Annotatsiya
Pedagogik ilmiy -tadqiqotlar metodologiyasi fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida ishlab chiqarilgan.
Pedagigik ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi fanida pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va amalgam oshirish , shuningdek metodologik madaniyatni tarkib toptirish borasida fikr yuritiladi.
Ushbu o’quv dastur oliy o’quv yurtlari pedagogika psixologiya magisturatura mutaxassislari magistrantlari uchun mo’ljallangan. Bu fanning maqsadi ta’lim muassasalarida har tomonlama yetuk, o’z kasbining mohir ustalari bo’lmish pedagog va psihologlarni tayyorlashda ularniilmiy-nazariy, amaliy –usuliy jihatdan ham qurollantirishga xizmat qiladi. Ushbu fan pedagogik ilmiy- tadqiqotlar metodlari ning qo’llanilishi, yoshlar ta’lim tarbiyasida qaysi usullar samaralali natija berishi haqida o’rgatadi. Shu bilan birga magistrlarning o’z magistrlik ishini olib borishda uning metodologik asoslarini to’liq o’rganib chiqishiga ko’maklashadi.
Annotatsiya__Psixologiya_fanining_metodologiyasi'>Annotatsiya
Psixologiya fanining metodologiyasi fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida ishlab chiqarilgan.
Psixologiya faning metodologiyasi bo’lajak pedagog va psixologlar uchun zarur bo’lgan bilim , ko’nikma va malakalar va ularni hayotga tadbiq qilish borasida, psixologiyaning fan sifatida rivojlanish bosqichlari va psixologik olimlarning olib borgan faoliyati va qarashlari haqida so’zlaydi.
Annotatsiya
Pedagogik kompetentlik fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida ishlab chiqilgan bo’lib, oliy o’quv muassasalari pedagogika va psixologiya magisturatura talabalariga mo’ljallangan. Pedagogik kompetentlik bo’lg’usi pedagog va psixologlarda bo’lishi kerak bo’lgan pedagogik sifatlar,pedagogik mahorat va unga erishish yo’llari haqida fikr yuritadi. Pedagogning ish faoliyatida unga qo’yiladigan talablar, mezonlar pedagogik kompetentliklar, hamda ularning turlari to’g’risida ma’lumot olishga yordam beradi.
Annotatsiya
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fan dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv reja asosida tasdiqlangan bo’lib, ilmiy tadqiqot olib boruvchi yosh tadqiqotchilar, magistrlar uchun mo’ljalangan bo’lib , talabalar bu fan orqali ilmiy tadqiqot nima? , ilmiy tadqiqot yozish tartibi, bosqichlari haqida ma’lumotga ega bo’ladilar. Ushbu fan orqali tadqiqotchilarga hos jihatlar, ta’lim tizimida uchrayotgan muammolar va ularni yechish yo’l yo’riqlari hamda maqsad sari eltuvchi eng to’g’ri metod va usullarni qo’llay olish va uning mohiyati haqida batafsil o’rganadilar va o’z tadqiqot ishida amalda qo’llaydilar. Bu fan orqali talabalar o’z o’rganganlarini amaliyotga tadbiq qiladilar. Muammolarga to’g’ri yechim topish ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Annotatsiya
Ilmiy seminar fan dasturi ham magistrlar uchun eng muhim fanlardan biri bo’lib, bu fan orqali barcha ilmiy ishlar yozish tartibidan tortib uning mohiyati haqida chuqur bilimga ega bo’ladilar. Bu fan orqali barcha talaba yoshlar, yosh tadqiqotchilar o’zaro fikr almashinib , seminarlar tashkil qilib o’zlariga kerakli bilim, ko’nikma va malakalarni egallaydilar. Ushbu fan mavzularida ilmiy ishlar va yozish texnikalari batafsil bayon qilingan. Ilmiy seminar ilmiy tadqiqot metodologiyasi hamda pedagogic ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani bilan uviy bog’liq holda o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |