zilari quyida keltirilgan:

1. Tannarxning oshishida qanday tendensiyalar narxning o‘sishiga imkon yaratadi? 1973-74 va 1979-80 yillarda energiya tashuvchilarga dunyo narxlarining keskin ko‘tarilishi bilan xarajatlarning ilojsiz o‘sishi (yoki taklifning ta’siri) natijasida narx-navoning sezilarli o‘sishi bunga misol bo‘la oladi. Xarajatlarning o‘sishini baholashda sarflar ko‘payishining (pasayishining) qancha foizi narxlarda va qancha foizi past (baland) foyda ko‘rinishida korxonaning o‘zida aks etishini tahlil qilish zarur.

2. Xarajatlar oshishi natijasida firmalar o‘z narxlarini qanchalik oshirishlari mamlakat iqtisodiyoti qaysi iqtisodiy sikl bosqichida turganligiga bog‘liq. Agar tovar va xizmatlarga talab yuqori va malakali ishchilar etishmovchiligi bo‘lsa, firmalar ish haqini sezilarli oshirishlari va buning ketidan darhol qo‘shimcha xarajatlarni qoplash maqsadida narxlarni oshirishlari mumkin (talab ta’siri ostidagi inflyasiya). Bunday holat mamlakat ichida raqobat bo‘lganda, shuningdek xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobat bo‘lganda, ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. YUqoriroq xarajatlarning narxlarga ko‘chishi darajasi, shuningdek, o‘tkazilayotgan siyosatga, shu jumladan, o‘sayotgan xarajatlar bilan to‘qnashayotgan sektorlarga soliq imtiyozlari yoki subsidiya berishga hukumatning tayyorligiga ham bog‘liq.

3. Iqtisodiy siyosatning bosh yo‘nalishlari qanday va u o‘tgan yildagiga nisbatan qanday o‘zgarishlarga uchradi? Masalan, pul-kredit nazoratining susayishi, ayniqsa, real mahsulot hajmining o‘zgarishsiz qolishi narxlarni yuqoriga ko‘taradi, sababi, iste’molchilar o‘sgan pul massasini tovar va xizmatlarga sarflashga intiladilar (talab ta’siri ostidagi inflyasiya).

4. Bir yoki bir qancha narxlarning o‘zgarishi umuman narx darajasining o‘zgarishini aks ettiradimi yoki o‘zgarish boshqa narxlarning qarama-qarshi yo‘nalishda o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganmi? Nisbiy narxlarning o‘zgarishi cheklangan resurslarni ulardan eng unumli foydalanadigan sohalarga qayta taqsimlanishi zarurligini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan, umumiy narx darajasining oshishi, qoidaga ko‘ra, iqtisodiyotda ortiqcha talab mavjudligidan guvohlik beradi. Amaliyotda bu ikki ko‘rinish o‘rtasidagi farq qancha muddatli kelajakda narxlar pasayishiga qarshilik ko‘rsatilishi tufayli yo‘qolib ketadi. SHunday qilib, nisbiy narxlarning o‘zgarishi, odatda, umumiy narxlar darajasining hech bo‘lmasa vaqtincha o‘sishda o‘z aksini topadi.

5. Iste’molchilarning kelajakda narx o‘zgarishlarini kutishlari bugungi narx o‘sishi darajasiga qanday ta’sir qiladi? Masalan, inflyasiyani kutish foiz stavkalarining o‘sishida va ish haqining ko‘tarilishini talab qilishlarida o‘z aksini topadi hamda iste’molchilar sarfiga ta’sir ko‘rsatadi. Garchi, kutishni modellashtirish muammosi muhim kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradi va butun bir empirik tadqiqotlar o‘tkazishga qilgan bo‘lsa ham uning asosida etarlicha oddiy hukm yotibdi, odamlarning kelajak haqidagi tasavvuri ularning bugungi kundagi harakatlariga ta’sir ko‘rsatadi.

6. Narxlar ko‘tarilishiga mamlakatning rasmiy siyosati ham ta’sir qiladi. Unga narx ustidan nazorat qilish choralari raqobat sohasidagi siyosat va tashqi savdo tizimi kiradi. Oxirgisi qanchalik erkin bo‘lsa, ortiqcha talabning shunchalik katta foizi ichki narxlarning ko‘payishida emas, balki to‘lov balansida aks etadi. Narxlarning o‘zgarishiga almashuv kursi rejimi ham kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin; almashuv kursi tizimi qanchalik kam egiluvchan bo‘lsa, talab o‘sishining shunchalik ko‘p darajasi valyuta zahiralarining kamayib ketishida aksini topadi.


Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish