Тузувчи : Файзуллаева Н


Nazorat va muhokama uchun savollar



Download 13,29 Mb.
bet105/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

Nazorat va muhokama uchun savollar

  1. Byudjet hisoblari nima?

  2. Byudjet balansi nima?

  3. Kamomdni moliyalash nima?

  4. Joriy byudjet qoldig‘i qanday hisoblanadi?

  5. Kamomad qanday moliyalashtiriladi?

  6. Davlat xarajatlarining qanday asosiy kategoriyalarini bilasiz?

  7. Subsidiyalar deganda nima tushuniladi?

  8. Subsidiyalarni baholashda nimalarni nazarda tutish kerak?

  9. Ijtimoiy himoya tizimi qanday asosiy unsurlarni o‘z ichiga oladi?

Mavzu-8. ISHSIZLIK VA INFLYASIYA DARAJASINING IQTISODIY TAHLILI
Reja:

8.1. Aholi bandliligi siyosati, usullari va yo‘nalishlari.

8.2. Ishsizlikning kelib chiqish sabablari, turlari, asosiy me’zonlari va ko‘rsatgichlari.

8.3. Inflyasiyaning mohiyati, turlari va hisoblash usullari.
8.1. Aholi bandligi siyosati, usullari va yo‘nalishlari
Aholi bandligini muayyan darajada barqaror ushlab turish har qanday mamlakat oldida turgan murakkab vazifalardan sanaladi. Bandlik sohasida bozorning o‘zini o‘zi avtomatik suratda tartibga solish jarayoniga ta’siri har doim ham sezilmaydi. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirilgan barcha mamlakatlarda doimiy, bandlik sohasiga ta’sir ko‘rsatish shakllari va vositalari jihatidan egluvchan choralarni qo‘llash asosida bandlikni tartibga solish siyosati amalga oshirilmoqda. Aholining to‘liq va samarali bandligini ta’minlash har qanday demokratik jamiyatning muhim vazifalaridan biridir.

Bandlik siyosati – bu jamiyat va uning har bir a’zosining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga bevosita va bilvosita ta’sir etuvchi chora tadbirlar yig‘indisidir.

Bandlik sohasidagi davlat siyosati ikkita asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan: birinchidan, amalda investitsiyalanadigan kapitalning ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish. Jadal va foydali amal qiladigan kapital ishchi kuchidan samarali foydalanishning eng muhim dalilidir; ikkinchidan, mehnatga layoqatli aholini kishilarning me’yordagi hayot kechirishlarining muhim sharti sifatida ish joylari bilan ta’minlash7.

Aholi farovonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish davlatning an’anaviy vazifasi hisoblanadi.

Davlat mehnat bozorida ikki turdagi siyosatni, ya’ni passiv va aktiv siyosatni amalga oshirishi mumkin. Passiv siyosat ish izlayotgan fuqarolarni ro‘yxatga olish, ishsizlik nafaqasini tayinlash, uni taqdim qilish tizimini tashkil etish, ishsizlar va ularning oilalarini qo‘llab quvvatlashning pulsiz shakllarini amalga oshirish bilan cheklanadi.

To‘liq bandlikni ta’minlashga qaratilgan aktiv siyosat olib borish rivojlangan mamlakatlar mehnat bozoridagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi. Bu siyosat asosiy tadbirlariga quyidagilar kiradi.

-davlat tomonidan iqtisodiyotga investitsiyalarni rag‘batlantirish, bu yangi ish o‘rinlarini yaratishning asosiy sharti hisoblanadi;

-tarkibiy ishsizliklarni qayta o‘qitish va malakasini oshirishni tashkil etish;

-mehnat bozorida vositachilik qilayotgan mehnat birjalari va bandlikka ko‘maklashish markazlarini rivojlantirish;

-kichik va oilaviy tadbirkorlikka ko‘maklashish, bu ko‘plab mamlakatlarda aholi bandligini ta’minlashning muhim uslubi sifatida o‘rganilmoqda;

-zarurat tug‘ilganda, ish topish uchun yashash joyini o‘zgartirishda ko‘maklashish;

-davlat sektorida –ta’lim, tibbiy xizmatlar, kommunal xo‘jaligi, jamoatchilik binolari va inshoatlari qurish sohalarida ishchi o‘rinlarini yaratish va boshqalar8.

Shu o‘rinda ish bilan bandlikni ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida quyidagicha ta’riflash mumkin: ish bilan bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan o‘z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi yoki mehnat daromadi keltiradigan faoliyatdir.

Iqtisodiyotning sifat jihatidan oldingisidan farq qiluvchi har bir rivojlanish bosqichi uchun ish bilan ta’minlashning muayyan modeli (konsepsiyasi) mos keladi, chunki uning asosiy xususiyatlari jamiyat faoliyatining muhim jarayonlarini ochib beradi.

Aholining ish bilan bandlik konsepsiyasi – jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muayyan bosqichidagi ish bilan ta’minlashning xususiyatini ochib beradigan qarashlar, tasavvurlar tizimidir. Bunday nazariy tushunchalar markaziga uni rivojlantirishning ijtimoiy bozor tipidagi davlat uchun xos bo‘lgan ob’ektiv jarayonlarini hisobga oluvchi ish bilan ta’minlashning shakllanishi qo‘yiladi. Bu o‘z navbatida muayyan davr mobaynidagi qo‘yilgan maqsadlarga erishishning real imkoniyatlari bilan cheklanmaydi.

Ish bilan bandlik ijtimoiy rivojlanishning har bir bosqichiga xos bo‘lgan turli ko‘rinishlar va shakllarda namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos hodisadir.

Ish bilan bandlik siyosatiga uni qattiq tartibga solishdan voz kechish, ijtimoiy sohada mehnat qilishning majburiy emasligi, ijtimoiy foydali mehnat qilishning har qanday sohasini tanlash erkinligi va ixtiyoriyligi orqali inson manfaatlari va ehtiyojlarining namoyon bo‘lishiga yordam berish asos qilib olingan.

Ўқиётган талабалар ва бошқалар






Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish