II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy boshqaruv usullarini qo‘llash, moliyaviy-iqtisodiy faoliyat natijalarini tahlil qilish, boshqaruvning turli darajalaridagi qarorlarni asoslash, makro tartibga soluvchilar tomonidan makroiqtisodiy modellar asosidagi siyosatni ishlab chiqish, mamlakat va mintaqalarning rivojlanishini iqtisodiy usullar asosida taqqoslash bo‘yicha nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifalari – ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishni boshqarishning zamonaviy nazariyasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda makroiqtisodiy tahlil va prognoz qilish usullarini o‘zlashtirish; zamonaviy boshqaruv muammolarini hal qilish uchun makroiqtisodiy modellardan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egallash; iqtisodiy targetlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sur’atlari to‘g‘risidagi o‘rta va uzoq muddatli ssenariylarni ishlab chiqishda makroiqtisodiy yondoshuvlarni mohirona qo‘llash usullarini o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
o‘rganilayotgan modellar shakllanishining nazariy asoslarini, ulardagi elementlarning o‘zaro bog‘liqligi va bog‘lanishlari;
modellarning asosiy qoidalari va xulosalarining iqtisodiy maqsadga muvofiqligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
makro tartibga solish siyosatini ishlab chiqishni asoslaydigan makroiqtisodiy tadqiqotlar metodologiyasi;
makroiqtisodiy va ijtimoiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va tahlil qilishning zamonaviy usullari;
standart nazariy modellar yordamida makroiqtisodiy hodisalar va jarayonlarni tahlil qilish usullari va uslublari;
makroiqtisodiy jarayonlar va hodisalarni tavsiflovchi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash va tahlil qilishning zamonaviy usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
makro darajada iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va institutlarni o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilish;
muayyan vaziyatlarni tahlil qilishda iqtisodiy xususiyatga ega muammolarni aniqlash, ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik mezonlari, xavflarni baholash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni hisobga olgan holda ularni hal qilish yo‘llarini taklif qilish;
amaldagi me’yoriy-huquqiy bazaga, iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga asoslanib hisoblash;
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqaruv ma’lumotlarining manbalaridan foydalanish;
ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar va hodisalar bo‘yicha ichki va tashqi statistika ma’lumotlarini tahlil qilish va sharhlash, ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar tendensiyasini aniqlash;
olingan vazifa bo‘yicha ma’lumot qidirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish;
topshiriqqa muvofiq iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash vositalarini tanlashni amalga oshirish, hisob-kitob natijalarini tahlil qilish va xulosalarni asoslash;
makro darajada iqtisodiy nazariy modellar asosida iqtisodiy agentlarning xatti-harakatlarini, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning rivojlanishini prognoz qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |