4. YaIMni xarajatlar bo’yicha hisoblash
Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YaMMni hisoblash uchun
yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar o’zaro qo’shib chiqiladi. Bu
xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:
Uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari (S):
a) uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
b) kundalik foydalaniladigan iste’mol buyumlari sotib olishga;
v) iste’mol xizmatlari to’loviga.
Yalpi
ichki xususiy investitsiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
v) tovar zahiralari o’rtasidagi farqlar yoki zahiralarning o’zgarishi.
T
ovar va xizmatlarning davlat xaridi (G
).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan
korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil’ yo’llari va pochta
muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to’lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu
o’rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to’lovlari kiritilmaydi.
S
of eksport (Xp):
mamlakatning import va eksport operatsiyalari bo’yicha xarajatlar
o’rtasidagi farq.
YAMMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YaIM = S + I + G + Xp
O’zbekiston Respublikasida yaratilgan YaIMning foydalanish (xarajatlarga ko’ra) tarkibi
tahlili (2-jadval) shuni ko’rsatadiki uy xo’jaliklarining iste’mol xarajatlari YaIM tarkibidagi eng
salmoqli komponent ekan. Bu ko’rsatkichning YaIMdagi ulushiga ko’ra
O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi, YAponiya va Fransiya davlatlariga yaqin turadi. Yalpi
jamg’arish, yoki Yalpi investitsiyalar ulushi kattaligi bo’yicha ikkinchi komponent bo’lib 2007
yilda YAIMning 21,3 %ini (shu jumladan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar 22,6 %ni,
zahiralarning o’zgarishi -1,3 % ni tashkil etgan. Taqqoslov uchun maqlumotlar keltiradigan
bo’lsak[2002 yil yakunlariga ko’ra Yalpi investitsiyalarning YaIMdagi ulushi Rossiya
Federatsiyasida 21%ni, Yaponiyada 17 foizni, Fransiyada 24%ni, Xitoy Xalq Respublikasida
esa 40 foizni tashkil etgan.
Tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi YaIMdagi salmog’i jihatidan uchinchi pog’onada
bo’lib, 2007 yilda YaIMning 16,7 % ini tashkil etgan.
Eksport hajmining keskin o’sishi va tashqi savdoda 2004 yilda 1,03 mlrd, 2005 yilda 1,3
mlrd., 2006 yilda qariyib 1.6 mlrd., 2007 yilda esa 3.76 mlrd. AQSh dollariga teng ijobiy
qoldiqqa erishilishi tufayli sof eksportning YaIMdagi ulushi ko’tarilib 2005 yilda 7,7 foizni,
2007 yilda esa 14.9 foizni tashkil etdi. Jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi sharoitida tashqi
talabning pasayishi sof eksportning mamlakatimiz YaIMdagi ulushi 2008 yilda 12,8 %ga tushib
qolishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |