Тузувчи : Файзуллаева Н


b  Δ Y= --------------------



Download 6,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/288
Sana31.03.2022
Hajmi6,61 Mb.
#521402
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   288
Bog'liq
Макроиқтисодиёт Янги УМК. 2021-2022

1 b 
Δ
Y= -------------------- 
Δ
G - ------------------
Δ
Ta 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko’paysa muvozanatli ishlab 
chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko’payadi. Buni balanslashgan 
byujet mul’tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet mul’tiplikatori birga teng yoki undan 
kichikroq bo’ladi. 
Davlat xarajatlari o’zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ samara soliqlar 
pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattaroq bo’ladi. Bu holat davlat 
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o’zgarishi ta’siriga nisbatan) 
kuchliroq ekanligi oqibatidir. 
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol’ o’ynaydi. Agar hukumat davlat 
sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi
inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish 
sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish 
maqbul yo’l hisoblanadi. 
3. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov 
balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat 
xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat 
deyiladi. Diskret fiskal’ siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni 
rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat 
byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet 
ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. 
Diskret fiskal’ siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol’ o’ynasada, uning 
ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. YA’ni iqtisodiyotda 
pasayish yoki inflyatsion zo’riqishning paydo bo’lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan 
muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o’zgartirish borasida qaror 
qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o’rtasida ma’lum vaqt 
o’tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o’zgaradi va ko’rilgan chora-tadbirlar ko’tilgan 
natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish 
mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 
Nodiskret fiskal’ siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini 
avtomatik 
o’zgartirishni 
ko’zda 
tutadi. 
Nodiskret 
fiskal’ 
siyosat 
o’rnatilgan 
barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqarorlashtirgichlari 
rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi. 
Nodiskret fiskal’ siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita 
aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq 
stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag’batni 
yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik 
nafaqasi to’lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami taklif hajmini 
oshishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir ko’rsatayotgan 
sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga 
cheklovchi ta’sir ko’rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat 
transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari 


120 
iqtisodiy tebranishlarni to’liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni 
inkor etmaydi. 
Iqtisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi davriy byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
miqdorlariga bog’liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) 
sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va davlat xarajatlarining 
avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan davlat byudjeti taqchilligi 
(ortiqchaligi)dir. 
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi 
natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining 
kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan 
sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va 
ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog’liq. Soliq 
funksiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq. t qancha 
yuqori bo’lsa T chizig’i shuncha tik bo’ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
o’zgarishining daromadlar o’zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik 
bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq 
to’lovlari oshaveradi, byudjetdan transfert to’lovlari esa kamayadi. 
G,T T’
T=Ta+tY 
Byudjetning
davriy G=cont 
takchilligi Byudjetning 
davriy profitsiti 
G=Ga-γY
Y1 Y0 Y2 

Download 6,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish