to’lov vositasi (almashinuv vositasi); qiymat o’lchovi vositasi, jamg’arish ( boylik to’plash) vositasi .
Umumiy ekvivalentlilik, yuqori likvidlilik xususiyatlari pulni ideal to’lov vositasiga
aylantiradi. Hozirgi zamon iqtisodiyotida to’lovlar uch yo’l bilan amalgam oshiriladi: 1) naqd
pul to’lovi; 2) bankdagi hisobvaraqlarda yozuv orqali, ya’ni naqd bo’lmagan pul ko’chirish
orqali; 3) bir shaxsning ikkinchi shaxsga qarzdorliligini tasdiqlovchi hujjatlar( veksellar, qarz
majburiyatlari) yordamida.
Qiymat o’lchovi sifatida pullar tovarlar bahosini ifodalaydi va turli tovarlar qiymatini
taqqoslash imkonini beradi.
O’z tovari uchun olgan pulini sotuvchi doim ham birdaniga ishlatvermaydi. Shu sababga
ko’ra pullar ularga o’tkazilgan qiymatni saqlab turishlari juda muhim. Agar pul aytilgan
xususiyatga ega bo’lsa, unda u boylik to’plash maqsadida jamg’ariladi. Pulning bu funksiyasini
muqobil tarzda mulkning boshqa turlari - obligatsiyalar, aksiyalar, ko’chmas mulk ham
bajarishi mumkin.
Rivojlangan iqtisodiyot sharoitida pulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi jamg’arish
vositasi vazifasiga nisbatan muhimroq ao’hamiyat kasb etadi.
Pulning yuqori likvidliligi va qiymatni saqlab turishi xususiyatlar barcha turdagi to’lov
vositalarida bir xil emas. Naqd pullar va muddatsiz depozitlarning likvidliligi djarajasi muddatli
depozitlarga yoki veksellarga qaraganda yuqoriroq. Shu sababli pul massasi likvidlilik
darajasining pasayib borishi tamoyiliga asoslangan agregatlarga bo’linadi. Rivojlangan
mamlakatlarda pul massasini aniqlashda - M1; M2; M3; M4 deb belgilanadigan pul
agregatlaridan foydalaniladi.
Pul agregatlarining tarkibi va miqdori turli mamlakatlarda o’zaro farq qilish mumkin.
Quyida umumlashtirib olingan pul agregatlari tarkibini keltiramiz:
“M0- bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar va tijorat banklarining
Markaziy bankdagi rezervlari;
M1 = M0 + muddatsiz depozitlar, yo’l cheklari va boshqalar;
M2 =M1 + (miqdori va muddati cheklangan) muddatli depozitlar va boshqalar ;
M3 = M2+(miqdori va muddati cheklanmagan) muddatli depozitlar va boshqalar”
*
Makroiqtisodiy tahlilda M1 va M2 pul agregatlari eng ko’p foydalaniladi. Pul
agregatlarining dinamikasi turli sabablarga bog’liq. Masalan, daromadlarning oshishi natijasida
M1ga talab tezroq o’ssa, foiz stavkasining o’sishi natijasida M2 va M3ga talab M1ga nisbatan
tezroq o’sadi.