Amaliy yondashuv
Inflyasiyani baholashning oddiy usullaridan biriga ko‘ra xarajatlarning o‘sishi prognozlarning asosi hisoblanadi. Lekin inflyasiyani bunday baholash faqatgina taxminiy bo‘lishi mumkin, sababi, vaqti kelib narxlar ko‘tarilishining butun iqtisodiyotga sezilarli bilvosita ta’siri namoyon bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum davr ichidagi narxlarning o‘zgarishi nafaqat shu davr ichidagi xarajatlar o‘sishining o‘zgarishini, balki oldingi davrlardagi xarajatlar o‘sishining davomli ta’sirini ham aks ettiradi. Masalan, importga narxlarning ko‘tarilishi boshida faqatgina bevosita import tovarlari va mamlakat ichida import xom ashyosi va materiallaridan foydalanib ishlab chiqarilgan tovarlarning narxida aks etishi mumkin. Lekin keyinroq, yuqoriroq narxlarning iqtisodiyotda tarqalishi bilan, ehtimol, mamlakat ichida boshqa tovarlarni ishlab chiqarishda xom ashyo va materiallarni sotib olish xarajatlari ham oshishi mumkin. Bu oqibatlar, agar narxlarning oshishi orqasidan qoplash sifatida ish haqi oshirilsa, yana ham sezilarliroq bo‘lishi mumkin.
Iste’mol narxlari indeksi (CPI) – bu, rezidentlar tomonidan iste’mol qilinadigan import va mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovarlarni ma’lum savatdagi narxi indeksidir. Bundan farqli ravishda YAIM deflyatori – bu, ham ichki iste’mol, ham eksport uchun ishlab chiqarilgan barcha tovarlar narxi indeksidir. Kutish mumkinki, uni iste’mol narxlari indeksi (INI) va YAIM deflyatorining o‘zgarishidagi farqlar aks ettiradi. Agar import narxlari eksport narxlariga qaraganda ko‘proq darajada oshsa, INI orqali ifodalangan inflyasiya darajasi, boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, YAIM deflyatori orqali ifodalangan inflyasiya darajasidan yuqori bo‘ladi.
Lekin shuni nazarda tutish lozimki, amaliyotda import narxlarning INIga va eksport narxlarning YAM deflyatoriga ta’siri bir xil emas. U import tovarlari narxi oshishining mamlakat ichida ishlab chiqarilgan tovarlar narxiga ko‘chishiga bog‘liq.
Eksport narxlarining o‘sishiga kelganda shuni aytish kerakki, ba’zi eksport tovarlari ichki bozorda iste’mol qilinishi mumkin. Ichki va eksport bozorlarida eksport tovarlarga narxlar bir xil bo‘lganligi sababli, eksport narxlari o‘zgarishining oqibatlari INIga bevosita ta’sir ko‘rsatish mumkin.
Inflyasiyaning bazis darajasini aniqlashda faraz qilish mumkinki, xarajatlar ortishining o‘zgarmas sur’atlarida narxlarning o‘sish sur’atlari butunlay oldingi yil darajasida qoladi. Keyin inflyasiya sur’atlarining ko‘tarilishiga yoki pasayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar aniqlanadi. Butunlay faraz qilinadiki, talabni tartibga solishda yumshoq siyosat o‘tkaziladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bazis prognoz aniq iqtisodiy siyosat yuritish haqidagi farazga va muqobil prognozga asoslangan. Talabni tartibga solishda qat’iyroq siyosat yuritishni nazarda tutadigan muqobil prognozda inflyasiya sur’atlarini dastlabki baholash xarajatlar ortishining kam sezilarli bilvosita oqibatlarini hisobga olgan holda tuzatilishi kerak.
Qoida bo‘yicha xarajatlar o‘sishi tendensiyasiga quyidagilarning o‘zgarishi ta’sir qiladi:
- jahon savdosidagi narx darajasi (xorijiy valyutada);
- nominal almashuv kurslari;
- ish haqi miqdori;
Do'stlaringiz bilan baham: |